Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
Josuslarni “musaffo uy” degan bir san’atga o‘rgatar edilar. Bu shulardan iborat bo‘lardi: barcha 
xonalardan yashirin tinglaydigan apparatlar, telefonlar, simlarni olib tashlash, oynadan kuzatish 
imkoniyatini yo‘qotish. Bu har qanday holatda majburiy narsalar bo‘lardi — josus uyni bir soatga, bir 
haftaga yoki butunlayga tark etadimi, farqi yo‘q. Odatdagi turmushdan ajratib turuvchi biron-bir 
narsaning borligini bildiradigan hech narsa qolmasligi kerak. Va nihoyat bu san’at yana g‘anim josus 
uyiga kirib borish texnikasini ham o‘z ichiga olardi, uyni o‘rganish va undan chiqishda maxfiy tintuv 
izlari qolmasligi kerak. Benuqson avtomatizm san’ati. Palmer shu narsani jonidan ardoqlar edi, chunki 
u o‘ylash zaruratidan xalos qilardi. 
U yotoqxona bo‘lmasidagi chiroqni o‘chirdi va eslashga harakat qilib bir daqiqacha eshik oldida 
turib qoldi — bu oqshom boshida u ochiqmidi yo yopiqmidi? Hammasi yashin tezligida sodir bo‘ldi. 
Ular divanda emas, qachon yotoqxona bo‘lmasida paydo bo‘lib qolishganini hatto eslolmasdi ham, 
biroq endi unga go‘yo u yopiqday tuyulmoqda edi. Demak, kel, shundoq bo‘la qolsin. 
U hammomxonaga kirdi va Virjiniya artingan sochiqni ushlab ko‘rdi. Sochiq u qadar ho‘l emasdi. 
Demak, Berns yarim tunda qaytib kelganida, u qurib qolgan bo‘ladi. Lekin bundan tashqari, bu shuni 
bildirardiki, agar sochiq quruq qolgan desa, Palmer cho‘milmay qo‘ya qolishi kerak. U shosha-pisha 
o‘ziga suv sepdi-da, “klineks” yozuvli qog‘oz salfetkalar bilan artindi. Qog‘ozning mayda parchalari 
badaniga yopishib qoldi. U o‘zini shulardan tozaladi-da, tezda kiyindi. 
Shoshish zarurligini his etib u yanada tezroq harakat qilishga majbur bo‘ldi. U bilardi: Berns 
bundan erta qayta olmasdi. Lekin bilib bo‘ladimi... To‘satdan Palmer o‘zini va nimalar qilayotganini 
go‘yo tashqaridan ko‘rdi. Josuslik xizmatining mushohadalardan xalos etuvchi qoidalarga teskari 
o‘laroq bu qiyofa daqiqa sayin yaqqolroq ko‘zga tashlanmoqda edi.  
Faqat endi, unitaz ustida o‘tirib, botinka bog‘ini bog‘lay turib, bugun oqshomgi barcha voqealar 
nechog‘li mo‘‘jizakor ekanini angladi. Josuslikda orttirgan malakasi bir ajoyib kunda unga nafaqat bir 
chaqaga olmaydigan, balki Palmerni shunday qilishga undagan odam bilan noqonuniy visoli 
alomatlarini yashirishga yordam berganini ham angladi. Bu haqda obdon o‘ylab ko‘rganida 
Palmerning ko‘z o‘ngida bu holat o‘zining butun bema’niligi bilan namoyon bo‘ldi. 
Sochiqni tekislar ekan, u umuman urinib-chiranishga arziydimi o‘zi, degan xayol miyasiga keldi. 
So‘ng bu xayolni miyasidan chiqarib tashladi. 
U hammomxonadan chiqib, to‘satdan yana qaytib kirdi. Yuzini burishtirib, u yana bir necha salfetka 
oldi, surma oyna eshikni qunt bilan artdi, sovun surdi va qo‘lidan kelganicha poldagi halqobchalarni 
artib chiqdi. Ho‘l qog‘ozni unitazga tashlab, suvni qo‘yib yubordi. 
“Klineks” salfetkalari. Palmer vannaxonadagi chiroqni o‘chirdi, eshikni yopib qo‘ydi, (Shundaymidi? 
Shunday edi) va mehmonxona bo‘lmasining o‘rtasida, oq gilam ustida bir daqiqacha turib qoldi.  
U shu holda turar ekan, fikrlashdan o‘zini tiyib turolmadi, albatta. 
Shu ishni qilish shartmidi o‘zi? 
Palmer otasining axloqiy qoidalari bo‘yicha o‘zini uchchiga chiqqan ahmoqdek tutayotganini bilib 
turardi. Agar otasiga ta’sir qilganida, bunday hol yuz bermas edi, chunki otasi o‘z xizmatkoriga tanbeh 
bermoqchi bo‘lsa, u buni iloji boricha alayna-oshkor qilar edi. Maxfiy, shaxsiy uchrashuv tayinlash 
haqidagi fikrining o‘zi otamga oliy darajadagi qo‘rqoqlik bo‘lib ko‘rinardi. Biroq keyin Palmer otasining 
hech qachon Mak Bernsga o‘xshagan unga tobe odami bo‘lmaganini o‘yladi. 
Palmerning nigohi kokteyl stolchasida turgan ikki qadahga tushdi. Ulardan birining gardishida 
labbo‘yoqning yoy shaklidagi cho‘g‘dek dog‘i bor edi. U dog‘ni o‘chirib tashlash niyatida stakanga 
cho‘zildi. “Klineks”. “Klineks”. Palmerning qo‘li havoda muallaq qoldi. U Virjiniyaning bu yerda bo‘lish 
(bu haqda Mak Berns biladi-ku!) izlarini yo‘qotishga urinishida vahima alomatini ko‘rdi. Modomiki 
vahima bor ekan, demak uning sababi ham bo‘lishi kerak-ku? 
Palmer o‘tirdi va qo‘liga Virjiniyaning qadahini oldi. U yuragida allaqanday bezovtalik his etdi — 
go‘yo achchiq, suvo‘tlar qoplagan, sariq po‘rtanali xufiya gunoh daryosi tashqariga otilib chiqib, 
yuragini suv bosib bormoqda edi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin