Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
50
va g’ofil kimsalardan bo’lmang!»
(A’rof, 205-oyat);
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni
(huzuringizdan) haydamang!»
(An’om, 52-oyat);
«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni
tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas»
(Nur, 36-
oyat).
170/1. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim sayyidul istig’for –
«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika
va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu`u laka bini’matika ‘alayya
va abu`u bizambiy fag’firliy fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta»ni
kechki payt aytib,
tong otgunicha vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda
ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan,
Sendan boshqa
iloh yo’q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va
Senga bergan ahdimda qodir bo’lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan
Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo’ldim. Va
yana gunohlarimga ham iqror bo’ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan
boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari
171/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ertalab yoki kechqurun:
«Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni
aybu nuqsonlardan poklab
yod etaman), deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo’lmaydi.
Faqat ana shu kishi aytganidek yoki undan oshirib aytsagina, bo’lishi mumkin», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari
Abu Dovudning rivoyatlarida:
«Subhanallohil ‘aziym va bihamdihi», deb kelgan.
172/3. Abdulloh ibn Hubayb (r.a.) aytadilar: «Biz zulmatli yomg’irli
kechada Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam namoz o’qib berishlari uchun u zotni axtarib ko’chaga chiqdik.
U zotni topganimizda, «Ayt», dedilar. Men hech bir narsa ayta olmadim. So’ngra yana:
«Ayt», dedilar. Men hech narsa yta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men: «Ey
Rasululloh, nimani aytaman?» dedim. Shunda Rasululloh: «Qul huvallohu ahad», «Qul
a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas» suralarini kechki payt va ertalab uch
martadan aytsang, senga har bir narsada kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud,
Termiziy,
Nasoiylar rivoyati
173/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong
otganida:
«Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan
nushur» (Allohim, Sening
noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik.
Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o’lamiz. Va Senga qaytajakmiz), der
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: