Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
— ... ular yana bir band qulab tushmagunlariga qadar, — Palmerning qulog‘iga simning narigi 
uchida cholning kimgadir gapirgani chalindi. — Hello, Palmer! Bugun lenchda band emasmisiz? 
— Bugunmi? 
— Sizga mashinamni yuborishdan mamnun bo‘lardim. Klubda lench ustida ko‘risha olamizmi? 
Fikrini to‘plash uchun Palmer ko‘zini yumdi. Lumisning shahar ishbilarmonlar bo‘limidan turib 
qo‘ng‘iroq qilayotganiga shubhalanmadi. 
— Kelolsam kerak deb o‘ylayman, — dedi u. — Qachon? 
— Men erta ovqatlanishga o‘rganganman, — xabar qildi Lumis. — Oldingizga yigirma daqiqasi kam 
o‘n ikkida yetib borishadi, agar bu sizga to‘g‘ri kelsa. Siz bu yerda taxminan tushgacha bo‘lasiz va 
sizni bir yarimda olib borib qo‘yishadi. 
— Juda yaxshi. — Palmer kutib turdi. — Biron narsa... — deb gap boshladi-yu, so‘z qidirib, yana 
jimib qoldi. — O’zim bilan biron narsa olib olaymi?.. — Gapini tugatmasidanoq Palmer savoli 
ahmoqona chiqqanini angladi. 
— Yo‘q, shunchaki gaplashamiz. O’n biru qirqda. 
— Yaxshi. Men... — Biroq Lumis go‘shakni ilib qo‘ydi. 
Qari ro‘dapo. Palmer ham go‘shakni qo‘ydi va shu zahoti qansharida og‘riq his qildi, miyasini bir 
narsa nayzaday teshib o‘tgandek bo‘ldi. U Virjiniyaga qaradi. 
— Kodein, — dedi u, — iltimos. 
Juvon chiqib ketishi hamon o‘rindiqda o‘tirgancha Palmer ensasini uqalay boshladi. Qiziq, agar buni 
uning uchun boshqa birov bajarganida u o‘zini qanday his qilgan bo‘lardi? Birovga bog‘liq bo‘lib 
qolishdan yomon narsa yo‘q. Darvoqe, bu shunchalik yomonmi? 
Ensasini titrab-qaqshab changallagancha u yana ko‘zlarini yumdi va Virjiniya Klerining qaytishini 
kutgan, og‘riqqa bardosh bergan holda qimir etmay o‘tirishga harakat qildi. 
 
 
Yigirma to‘rtinchi bob 
 
Uncha katta bo‘lmagan “oldsmobil”dan tushar ekan, Palmer ishbilarmonlar tumanidagi lench-
klublardan ayrimlarigina mana bunga o‘xshagan faxrli yoshdaligi bilan maqtana olishlari mumkin, deb 
o‘yladi. Bu tumanga odamlar daryoday oqib kela boshlashi munosabati bilan urushdan keyinoq bu 
yerda ko‘plab shunaqa klublar paydo bo‘lgandi. Vaqtinchalik inqirozdan so‘ng birjadagi urushdan 
keyingi savdo-sotiqlar o‘n minglab yangi asalarilarni eski asalari mumiga jalb qila boshladi. Eski 
firmalar g‘ovlab ketdi, yangilari esa axlatxonadagi qurtlarday urchiy boshladi. Barcha restoran va 
qahvaxonalar, shu jumladan, yaqinda ochilganlari ham to‘da-to‘da bostirib kelayotgan mijozlarni 
eplayolmay qoldilar, kunduzlari hamma joy liq to‘lgan bo‘lardi va firmalar o‘z xodimlarini lenchga 
navbatma-navbat chiqarishlariga to‘g‘ri kelari. 
Ammo bu eski klub undan ancha oldin, birja uy bekalari va garajlarning mexaniklari ish-a’mollari 
maydoni bo‘lib qolgan vaqtda tashkil etilgan edi. Ancha oldin, Amerika mablag‘iga asos soluvchilar 
doirasiga “puldan boshqa yo‘qotadigan hech nimasi yo‘q odamlar” bostirib kirgunga qadar ro‘y 
bergandi bu hol. Vatanparvarlik tuyg‘usi ochko‘zlik tuyg‘usi bilan ajoyib tarzda chiqishib ketgan birja 
sharhlovchilari yuqoridagidek ta’rif berganlar. 
Firmaning kichik sheriklari, birja ishbilarmonlari va maslahatchilar ro‘paralarida hoziru nozir klerklar 
va gumashtalarni ko‘rmay, tinchgina ovqatlanib olishlari mumkin bo‘lgan yangi lench-klublardan farqli 
o‘laroq, bu klub mijozlar ixtiyoriga yana barni ham, billiardxonani va qartabozlik xonasini ham taqdim 
etgandi. Gould va Morgan kabi Filkening o‘zi ham bir vaqtlar shu klubning a’zosi bo‘lgan edi. Ammo 
Barux kabi ham, Otto kabi ham emasdi. Mana shunaqa bo‘lgan edi bu klub. O’z vaqtida u klub 
ro‘yxatiga dunyoga endigina kelgan to‘ng‘ich o‘g‘li Xenlini ham bir qadar taraddud bilan kiritib 
qo‘ygandi. Ammo ro‘yxatga ikkinchi o‘g‘li Vudsni kiritishga hech shoshmayotgandi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin