Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/42
tarix14.12.2022
ölçüsü169,22 Kb.
#120963
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
619. Ikki kishi bir-birlarini haqorat qila boshlagan bo’lsalar, ulardan qay biri birinchi boshlagan 
bo’lsa-yu, basharti bunisi haqoratda undan o’tkazib yubormagan bo’lsa, gunohi o’shanga bo’ladi. 
620. Maslahat so’raluvchi odam omonatdordir. O’ziga qanday ko’rsa, maslahat so’raganga ham 
shunday to’g’ri va foydali maslahat bersin! 
621. Haqiqiy mo’minning qo’lidan ham, tilidan ham mo’minlar ozor topmaydilar. 
622. Musulmonning tili va qo’lidan musulmonlarga aziyat yetmaydi, mo’min esa mo’minlarning molu 
jonlariga tajovuz qilmaydi. 
623. Mo’min – mo’minning ko’zgusidir. Unda biror kamchilik yoki nuqsonni ko’rib qolsa, darhol 
tuzatib qo’yadi. 
624. Mo’minlarning hammasi bir-birlariga birodardirlar. Ularning biri ikkinchisidan ortiq emas, balki 
ortiq-kamlik taqvoga qarab belgilanadi. 
625. Mo’minlar kelishilgan shartnomalarga qat’iy rioya qiladilar. 
626. Vazifani o’z vaqtidan kech qoldirib bajarish ham zulm turlariga kiradi. 
627. Makru hiyla va xiyonatning joyi do’zaxdir. 
628. Qabrdagi murda ahlu ayol va qarindoshlarining dod solib yig’lashlaridan azoblanadi. 
629. Bizning so’zlarimizni eshitib olib, o’zgartirmagan holda, odamlarga yetkazadigan kishining 
yuzini Tangri yorug’ qilsin! Bevosita bizdan eshitgan odamdan ko’ra ko’proq g’oyibona rivoyat 
qiluvchilar
50
orqali eshitgan kishilar hadislarimni yaxshiroq saqlaydigan bo’lishi mumkin. 
630. O’z haqini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan odamning o’limi naqadar yaxshi o’limdir! 
631. Mo’min kishining yaxshi niyati qilgan amalidan ham afzaldir. Munofiq kishining qilgan yaxshi 
amali dilidagi yomon niyatidan afzaldir. Har bir kishi o’z niyatiga qarab ish tutadi. Mo’min kishi qachon 
biron ezgu ish qilsa, dili ravshanlanaveradi. 
632. Gunohiga pushaymon bo’lish ham tavba hukmidadir. 
633. Rasululloh ummatlarini adashish va yanglishishdan qaytarganlar. 
634. Rasululloh ummatlarini hayvonlar kabi bichishni man etganlar. 
635. Rasululloh ikki kishi birga ovqatlanganda biri ikkinchisidan beijozat dasturxondagi taom yoki 
mevalardan ikkitadan olib yeyishni man etganlar. 
636. Rasululloh o’zini odamlardan chetga olib, xilvatda zohidlik qilishni man etganlar. 
637. Rasululloh mehmon uchun ortiqcha takalluf (ziyofat uchun haddan ortiqcha urinish)ni man 
etganlar. 
638. Rasululloh marhumlar sha’niga mubolag’a bilan madhiya va marsiya aytishni man etganlar. 
50
Ya’ni roviylar. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin