Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix14.12.2022
ölçüsü169,22 Kb.
#120963
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
muomalada bo’lishlikni aytar ediki, hatto muayyan bir vaqt belgilasa kerak va o’sha muddat yetishi 
bilan qullar o’z-o’zidan ozod bo’lib ketsa kerak, deb o’ylab qolardim. 
477. Odamlar ketayotgan to’g’ri yo’llaridan to o’zaro janjal chiqarmagunlaricha adashib ketmaydilar. 
478. Kimki hayotda tejamkor bo’lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi. 
479. Banda qilgan gunohidan nadomat chekib afsuslangan zahoti, u istig’for aytmasdan turiboq
Tangri uning gunohini kechib yuboradi. 
480. Kishi sadaqa-ehson va muruvvat eshigini ochsa, Tangri uning molu dunyosiga baraka ato 
etadi. Agar u tilamchilik eshigini ochgudek bo’lsa, Tangri uning faqirligini ziyoda qiladi. 
481. Odam farzandi uchun namoz, murosasozlik va xushxulqlikdan afzal ish yo’qdir. 
482. Tirik turgan hayvondan kesib olingan parcha go’sht o’limtik hukmidadir. 
483. Fahsh har qanday narsani buzadi. Hayo har bir narsaga ziynat baxsh etadi. 
484. Muloyimlik har bir narsaga ziynat beradi. Qaysi narsada u bo’lmasa, u narsa buziladi. 
485. Qaysi bir ishni odamlar oldida qilish uyat deb bilsang, uni yolg’iz qolganingda ham qilma. 
486. Odam qalbida go’yo Oy yonidagidek bir bulut bordir. Oy yoritib turganda to’satdan bulut kelib 
uni berkitib qo’ysa – qorong’ulik, bulut ko’tarilsa yorug’lik bo’lib turgani kabi, qalb ham ba’zida 
ravshanlashib, ba’zida xiralashib turadi. 
487. Vafotidan so’ng nadomat qilmaydigan odam bo’lmaydi. Yaxshi kishilar bu dunyoda xayrli 
ishlarni ziyodaroq qilmaganidan, yomon kishilar esa yomonlikdan qaytib tavba qilmaganidan nadomat 
chekadilar. 
488. Qaysi bir odam biror mo’min birodarining boshiga musibat tushib, obro’ va hurmatiga putur 
yetib turganda yordam qo’lini cho’zmasa, o’zining boshiga kulfat tushib, najot tilaganda Tangri ham 
unga yordam bermaydi. Agar, aksincha, unga yordam qo’lini cho’zsa, Tangri ham uning hojatiga 
madadkor bo’ladi. 
489. Tangri nazdida savob umidida g’azabni yutishdek ulug’ savob yo’qdir. 
490. Gunohlar ichida Tangri shirkidan keyin turadigan katta gunoh o’zining jufti halolidan boshqa 
ayolga shahvat suvini sarf qilishlikdir. 
491. O’n kishiga va undan oritq odamlarga boshliq bo’lgan kishi qiyomat kuni ikki qo’li bo’yniga 
bog’liq holda qo’pgay. Agar u odil bo’lgan bo’lsa, adolati kelib qo’llarini yechadi. Bordiyu zolim bo’lgan 
bo’lsa, zulmi qo’llarini mahkamroq bog’laydi. Amaldorlikning boshi malomat, o’rtasi nadomat, oxiri 
qiyomat sharmandaligidir. 
492. Bandaning savob tarozusida yaxshi xulqdan og’irroq ish yo’qdir. Uning darajasi hatto namoz va 
ro’zaning darajasi bilan barobardir. 
493. Tangrining nazdida to’g’ri so’zdan ortiq sadaqa yo’qdir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin