Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
«Quddus»-barcha ayblardan xoli,
noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va
mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir.
6. Salom.
«Salom»-barcha nuqsonlardan salomat.
Shuningdek, tinchlik,
xotirjamlik va rohat
beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik,
xotirjamlik ato
qiladi.
7. Mo’min.
Mo’min-iymon va omonlikni beruvchi.
8. Muhaymin.
Hamma narsani qamrab oluvchi. Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo’lib
turadi. Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.
9. Aziz.
Barchaning ustidan g’olib. Undan biror narsa g’olib kelolmaydi.
10. Jabbor.
«Jabbor» oliy qadar ulug’, Uning oldida hamma o’zini xor tutadi.
11. Mutakabbir.
«Mutakabbir»- kibriyosi va ulug’ligi behad. Uning oldida boshqalar qul bo’lib turadi.
12. Xoliq.
Asli va o’xshashi yo’q narsaning o’lchovini mos qilib yaratuvchi. Alloh maxluqlarni
yaratishdan oldin ham Xoliq degan vasfga ega edi. U xaloyiqni
xalq qilganidan keyin
Xoliq ismini olgani yo’q. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.
13. Bori’.
Yo’qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi. Bori’ning vujudga
keltirishida tafovut
yo’qdir.
14. Musavvir.
Musavvir mahluqotlarning suvratini shakllantiruvchi, har bir narsaga o’ziga
xos suvrat
beruvchi.
15. G‘affor.
Ko’plab mag’firat qilib, bandalarning aybini o’z fazli ila kechib yuboruvchi.
16. Qahhor.
Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga
yuritib va qudrati ila
bo’ysundirib turuvchi.
17. Vahhob.
Ne’matlarni behisob beruvchi.
18. Razzoq.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi.
Razzoq
maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir.
Dostları ilə paylaş: