Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
ko‘rinardi. Axir o‘sha paytlar har bir qarorning qabul qilinishi keksa, mijg‘ov va o‘jar, ishning orqaga 
surilishidan zavq oladigan otasiga bog‘liq edi. 
Palmer eshikni ochib, yo‘lakka chiqdi va liftga qarab yurdi. Kutish yillari, aftidan o‘tib ketganday 
bo‘ldi. U o‘zini taqdirining sohibiday his qildi. Urush paytida ham xuddi shunday bo‘lgan edi. Unda o‘zi 
uchun yangi bo‘lgan g‘ayritabiiy hayotbaxsh tuyg‘u paydo bo‘ldi. Bu tuyg‘u uni yoshligiga 
qaytarganday bo‘ldi. U hayotini yangidan boshlaganday his etdi. 
Palmer liftni kutarkan, bunday tuyg‘uni so‘nggi bor qachon his etganini eslashga urindi. Bu o‘n 
besh yil burun bo‘lgan edi. O’shanda Palmer boshchilik qilayotgan bo‘linma Rostokdan, bombalardan 
o‘ydim-chuqur bo‘lib ketgan ko‘chalar bo‘ylab mashinalarda Greyfsvalddagi «V-2» bazasiga 
borishardi. Ular taslim bo‘lish hali nimaligini bilmagan aholi hududidan raketasozlik sohasida ish olib 
borayotgan fashist olimlarini izlab yurishardi. Palmerning bo‘linmasi ruslar bu yerlarga kelmasdan 
burun raketachi olimlarni o‘g‘irlab ketishlari kerak edi. Ularning tepasida pastlab uchayotgan 
«fokkevulflar» charx urardi. 
— Pastgami, ser? 
Liftchi Palmerning nigohidan ko‘zini olib qochib, o‘zini gilam naqshlarini tomosha qilayotgandek 
ko‘rsatardi. Palmer lift ichiga kirdi, uning eshigi yopilishini kuzatib turdi, yuragi hovriqqani uning 
pastga tushayotganini his etdi. Qandaydir daqiqalarda u o‘zini vaznsizdek, yengil va ozod sezdi. 
So‘nggi o‘n besh yil ichida u o‘zini bunday his etmagandi. 
U chuqur nafas oldi va bo‘lgusi voqealarga ich-ichidan tayyorlandi. 
 
 
Uchinchi bob

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin