Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
“Qo‘lini tutib tursammikan yo qo‘yib yuborsammikan? Xuddi qaynoq kartoshkaday birdan qo‘yib 
yuboraymi yo asta-sekinmi? Haligi ikkalasi xususida miyamga hech narsa kelmayapti, ammo eng 
qizig‘i shundaki, bu yerda aql bir pul”, — o‘yladi Palmer. 
Bunga ham ishonish qiyin, — dedi u ovozini chiqarib. 
— Siz osonlikcha qizishmaysiz, shunday emasmi? 
— Hech qachon qizishib ketmayman, — juvonning gapini to‘g‘riladi yigit. 
— Nahotki hech qachon qizishmasangiz? 
Palmer asta kulib quydi: 
— Men shunday narsa boshimdan kechgan kamdan-kam hollarda juda afsus qilaman. 
— Bu endi dahshat. 
Hatto qorong‘ilikdan ham u juvonning burilganini va uning yuziga tik boqib turganini ko‘rdi. Deraza 
ortidagi ko‘prik chiroqlari uning ko‘zlarida mayda uchqunlar yoqdi. 
— Ehtimol. Ammo bu haqiqat. 
— Bunday halokatli e’tirofni men umrimda eshitmaganman. 
— Meni umuman har qanday vaqtda quvnoq deb atash qiyin. Hozir esa, ehtimol, o‘zimni eng 
yomon his qilib turgan vaqtim bo‘lsa kerak. Ustimda kimdir turganini hecham yoqtirmayman, ayniqsa 
Mak Bernsni. 
Nimani yoqtirasiz, xo‘sh? — Kutilmaganda so‘radi juvon. 
— Tinchlik va xotirjamlikni. Tartibni. 
Juvon bosh irg‘adi: “Qanday zo‘r, qabrda tinch va osuda, ammo unda kim senga ochadi og‘ush?”  
— o‘zicha iqtibos keltirdi u. 
Palmer xo‘rsinib qo‘ydi. 
— Bugun kun bo‘yi muhrlar bilan jonimni sug‘urib olishgandi. Endi siz Marveldan iqtibos 
keltirayapsiz. 
— Men uchun bu hech qachon muhr bo‘lmagandi. — Unga juvonning odatdagi past ovozi yana 
pastroq eshitilganday bo‘ldi va u o‘zining shafqatsiz bo‘lib ketganini angladi. 
— Men istamagandim... 
— Bilaman, — tasalli berdi unga juvon. —  Biroq Marvel nimani nazarda tutgan bo‘lsa, men aynan 
shunday deb o‘ylagandim, — Juvon chuqur xo‘rsindi. — Men buni o‘zimga emas, sizga nasihat tarzda 
iqtibos keltirgandim. 
U juvonning qo‘li xiyol titraganini sezdi. 
— Lekin mening ishim nasihatlar o‘qish. G’oya bo‘yicha men ularga quloq solishim kerak, shunday 
emasmi? 
— Ertaga. Soat to‘qqizda. — Yigit uning qo‘lini asta siqib qo‘ydi. — Siz u yerda husn bo‘lib turasiz. 
Men haqiqatan ham nasihat o‘qiydigan bo‘lsam, bu Bernsga o‘qiganim bo‘ladi. 
— Rahmat. — Juvon bir daqiqa taraddudlandi. — Siz odamlar bilan muomalada shunaqa har doim 
rasmiyatchimisiz? Xuddi shaxmat taxtachasidagi har bir yurishni biladigan birinchi darajali 
shaxmatchiday. 
— Har doim emas. 
— Qizishib ketishdan o‘zimizni tiya olganingizdami? — so‘radi juvon, jo‘rttaga g‘ashiga 
tegmoqchiday. 
Yigit deyarli uning qo‘lini o‘zidan itarib tashladi. 
— Bo‘ldi, — keskin ohangda dedi u. — Siz o‘zingizni ayollik jozibangizdan foydalanishga harakat 
qilayapsiz. 
— Ha. 
— Bir necha daqiqadan buyon. 
— Kechirasiz. — Juvon undan o‘zini chetga tortdi. — Kech bo‘ldi. Uy-uyimizga boraylik. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin