Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
bo‘lib, unga o‘n ikkita tilla gardishli g‘azna darchalari ishlangandi. Darchalar ortida g‘aznachilar 
daftarlari ustiga engashib, o‘zlarini ishga jiddiy banddek ko‘rsatishardi. 
Palmerning oyoqlari ostida oq marmar to‘shalgan pol yaltirab turardi. Uch qavatli uy balandligidagi 
shiftdan yog‘ilib turgan zarhal shafaq zalni yoritib yuborgandi. Palmer qoramtir-yashil rangga 
bo‘yalgan shiftga ko‘z yugurtirdi. Billur taqinchoqlar osilib, tilla suvi yugurtirilgan qadimiy qandillar 
go‘yo yarim tun osmonida yulduzlardek porlab turardi. Markaziy darvozaning har ikki tomonida yashil 
charm divanlar qo‘yilgan, ular orasidagi nafis tagliklarda tilloyi kuldonlar yaltirardi. Zalning to‘rida 
ikkita lift yonida kichkinagina, sochlari oppoq, ozg‘in odamcha turardi. Uning kasbiy kiyimi va yoniga 
osgan politsiyachi to‘pponchasining g‘ilofi bo‘lmaganida uni rutbali xizmatchi yoki darbon deyish 
mumkin edi. 
Shiftning balandligi uch qavat uy bo‘yi keladigan hashamatli zalda sukunat hukm surar, elektron 
jihozning mayin chiqillagani eshitilardi. Aftidan, xizmat xonalarida hujjatlarni saralayotgan uskunaning 
ovoziga o‘xshaydi. Palmer bir zum darchalardan kelayotgan tovushga quloq tutdi: zayomlar bo‘yicha 
qarzdorlikni hisoblayotgan bo‘lsa kerak. 
Uning kelganiga hech kim e’tibor bermagandek ko‘rindi: bankka kiraverishda o‘tirgan xizmatchilar, 
darbon va hatto lift yonidagi qorovul ham u tomonga bir bor qayrilib qarashmadi. Tillasi yaltirab 
turgan marmar to‘shama bo‘ylab odimlab borarkan, u poshnalaridan taralayotgan bo‘g‘iq tovushni his 
qilardi, xolos. 
Palmer yaqinlashib kelishi bilan qorovul unga bosh egib sassiz salomlashdi va tugmani bosdi, 
liftning qopqalari ikki yonga surildi. 
— Siz o‘n sakkizinchi qavatga chiqasiz, mister Palmer, — dedi qorovul. 
Palmer bu yerda ko‘rsatilayotgan «tomosha» uchun o‘zicha istehzoli jilmaydi-da, keskin orqaga 
burildi. Uni diqqat bilan kuzatib turgan bank xizmatchilari — ma’murlardan tortib g‘aznachilargacha — 
qotib qolishdi. Ularning noqulay ahvolga tushib qolishganini ko‘rmaslik uchun Palmer shu zahoti yana 
orqaga burildi-da, liftga kirdi va tugmani bosdi. Eshiklar yopildi. U soatiga qarab qo‘ydi. Bir daqiqasi 
kam o‘n bir. Juda soz. 
Lift yuqoriga mayin ko‘tarilib borarkan, Palmer yana bank binosining birinchi qavatidagi tarhini kim 
ishlab chiqqanini o‘yladi. Binoning birinchi qavatidagi zalning g‘oyasi umrini yashab bo‘lgan 
konservatizm qonunlari asosida paydo bo‘lganligi shundoqqina ko‘rinib turardi. Axir, bu cheklangan, 
qari, mijg‘ov, sharobxo‘r sarmoyadorlar o‘z niyatlarida teatr bezaklari naqqoshlari ham amalga 
oshirolmagan narsalarni ko‘ra bilgan va bunyod etgandilar. 
Ana shu keksa yapaloqqushlar erishgan yutuqlar o‘zining kutilmaganligi va takomilligi bilan 
hayratga solardi. Birgina zalning ichki ko‘rinishdagi tilloyi va yashil ranglar uyg‘unligi ham shuni 
tasdiqlab turibdiki, ular rivojlangan dunyoning ko‘pchilik malakatlarida ana shu ikki rang pulni 
bildirishini ham hisobga olganlar. 
Klerklarning1 an’anaviy ehtirossizligi-chi? Palmer hech bir tomoshada aktyorlarning o‘z ro‘llarini 
bunaqa zo‘r o‘ynaganini hali ko‘rmagan edi. Holbuki, ularga hech kim va hech qachon o‘zlarini mana 
shunday tutishlari kerakligini aytgani yo‘q. Ularning o‘zlarini shu tarzda tutishlari asta-sekin an’anaga 
aylandi va avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. 
Palmer shu yerda ishlashi kerakligini sezganidan birdaniga quvonch his etdi. Ammo bu tuyg‘u shu 
lavozimga tayinlanganida his etgan tantana zavqiga sira o‘xshamasdi. Palmer jilmayib qo‘ydi. Lift 
eshigi ochilib, u binoning oxirgi qavatidan tashqari chiqqanida ham uning chehrasidan tabassum 
arimagandi. 
Yo‘lakdagi kattakon stol yonida o‘tirgan qiz paypog‘ini to‘g‘rilash uchun engashdi. Palmer nigohi 
bilan uning oyoqlari bo‘ylab bir suzib o‘tdi-da, ko‘zini chetga oldi. Biroq atrofida diqqatga sazovor 
biror narsa uchratmagach, orqasidagi lift eshigi yopilishi bilan yana qizga qaradi. 
Savol alomati bilan unga qaragan qiz so‘radi: 
— Mister Palmermi? 
U tasdiqlab bosh irg‘adi. Qiz shoshilib o‘rnidan turdi-da, yo‘lak bo‘ylab yurarkan, orqasidan yurishini 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin