Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/42
tarix14.12.2022
ölçüsü169,22 Kb.
#120963
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
494. Qaysi bir mo’min o’z birodari haqiga g’oyibona duoda bo’lsa, bir farishta bu bandaga: “Senga 
ham shunday bo’lsin”, - deb turadi. 
495. Qaysi bir bandaning bo’ynida qarzi bo’lib, niyati uni uzishlik bo’lsa, Tangri unga o’z yordamini 
ko’rsatadi. 
496. Biror qalb yo’qki, Tangrining qo’lida bo’lmasa, agar xohlasa u qalbni to’g’rilab qo’yadi, xohlasa 
adashtirib qo’yadi. Darajalar tarozusi ham uning qo’lidadir. To qiyomatgacha birovlarning darajasini 
ko’tarib, boshqalarni pasaytirib turadi. 
497. Qaysi bir mo’min biror ekin eksa yoki mevali daraxt o’tqazsa-yu, ulardan qushlar, odamlar yoki 
hayvonlar esa, bu uning uchun sadaqa hukmida bo’ladi. 
498. Ikki mo’min o’zaro uchrashib, qo’l berib so’rashgan zahoti ajralishib ketmay turiboq ularning 
gunohlari kechiriladi. 
499. Odam tanasida qorindan yomonroq idish yo’qdir. Inson bir necha osham ovqat bilan 
kifoyalanadi. Agar zarur bo’lsa, qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan 
uchdan birini nafas olishga ajratsin. 
500. Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi. 
501. Yaxshi ulfat bamisoli attordir. Attordan biror narsa olmasang-da, undagi narsalarning 
hidlaridan bahramand bo’lib turasan. 
502. Odamlarga yaxshi va’z-nasihatlar qilib, o’zi unga amal qilmaydigan olim, go’yoki odamlarga 
yorug’lik taratib o’zini kuydirib tugatayotgan shamchiroq kabidir. 
503. Inson qalbi bamisoli sahrodagi bir qush qanotining patidir: shamol uni goh u tomonga, goh bu 
tomonga ag’darib turadi. 
504. Ilmni o’rganib, so’ng uni boshqalarga o’rgatmaslik go’yoki molu dunyoni yig’ib, uni sarf qilmay
ko’mib qo’yish bilan barobardir. 
505. Qaysi bir xalqning ichida jinoyat va gunoh ish qiluvchilardan ko’ra qilmaydiganlar ko’p va kuchli 
bo’laturib ularni tiyib qo’ymasalar Tangrining ofati hammalariga barobar bo’ladi. 
506. Inson farzandi yaratilganda yonida o’limning 99 sababi ham birga yaratiladi. Agar u shu 
o’limlardan xalos topib yashasagina unga qarilik nasib etadi. 
507. Ummatlarim bamisoli yomg’ir kabidirkim, yomg’irning boshlanishi ham, oxiri ham foydalidir. 
508. Menga nisbatan sizlar go’yo yoqib qo’yilgan o’tga o’zini urayotgan parvona va chigirtkalar 
kabidirsizlar. Men sizlarni o’tga tushishdan saqlash uchun belbog’laringdan ushlab qanchalik 
tortmayin, sizlar qo’limdan chiqib ketib, o’zlaringni o’tga tashlayverasizlar. 
509. Odamlar bilan murosa-yu madorada bo’lish ham sadaqa hisoblanur. 
510. Garchi o’zlaringiz amal qilmasangizda, odamlarga amru ma’ruf qilaveringlar va garchi 
o’zlaringiz saqlanmasangiz-da, yomon ishlardan boshqalarni qaytaraveringlar. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin