Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
allanimani ko‘rsatardi. “Rolli” fotoaparati va yelkasiga osib olgan yorituvchi apparat bilan qurollangan 
boshqa bir notanish odam Xanni Kerd haykalini ko‘zdan kechirardi. 
— Vu-u-di-i, — cho‘zib dedi Mak Berns. Bu so‘z uning san’ati uchun oz joy qoldirganday bo‘lib 
ko‘rinishiga qaramay, u baribir unga alohida jarang kasb etmoqchi bo‘ldi va so‘z yana birmuncha 
muddat havoda aks sado berib turdi. 
— Vudi, “Star” tahririyatidan kelgan Jim Stekkert bilan tanish, bu esa — mister Kessler, uning 
fotoapparatlari. Jentlmenlar, tanishinglar — Vuds Palmer-kichik. 
Palmer oldinga bir necha qadam qo‘ydi, kelganlar bilan birma-bir qo‘l berib ko‘risha boshladi. 
Stekkert ozg‘in, kasalvand chehrali va horg‘in ko‘zli odam edi, go‘yo lablari tashqi ta’sir, rele 
yordamida tabassumdan harakatga keladiganday. Ichimdan top odam, bundaylardan ko‘p narsani 
ololmaysan, o‘yladi Palmer. Fotograf Kessler, ko‘p o‘tmay, o‘zi sezgandek, butunlay boshqa tabiatli 
odam edi.  
— Bu sizning ishingizmi? — qiziqsindi fotograf haykalga barmog‘ini qo‘yib. 
— Bu Xanni Kerdning ishi. 
— Unda nima ifoda etilgan? 
— Bolalarimning portreti. 
— U-u! Sizni boplab shilishganga o‘xshaydi. 
— Xato qilmadingiz, — jiddiy javob berdi Palmer. 
Haykalni tomosha qilar ekan, Kessler orqasi bilan Palmerga o‘girilib oldi. 
— Yechib bo‘lmas rebus. AQShda tayyorlangan, — ming‘illab qo‘ydi u. 
— Mak, — gap qotdi Palmer, — meni ham mana bu yig‘ilish maqsadidan voqif qilish vaqti 
kelmadimikan? Yoki men o‘zim o‘ylab topaymi? 
— Nahotki siz... — Berns to‘xtadi, qovog‘ini uydi, pastki labini tishladi va xayolga cho‘mgancha uni 
chaynab qo‘ydi. — Bu qanaqasi, men hayron qolayapman, — davom etdi u ovozini pasaytirib, — men 
o‘ylovdimki, siz... O’ylovdimki, men... Jim Strekkert “Star”da moliya bo‘limida ishlaydi, Vudi. U... 
— Faraz qilaylikki, men bu shaharda yangi odamman, — uning gapini bo‘ldi Palmer, — ammo 
mister Stekkert nima bilan shug‘ullanishi menga kunday ayon. — U Virjiniya Kleri va Garri Elder 
tomon o‘girildi. — Balki sizlardan birontangiz menga tushuntirib berarsiz?... 
— Bernsga murojaat qilavering, — javob berdi Virjiniya jilmaygancha. — Bizning o‘zimiz ham 
unchalik yaxshi bilmaymiz... 
— Bo‘ldi, tushunarli, — birdaniga dedi Mak Berns va hamma unga burilib qarashi bilan davom etdi: 
— mister Palmer bugun qanaqangi shonli kun ekanini esdan chiqargan, buni qarang-a, atigi o‘n besh 
yil o‘tibdi-yu, u bo‘lsa esdan chiqarib o‘tiribdi... 
— O’n besh yil? Nimani aytayapsizlar? — so‘radi Palmer. 
— Hoy Vudi, nima qilasiz o‘zingizni hech narsa bilmaganga solib, jin ursin, — uning gapini bo‘ldi 
Berns va “Star” reportyori tomon burilib dedi: — Hech shunaqasini ko‘rmaganmisiz? 
— Bo‘lmasa-chi, — qo‘pol ohangda dedi Stekkert. — Har gal mijozlaringiz o‘z vaqtida ogohlantirib 
qo‘ymaganida shunaqa bo‘ladi. — U Palmerga burildi va yuzida zo‘raki jilmayish paydo bo‘ldi.  
— Agar mana bu nusxaga ishonadigan bo‘lsak, — Stekkert boshmaldog‘i bilan Berns tomonni 
ko‘rsatdi, — bugun Penemyundening o‘n besh yilligi. 
Uning yuzidagi tabassum sun’iy ravishda g‘oyib bo‘ldi. 
Palmer qovog‘ini uydi: 
— Nahotki? Jin ursin, rostdanam shunaqaga o‘xshaydi. — U stolga kelib o‘tirdi va takrorladi: — O’n 
besh yil. 
— Demak, Berns o‘ylab topmagan-a? Shu to‘g‘rimi? 
— O’n besh yil deganingizga qo‘shilishim mumkin, — javob berdi Palmer, — ammo aniq sanasini 
ayta olmayman. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin