www.ziyouz.com kutubxonasi
131
— Chunki, — davom etdi juvon, — o‘z majburiyatlariga qanchalik xushlamay munosabatda
bo‘lganini juda yaxshi bilaman. Mak lenchdan keyinroq “star”lik anovi guruh bilan birga hujum qilgan
zahoti men qanday qilib bo‘lmasin, sizga qo‘ng‘iroq qilishim kerak edi.
— Siz meni topolmadingiz. Men mashinada edim.
— Men sizni bank vestibyulida tutib olgan bo‘lardim, — e’tiroz bildirdi juvon.
Palmer o‘zini kulishdan tiyib qoldi. U juvonning afsus qilganini biror marta ham ko‘rmagandi.
O’zining astoydil ta’kidlashicha, faqat ayrim odamlargina bunday iltifotga sazovor etgan.
— Tutib olgan bo‘lardingiz, — qandaydir quruq ohangda dedi yigit.
— Lekin oldindan siz bilan kelishib olmay turib, Berns shunday qila olishi mening xayolimga kelgan
bo‘lsa, o‘lay agar.
— Aslida unga men o‘zim aytgan edim bu haqda, — iqror bo‘ldi yigit.
— Men o‘ylabmanki...
— Shunday suhbat bugun tunda, to‘g‘rirog‘i, soat ikkidan keyin, ikkalamiz ham bo‘kib ichib
olganimizda bo‘lgan edi, — tushuntirdi Palmer. — Men shunchaki Penemyunde haqida eslatgan edim,
xolos. Endi ko‘rib turibman, Berns bilan juda ehtiyot bo‘lib muomala qilishim kerak ekan. Bitta
ortiqcha so‘z aytib qo‘ysam, Nyu-Yorkning “Star”i boshida tegirmon toshi yurgizar ekan.
— Agar u o‘z g‘oyasini siz bilan baham ko‘rmoqchi bo‘lsa, siz uni bundan qaytarib qolishingiz
mumkinligi haqida o‘ylamaganmisiz? — so‘radi Virjiniya hamon kokteyldan ko‘z uzmay, bitta-bitta
ho‘play boshlab.
— O’ylaganman.
— Unda omadingiz bor ekan, siz... — Juvon jimib qoldi va qadahini o‘rindiq yonidagi stolchaga
qo‘yib, Palmerga qaradi. Nur tushmaganda uning ko‘zlari yanada qora va teran ko‘rinar edi. Go‘yo
juvon ularning har ikkovini ikkita g‘ordan turib kuzatganday. — Menimcha, — deb gapini o‘nglab oldi
Virjiniya, — men avval sizlardan so‘rab olishim kerak edi, xo‘sh, sizningcha “Star”dagi maqolaning
ishga nafi tegadimi, yo‘qmi deb. Nazarimda, siz bunga aytarli e’tibor bermaysiz.
— Shaxsiy reklama omonat banklari bilan kurashda yordam berolmaydi, urush vaqtida men
Penemyuneda bo‘ldimi yo Timbuktudami, nima farqi bor, la’natini?
— Bu timsol yaratishga yordam beradi.
Palmer aftini burushtirdi:
— Sal tushunarliroq qilib aytsangiz-chi!
— Biz gazetchilarning o‘z lahjamiz bo‘ladi, — dedi juvon, yana qadahni olib. — Ammo timsol
yaratish — bu baribir nimanidir anglatadi. Ommada siz haqingizda bir tasavvur paydo bo‘lgan, ya’ni
jamoadagi sizning borligingizni biladiganlar ichida. Maqola “Star”da paydo bo‘lgandan keyin siz
mashhur bo‘lib ketasiz, siz haqingizdagi tasavvur yanada mufassal bo‘ladi, mufassallik esa ijobiy
bo‘ladi: omilkor, aqlli, irodali, oyog‘ida mahkam turadigan odam.
— Bunday timsolni siz to‘g‘ri deb bilasizmi? — Savolni berishga berdi-yu, Palmer uni qaytarib olish
va abadiy yerga ko‘mish mumkin emasligini anglab, “attang” deb qo‘ydi ichida.
Uning Virjiniya Kleri bilan munosabatlarida nimadir o‘zgarganini va ehtimol abadiy o‘zgarganini u
anglay boshlagandi. Bu hol ziyofatda, ular raqs tushishganida va keyin, uyga qaytishganida sodir
bo‘lgandi. Bu o‘zgarish, Palmer hozir anglaganidek, juvonda sodir bo‘lgandi.
Oraga cho‘kkan bir oz sukunat ichida Virjiniyaning yuziga qarashga qo‘rqib, Palmer birdan yaqqol
va aniq angladiki, ular har doim bir-birlariga qiziqib kelishgan. Bu, nafsilamrini aytganda, mutlaqo
tabiiy edi, chunki juvon bevosita uning qo‘l ostida ishlaydi. Shu bilan birga ular Shraftnikida ziyofatda
bo‘lgan oqshomda Palmer ziyofat oxiriga kelib Virjiniyaning unga nisbatan qiziqishi sovuganini yaqqol
his etgandi. Faqat xizmat yuzasidan munosabatlargina qolgandi, lekin bu juda iliq munosabatlar edi.
Kechagi tundan keyin bu sovuqlik erib ketdi. Endi o‘zini hech nimani bilmaganday qilib ko‘rsatish
qiyin. Bu odamlarcha munosabatlardagi eng yomon jihat, o‘yladi u. Bu taxlitdagi manfaatdorlikni uzoq
vaqt mensimaslik va ishchan vazminlikni saqlab turishning imkoni yo‘q. Iliq munosabatga javob