Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Biroq o‘sha zahoti, keksalar bunday fikrlardan to‘yib ketgan, o‘zlarining puturi ketgan badanlariga 
tiriklay dafn etilganday bo‘lib, har kuni ertalab kiyinayotganlarida kechqurun uyga qaytib kelamanmi, 
yo‘qmi deb o‘zlaridan so‘rab qo‘yadilar, dedi o‘ziga-o‘zi. U hali baquvvat va qomati tarang Berkxardt 
qarshisida o‘tirgan choldan atigi o‘n yoshgina kichik. Uning mushaklari kuchi va chayirligini qachon 
yo‘qotadi? Teshib yuborgudek boquvchi moviy ko‘zlari qachon nursizlanadi-yu, qachon o‘tkirligidan 
mahrum bo‘ladi? 
Bir lahza u Lumisning ko‘zlariga qaradi, biroq ularda o‘zi kutgan bo‘m-bo‘sh, maqsadsiz ifodani 
topmadi. Go‘yo o‘z taqdirini bilmoqchi bo‘lgandek chol qo‘llarini hamon diqqat bilan  o‘rganardi. So‘ng 
u ohista xo‘rsindi, bu xo‘rsiniq, aftidan, Palmerning eshitishi uchun mo‘ljallanmagandi. 
— Berkxardt siz bilan qanday muomala qiladi? — biroz jimlikdan keyin so‘radi Lumis. 
— Odatda u meni o‘ziga o‘zi tanishtiradi. 
— Hah. — Bu bir bo‘g‘inli tovush kulgi emasdi, bu so‘z edi. — Leyn hech kimni o‘ziga 
tanishtirmaydi. Uning meni sizga qanday tavsiya etganini tasavvur qilaman — renegat deganmi? A? 
— U bunday so‘zni aytmagandi. 
— O’lguday bo‘shang, a? Xoin-a? Sotqin-a? 
— U menga, aftidan, ko‘pchilik biladigan narsa haqidagina gapirgandi, — sizning “Merrey Xill” 
omonat bankiga nisbatan moyilligingiz haqida. 
— To‘g‘ri, gap nimadaligini tushunmagandim, — dedi Lumis miyig‘ida kulib. — Leyn korporatsiyalar 
tuzilmasi va hokazolarning ma’nosini biladi, ammo odamlarni bilishga kelganda — g‘irt. Ular bilan 
qanday muomala qilishga sira aqli yetmaydi. To‘g‘rirog‘i, buning uchun boshini qotirishni istamaydi. 
— To‘g‘risini aytsam, buni payqamagan ekanman. 
— U sizga juda sinchkovdek bo‘lib ko‘rinadimi, a? — so‘radi Lumis. 
— Ha, — javob berdi Palmer. 
— Sizni shuning uchun ham ishga taklif etganmi? — Lumis yana jilmaydi: — Chakki tanlamagan, 
shunday emasmi? — Chol bosh irg‘ab qo‘ydi: — Bo‘pti, shundoq bo‘la qolsin. Ammo shu bilan bir 
vaqtda u Bernsni ham yolladi. A? 
— Nima bo‘pti? — Qayirib tashladi Palmer. 
— Hah. — Lumis taomnomani qarsillatib shapatiladi-da, uni o‘zidan nari surib qo‘ydi. — Siz ham 
otangizga o‘xshab juda kamgapga o‘xshaysiz. Uning yana bir o‘g‘li bor deb eshitgandimmi? 
— Xenli. Mendan ikki yosh katta. U urushda o‘lgan. 
Lumis yana qo‘llariga qaradi. Bu gal u kaftlarini o‘rgandi. Qizg‘ish va go‘shtdor kaftlar suyakdor, 
keksalik sepkillari qoplagan orqa tomonidan alohida o‘zi mavjuddek. 
— Sizlar Chikago Palmerlarining so‘nggisimisizlar, a? 
— Unchalik emas, — javob berdi Palmer. — Mening bolalarim, yana qanaqadir qarindosh-
urug‘larim ham bor. Darvoqe, Chikagoda biz hech qanday qarindoshlik rishtamiz bo‘lmagan yana bir 
Palmerlar sulolasi bor. 
— Unday holda siz bankir Palmerlar ichida eng so‘nggisi ekansiz-da? 
— Shunday bo‘lsa kerak, hoynahoy. 
— Ammo sizning ikkita o‘g‘lingiz bor-ku? 
— Va qizim ham, — qo‘shimcha qildi Palmer. 
— Ularni bankir qilmoqchimisiz? — Lumisning oppoq qoshlari bir narsani tushungandek yuqoriga 
o‘rladi. 
Palmer miyig‘ida kuldi. 
— Agar bu menga bog‘liq bo‘lsa, ikki dunyoda ham unday qilmayman. — U jim bo‘lib qoldi, so‘ng 
yo‘taldi va dedi: — Xo‘sh, endi “Merrey Xill” omonat bankiga kelsak... 
— Xo‘sh, xo‘sh, mayli, gapiring. 
— Omonat banklari bilan bog‘liq barcha gaplar haqiqatdan xam shunaqa jiddiy tus olib ketganmi? 
— “Shunaqa” — kimga? — quruqqina so‘radi Lumis. — Leyn Berkxardtgami yoki boshqa 
bittasigami? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin