Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
uni shunaqangi qisdiki, Palmer nafas ololmay qoldi. 
— Vudi hali ham uxlagani yo‘q, — dedi qiz bo‘g‘iq ovozda. 
— Top-chi? 
— Uxlayapti. 
— Baxtiyor Jerri esa uyqusirab yuribdi-yu, uxlamayapti. 
— Hecham uyqusiraganim yo‘q-da, — e’tiroz bildirdi Jerri, otasiga qarash uchun orqasiga tisarilib. 
— Galstugingizga nima bo‘ldi? 
Palmer boshini egib qaradi — galstugi bir tomonga og‘ib ketibdi. U to‘g‘nog‘ich qadashni esidan 
chiqargandi. Ko‘ngilsiz bir sezgi bilan u darhol galstuk to‘g‘nog‘ichi Berns uyining allaqaerida qolganini 
esladi. Biroq shu zahoti anglab yetdiki, hatto Berns uni topib olganida ham bu unga hech narsani fosh 
etmaydi: bor-yo‘g‘i bitta to‘g‘nog‘ich-da — tikuv ignasidan biroz uzunroq, mittigina oq dumaloq 
boshchasi bor. Berns uni Palmerda hech qachon ko‘rmagan, chunki uni doim ko‘ylak ichkarisidan 
to‘g‘nab olardi, shunda galstukning qadab qo‘yilgani sezilmaydi. Bunday to‘g‘nog‘ichlar idora 
buyumlari sotiladigan har qanday do‘konda qutilab yotadi. 
— To‘g‘nog‘ich tushib qolgan bo‘lsa kerak, — izoh berdi Palmer. 
— Boshqasini to‘g‘nang-da, jo‘nang. Berkxardtnikida bir soat burun bo‘lishingiz kerak edi, — dedi 
Jerri. 
— Nima? 
— Menga qichqirmang. 
— Ey xudoyim! — Dahlizda turgan toshoynaga o‘zini solish uchun Palmer o‘girildi. Unda yuzidagi 
ifodani anglab bo‘lmas bir ozg‘in odamni ko‘rdi. Kostyumi joyidaligiga e’tibor qildi. Pidjakni uloqtirdi-
da, u yotoqxona bo‘lmasiga otilib kirdi, yo‘l-yo‘lakay galstugi va ko‘ylagini yechdi. 
— Voy dadajon-ey! — yozg‘urdi Jerri uning izidan chopib. — Hech yetib bo‘lmaydi-ya sizga! 
Yangi ko‘ylagini kiyar ekan, Palmer uni yana kimdir kuzatayotgandek his qildi. U qayrilib yotoqxona 
bo‘lmasi eshigiga qaradi va ostonada o‘ychan va sarosima bir holda turgan to‘ng‘ich o‘g‘li Vudini 
ko‘rdi. 
— Dadamning hech bunaqa o‘zlarini urganlarini ko‘rganmisan? — qichqirdi Jerri ukasiga. 
— Dada, — gap qotdi o‘g‘li, — tijorat gazetasi nima degani? 
Palmer qoshini chimirdi. 
— Juda paytini topib gapiradigan ma’sum qobiliyating bor-da, — dedi u tugmani yangi, epaqaga 
kelmagan ilmoqdan o‘tkazishga chiranar ekan. — Balki hafta oxirigacha kutib turarsan? 
— Hm-m? — hayron bo‘lib ovoz chiqarib qo‘ydi Vudi. 
— Avval tushuntirib bering-chi, “ma’sum” nima degani o‘zi? — taklif kiritdi Jerri. 
— Vaqtim yo‘q. — Palmer galstuklar osig‘liq turadigan ilg‘ichga qaradi, biroq shu zahoti 
Berkxardtnikiga kunduzgi galstugimda borganim ma’qul degan xayolga bordi. Bu ancha tabiiy 
ko‘rinadi. Ikkiyoqlama hayotning boshlanishi. 
— Ma’sum, — derdi bu orada Jerri, — gunohlardan xoli degani. 
Palmer qiziga ko‘z tashladi va uning ukasiga qarab turganini ko‘rdi. U galstukni taqdi-da, 
bugunning o‘zida uchinchi marta bog‘layotganini esladi. Qani endi, o‘g‘illarimdan loaqal bittasi shu 
Jerriday aqlli bo‘lsaydi, degan xayol dilidan o‘tdi. Bu ularga juda zarur edi. Qizning o‘ziga bir vaqt 
kelib o‘tkir aqli halaqit berishi ham mumkin. O’g‘illariga uning ziyrakligidan ozgina yuqqanida edi. Bu 
fazilat ham qizida keragidan ortiq darajada kuchli. Kim bilsin, balki bunday xatarli alomatlar haddan 
ortiq bo‘rtib qolmasligi uchun qizi yaxshi tarbiya olib voyaga yetar. Chiroy oldida hammasi kechiriladi. 
Palmer galstugini taqdi, uning ingichka uchini ko‘ylak ostiga tiqdi va yana pidjakni kiydi. 
— Janjal bo‘lmasligi uchun, — dedi u eshikka yo‘nalarkan, — men Jerriga yana yarim soat uxlamay 
turishga ruxsat beraman, seni esa, Vudi, shu yarim soatdan mahrum etaman. Boshqacha aytganda, 
siz ikkovingiz karavotingizga rosa 10.30 da yo‘l olishingiz kerak. Tushundingizmi? 
— Angladim, — dedi javoban Jerri. 
— Men esa yo‘k, — qaysarlik bilan dedi o‘g‘il. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin