Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
ifoda etgandir. Ulamolar bir kitob tasnif etsalar, mana shu
hadis bilan boshlaganlar va
bu bilan unga o’quvchining diqqatini qaratganlar.
Imom Abu Said Abdurahmon ibn Mahdiydan rivoyat qilinishicha, u kishi: «Kim kitob
tasnif etmoqchi bo’lsa, mana shu hadis bilan boshlasin», deganlar.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy aytadilar: «Ilgarigi shayxlarimiz hamma ishda, xoh diniy,
xoh umumiy hojatlarda bo’lsin, «Amallar niyat bilandir»,
hadisini muqaddam etishni
ma’qul ko’rishgan».
Ibn Abbosdan bizgacha yetib kelgan bir gap bor. U zot: «Kishi niyatiga qarab
saqlanadi», degan ekanlar. Boshqalar esa: «Niyatiga qarab beriladi», deyishgan.
Sayyid Abu Ali Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Insonlar sababli bir amalni tark qilish
riyo va insonlar sababli bir amalni bajarish shirkdir. Alloh bu ikkitasidan saqlagani
haqiqiy ixlosdir».
Imom Horis Muhosibiy: «Rostgo’y kishi boshqalarning qalbidan chiqadigan narsaga
e’tibor bermaydigan va zarracha yaxshiligidan insonlar ogoh bo’lishini yoqtirmaydigan
hamda yomon amallaridan insonlar xabardor bo’lishini karih ko’rmaydigan kishidir»,
deydilar.
Huzayfa Mar’ishiy aytadilar: «Ixlos insonning zohiri ham, botini ham bir xil bo’lganidir».
Abulqosim Qushayriy deydilar: «Ixlos – toatda Alloh taoloning yakka o’zini qasd qilish.
Toatdan maqsad Allohga yaqin bo’lishdir, maxluqqa ko’rinish
uchun yoki insonlardan
maqtov eshitish, muhabbatini qozonish kabilar emas».
Sayyid Abu Muhammad Sahl ibn Abdulloh Tustariy bunday deydilar: «Ixlosni aqlli
kishilar, harakat, sukut, botin-u zohir faqat Alloh uchun bo’lib, havoyi nafs ham, dunyo
ham
aralashmasligi kerak, deb tushunishgan».
Abu Ali Daqqoq aytadilar: «Ixlos – xalqning rioyasini qilishdan saqlanish. Rostgo’ylik
esa, nafsga toat etishdan omonda bo’lish. Ixlosli kishida riyo bo’lmaydi, rostgo’yda
mag’rurlanish».
Zunnun Misriy: «Ixlosning alomati uchta narsada bilinadi: ommaning maqtovi ham,
malomati ham bir xil bo’lishi; amallar ichida o’zining amalini unutish; amallarga savobni
oxiratda talab qilish», deydilar.
Qushayriy (r.a.) aytadilar: «Rostgo’ylikning eng past darajasi botin bilan zohirning
barobar bo’lishidir».
Sahl Tustariy deydilar: «O’zini yoki birovni aldagan kishi rostgo’ylikning
hidini ham
hidlamaydi».
Bu to’g’rida co’zlarimiz ko’p, lekin kifoya darajasida ishora qildim.
Fasl:
Agar birorta fazilatli amaldan xabar topsangiz, uning ahlidan bo’lish uchun bir
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: