Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/42
tarix14.12.2022
ölçüsü169,22 Kb.
#120963
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
601. Kimki birovga pul qarz bersa yoki ehson qilsa
46
, yoki adashgan odamni yo’lga solib qo’ysa, 
go’yo bir qulni ozod qilganchalik savobga ega bo’lur. 
602. Kimki uchta qiz farzandni o’stirib, tarbiyalab, voyaga yetkazib, munosib joylarga uzatsa, uning 
mukofoti jannatdadir
47

603. Uylanishga yaroqli va qodir bo’la turib uylanmagan odam ahli islomdan emas. 
604. Kimki bir mo’minni shu dunyodagi biror tashvishidan xalos etsa, Tangri uning oxiratdagi 
tashvishlaridan xalos etadi. Kimki bechorahol kishiga yordam bersa, Tangri unga ikki dunyoda 
yordam beradi. Kimki bir mo’minning aybini yopsa, Tangri uning ikki dunyodagi ayblarini yopadi. 
Banda birovning yordami uchun harakat qilar ekan, Tangri ham uning yordamida bo’laveradi. 
605. Birodari bilan bir yil arazlashib yurishlik – uning qonini to’kish bilan barobardir. 
606. Kimki boshqalarga rahmu shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahmu shafqat qilmaydi. 
607. Rahm qilmaganga rahm qilinmaydi, kechirmaganni kechirilmaydi va birovning uzrini qabul 
qilmaganning tavbasi ham qabul qilinmaydi. 
608. Kimki odamlardan hayo qilmasa, u Tangridan ham uyalmaydi. 
609. Qaysi bir kimsaga Tangri yaxshilikni ravo ko’rsa, uni diniy va huquqshunoslik ilmlariga mohir 
qilib qo’yadi va unga to’g’ri yo’lni ilhom qilib turadi. 
610. Kimki birovga yomonlik qilsa, shu dunyoning o’zidayoq jazosini ko’radi. 
611. Bexosdan sodir bo’lgan fojeali o’lim – mo’min kishi uchun rahmat, fosiqu fojir odam uchun 
hasratdir. 
612. Mo’min – mo’minning ko’zgusidir. Mo’min – mo’minning birodaridir, unga maishiy ishlarida 
yordamlashadi, yo’qligida moli va obro’sini himoya qiladi. 
613. Mo’min mo’min bilan bamisoli o’rta devorlari bir bo’lgan va yonma-yon qurilgan uylardek bir-
birlarini tutib turishlari kerak. 
614. Odamlarning mollariga va jonlariga qasd qilmaydigan odam haqiqiy mo’mindir. Xato 
gunohlardan o’zini uzoq tutadigan odam haqiqiy muhojirdir
48

615. Mo’min kishi odamlarga o’zini yaqin olib yuradi, odamlar ham unga yaqin munosabatda bo’ladi. 
Shunday munosabat hosil qilmaganlarida yaxshilikning o’zi yo’q bo’ladi. Odamlarga foydasi ko’proq 
tegadigan kishi – odamlarning yaxshirog’idir. 
616. Mo’min kishi g’ayratli bo’ladi. Tangri eng kuchli g’ayrat egasidir. 
617. Mo’min kishi soddadil, saxiy bo’ladi, fosih odam hiylakor, makkor va baxil bo’ladi. 
618. Ollohning rizosi uchun harakat qiluvchi odam haqiqiy mujohiddir
49

46
Matnda: “sut ehson qilsa”. 
47
580-raqamli hadisga qarang.
48
Muhammad (s.a.v.) payg’ambar bilan birga Makkadan Madinaga ko’chgan kishi. 
49
Xudo yo’lida jang qiluvchidir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin