Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
u ushbu kengashda otasi o‘lim to‘shagida ekani tufayligina qatnashayotgan bo‘lsa-chi? Unda bu narsa 
o‘g‘ilgagina taalluqli, nafsilamrini aytganda, bu uning vijdoniga bog‘liq masaladir. 
— U oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga ega, — dedi Garold o‘shanda. — Bunday qobiliyat faqat 
bankirlardagina bo‘ladi. Bu — tabiat in’om etgan chinakam bebaho tuhfadir. 
Oraga jimlik cho‘kdi. Palmer yo‘talib oldi-da, kulimsirab hazillashdi. 
— Shu narsa yaxshi ma’lumki, elektron hisoblash mashinalari firmasi yangi uskunalar tayyorlash 
ustida ish olib boryapti. Ana shu uskunalar bu masalani ancha oson hal qiladi... 
Boshqa, toza ko‘ylakni kiyarkan, Palmer hammomdagi katta oynada diqqat bilan o‘zini ko‘zdan 
kechirdi. Yosh merosxo‘r shahzodani o‘ttiz besh yoshida kichik taxtga o‘tqazish uning otasini ham, 
Palmerning o‘zini ham ilhomlantirmadi. Bu haqda o‘zi hatto eshitishni ham xohlamadi. Hozir esa u, 
anchagina katta qirollik — «Yunayted benk end trast kompani» saltanatinining kichik taxtiga xuddi 
bo‘yniga bo‘yinturuq solganday, o‘tqazib qo‘yilgandi. Shu boisdan ham u darhol mamlakatdagi eng 
yirik bankning ikkinchi rahbari lavozimini egallagandi. 
Palmer portfeliga qarab qo‘ydi. Bugun bo‘ladigan amaliy uchrashuvga yaraydigan biror foydali 
narsani Meygen qog‘ozlari orasiga qo‘yganmikan? Shunday qilib, oldindan ko‘ra bilishdek bebaho 
tuyg‘u bugun yana asqotdi. U portfelini ochdi, «Nyu-York banklaridagi ahvol» ma’lumotnomasini 
ohista varaqladi, mashinkada bosilgan qisqa sharhlarni qayta-qayta ko‘zdan kechirdi. 
Nyu-York moliya dunyosidagi ishlar barqaror edi. Zero, mamlakatdagi barqaror vaziyat shuni 
taqozo etardi. Chunki Uoll-strit bir vaqtning o‘zida Nyu-York bilan aloqada bo‘lgan shtatlardagi 
minglab banklar o‘tkazayotgan siyosatni ifoda etardi. Palmer vaziyatni chamalab ko‘rib, ahvol 
tangligini his qildi. Chunki kredit turkumi bo‘g‘ma ilonga o‘xshab o‘z-o‘zini shu qadar qattiq chirmab 
olgan ediki, yana biroz harakat qilsa, o‘z dumini yutib yuborishi hech gap emasdi. 
Xuddi avvalgi singari yangi pul oqimiga, jamg‘armaga va naqd mablag‘ga, ya’ni yashil 
banknot1larga talab juda katta edi. Zero, bunday banknotlar olingan paytda bank kreditlari tarzida 
yangi mablag‘larni vujudga keltirardi va pul muomalasida ulardan keng foydalanish mumkin. 
Xususan, kreditlar bilan bo‘ladigan barcha muammo mana shundan iborat edi. Butun mamlakat 
banklarga kredit topishda yordam berishga da’vat etardi. Bulturgi avtomobilni yangi rusumdagi bu 
yilgi mashinaga almashtirish shart deb hisoblovchi haydovchidan tortib, omborlarida tiqilib yotgan 
mahsuloti o‘rniga po‘lat sotib olish uchun pul olishga intilayotgan Detroyt zavodchilarigacha shunga 
harakat qilardi. 
Biroq, o‘yladi Palmer vujudga kelgan vaziyatni hisobga olarkan, bu yangi pullar qaerdan paydo 
bo‘ldi? Odamlar qanday qilib pul jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar? Oddiy malakali mexanik oyiga 600 
dollarga yetar-etmas, ya’ni yiliga 7200 dollar ish haqi olardi. Daromad solig‘i  chegirib tashlansa, unda 
6000 dollardan sal ortiqroq pul qolardi. U yashab turgan uy kamida o‘n yildan keyin qulab tushishga 
mo‘ljallab qurilgan edi. Bu esa unga qurilishning sotuv narxidan ikki baravar qimmatga tushardi. Shu 
tariqa, bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan nasiyaga olingan uy yiliga navbatdagi to‘lov va soliqlar tarzida 
kamida 2000 dollarni yutib ketardi. Natijada hayot kechirish uchun 4000 dollarga yaqin pul qolardi. 
Shundan 2000 dollari avtomobil va uy buyumlari sotib olish bilan bog‘liq to‘lovlarga ketardi. Shunday 
qilib, oddiy amerikalik xotini bilan baxtli va farovon hayot kechirishi va uch farzandini yedirib-ichirib, 
kiyintirishi-yu o‘qishi uchun yiliga 2000 dollar, ya’ni haftasiga taqriban 38 dollar qoladi deb taxmin 
qilinadi. 
Palmer «Nyu-York banklaridagi ahvol» ma’lumotnomasini bir chetga qo‘yib, qarz olib, qarz berish 
hayotining bu havo pufagi, nihoyat, qachon yorilarkan deb bosh qotira boshladi. Umuman, shu pufak 
yorilishi mumkinmi? Bu halokatning oldini olishning biror chorasi yo‘qmikin? 
YuBTK yozuvli ma’lumotnomani olib, varaqladi-da, Palmer qariyb yigirmanchi marta «Katta Odam» 
sarlavhali qiyqimga diqqat bilan tikildi. Maqolaning  ikkinchi ustuni Berkxardtning tarjimai holi va 
martabasi haqida edi. Fotosuratda yigirma metrli yaxta shturvalida kelishgan ammo, jahldor 
Berkxardt savlat to‘kib turardi. Surat ostiga esa: «Leyn Berkxardt «Yunayted benk end trast 
kompani» jilovdori» degan tagso‘z yozilgandi. Ushbu bo‘lim Berkxardtga mohir yaxtachi sifatida ta’rif 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin