Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
161
tuyulib ketdi. Mana, nechanchi martaki, o‘yladi Palmer, qiziq, nima uchundir Berkxardt har doim 
charaqlagan quyosh va qattiq shamolga betkay turib yurib kelayotgan odamni eslatardi.  
— Boshla, Vudi. 1.30 da men shaharda bo‘lishim kerak. 
— Jadvalingiz shunaqa tig‘iz paytda sizni bu yerga sudrab kelganim uchun uzr so‘rayman. 
— Qo‘yaver. Nimani ham yashirardik. Gapir. 
Palmer endi uchinchi stakan viskini mayda-mayda ho‘plardi. 
— Oldin aytganimday, bunda hech qanaqa sir-asror yo‘q deb o‘ylayman, — tushuntirdi u. — Faqat 
miyamga kelib qoldi-da, biz har doim bir xil restoranlarda ovqatlanib o‘rganganmiz va... — U yelka 
qisib qo‘ydi. — Men sizga o‘zimning notiqlik safarim istiqboli haqida gapirib bermoqchi edim. Men uni 
Mak Berns istiqboli degim keladi. 
— U bilan munosabatlaringiz qanday? 
— Zo‘r. 
— Xursandman. — Berkxardt ovqatga og‘zini to‘ldirib gapirardi. — Bu mitti yunon bilan birga ishlab 
keta olish uchun sening muomala qilish qobiliyating borligini bilardim. 
Palmer bir bo‘lak go‘shtni indamay chaynab yedi. So‘ng: 
Livanlik bilan, — dedi. — Madomiki, siz uni shunday deb o‘ylar ekansiz, jin ursin, siz uni nega 
yolladingiz? 
— Majburlikdan. U demokratlarga kalit. 
— Demokratlar butunlay omonat banklari tarafdorlari va bizlarga qarshi-ku. Ularga hech qanday 
kalit to‘g‘ri kelmaydi. 
Berkxardt boshini chayqadi-da, yaxshi chaynalmagan luqmani yutib yubordi. 
— Ishonmayman bunga. Shunday bo‘lganida Jo Lumis Bernsni o‘zi yollashga harakat qilmasdi. 
— Bu qachon bo‘lgan edi? 
Berkxardt qo‘lini keng yoyib siltadi: 
— Mish-mishlar qulog‘imga o‘tgan bahorda chalingandi. Jo Bernsni omonat banklari uchun 
yollamoqchi edi. Agar demokratlar shunchalik yakdil bo‘lsalar, ularning jipslashuvlari uchun shuncha 
pulni isrof qilishning nima hojati bor edi? Bundan tashqari, Berns bizning reklama agentligimizda 
jamoatchilik bilan munosabatlar bo‘yicha bo‘limni boshqaradi. Bundan ham aniqroq nima bo‘lishi 
mumkin? 
— Lumis Bernsni yollamoqchi bo‘lgan deb kim aytdi sizga? 
— Ahamiyati yo‘q. — Berkxardt yana bir bo‘lak go‘sht kesib og‘ziga soldi-da, chaynay boshladi. — 
Jin ursin, buni o‘zing ham bilib olaversang bo‘ladi. Archi Nikos o‘shanga shama qilgandi. 
Palmer oldinga engashdi-da, o‘z boshlig‘iga yanada tikilibroq qaray boshladi. 
— Nikos shunaqa axborotlarning ishonchli manbasi ekanmi? 
— E xudoyim-ey, bo‘lmasa-chi. Xuddi Gibralarday ishonchli. 
— U Lumisga sizga yaqin bo‘lganday yaqinmi? 
— Men faqat bir narsani nazarda tutayapman, — uqdirib dedi Berkxardt. — U biron narsani xabar 
qilganida, bu g‘oyatda aniq bo‘ladi. — Berkxardt chaynashdan to‘xtadi. — Senga nima bo‘ldi, Vudi? 
— Shunchaki qiziqish. 
— Ko‘nglingda boshqa gap borga o‘xshayapti. — Berkxardt asta bosh chayqab qo‘ydi. — Xalqaro 
bank ishlari bilan shug‘ullanuvchi bu arboblar taklif uchun faqat bittagina dastakni topib olishgan: 
kafolat. Agar ular YuBTKday katta banklarning qulog‘iga lag‘mon ila boshlasalar, o‘zlarining 
navbatdagi bank ishlari uchun pulni qaerdan oladilar? 
— Boshqa banklar ham bor. Sug‘urta kompaniyalari ham bor, xayriya jamg‘armalari ham bor. 
Mamlakatda oqilona foydalanishni kutib yotgan pullar to‘lib-toshib yotibdi. 
— Vudi, qachon esing kiradi? Agar o‘zining asosiy pul manbalariga pand berib ketganida, Archi 
Nikosni shuncha uzoq saqlab turgan bo‘larmidi? Nima bo‘lganda ham, jin ursin, sen nimaga shama 
qilayapsan o‘zi? 
— Men sizga aytdim. Oddiy qiziquvchanlik. Nima uchun Bernsni yollaganingizga qiziqayotuvdim-da. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin