Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
Kalxeyn asta jilmayib, qornini ichiga tortganicha, daroz qaddini rostladi. 
— Mak aytdiki, siz uni tushib qolgan og‘ir ahvoldan chiqarib olar ekansiz. Bu ham oyoqdan 
oladigan ish. 
Palmer qadahlarni ko‘targanicha, odamlar orasidan asta-sekin Edis tomonga surila boshladi. 
— ... faqat keyingi oyda tamom bo‘ladi, qulog‘igacha qarzga botgan. Ijaraga berishdan oldin 
anchagina qismini naqd to‘lashga to‘g‘ri keladi. 
— Hozir ijara bahosi qancha? U shunaqanggi qiyin ahvoldaki, men... 
— “T-Berd” havoni tozalovchi moslama va shinam bari bilan. Men dedimki... 
— aktsiyalarni to‘rt yarimdan maydalatibdi... 
—... ahmoq, g‘irt ahmoq... 
— Ma, ol azizam, — Palmer qadahdagi vinoni Edisga uzatdi. — Berkxardt xonim qani? 
— Shu atrofda. Men... bilan shunday maza qilib suhbatlashdimki. 
— ... qirq uchta kredit bileti, ulardan birortasi ham bo‘lmaydi... 
— Unday bo‘lsa, men vinosini ichib qo‘yaman, — dedi Palmer. 
— Viskidan keyin-a? 
— Bu bugungi oqshomda men ichadigan oxirgi ichimlik bo‘ladi, — ta’kidladi Palmer. 
— Nima bo‘lganda ham bu seni oxirgi marta barning oldiga borib, qaytishing bo‘ladi. Ilgari hech 
shunchalik tala-to‘p bo‘lganini ko‘rganmisan? Bu odamlar... 
Kimdir kattakon nog‘oraga urilib ketdi. Urib chalinadigan lappaklar jarangladi. Musiqachilar o‘tirgan 
joydan dahshatli gumburlash eshitildi. Hamma birdan musiqachilar tomonga o‘girildi. Zalga to‘liq 
jimlik cho‘kdi. Ayni shu paytda eshik tomonda harakat boshlandi. Palmer o‘sha yoqqa qarab, zalga 
kirib kelayotgan Mak Bernsga ko‘zi tushdi. Uning yonida qizil ipak ko‘ylak kiygan Virjiniya Kleri kelardi. 
U Makni qo‘ltiqlab olgandi.  
— Nimani nazarda tutganingni tushuna olmayapman, — dedi Edis shivirlab. — O’z vaqtida kelish. 
Uning yonidagi pakana kim? 
— Pakana? 
— Boshqa tuzukroq nom topa olmadim. U o‘zidan pastroq bo‘lgani uchun uni olganmi? 
— U mening reklama bo‘limidagi xodim. 
— Haligi... sening nutqlaringni yozadigan... 
— Odatda yozardi. 
— Shunaqalar ham bankda ishlasa... — Edis yangi kelayotganlar kelin va uning akasi bilan qanday 
so‘rashayotganiga qarab turdi. — Zamon o‘zgaryapti. 
— Shunda u bunaqa qiyofada bo‘lmaydi, — izoh berdi Palmer. 
— Anavi Kler xonimmi? — so‘radi Edis. 
Berns bilan Virjiniya ularni ko‘rmagan bo‘lishsa ham Palmer turgan tomonga surilib kelishardi. 
— Kleri. Virjiniya Kleri. Ilgari “Tayms” bilan “Star”da ishlagan. 
— Ikkovidayam-a? Nahot shunday yoshgina ayol... — Edis jim qoldi. — Darvoqe, u unchalik yosh 
emas, to‘g‘rimi? 
— Kechirasan, nima deding? 
— Uzoqdan u judayam yosh ko‘ringandi. 
— Bilmadim. 
— Qirq yoshdan oshgan, — dedi Edis. — Chamasi, u biz tomonga kelyapti. 
— Berns bilan apoq-chapoq bo‘laverma, men u bilan achchiqlashib qolganman. 
— Kleri xonimga qanday munosabatdasan? 
— O’ziga hamroh tanlashini qiziqish bilan kuzatib boraman. 
— U xohlaganini tanlab olavermaydimi? 
— U aynan Bernsni tanlagani sal g‘alatiroq. 
— Balki don olishib yurishishar? — ular yaqinlashgan sayin gumonlarini tinmay aytar edi Edis. 
— Xudoyim-ey, aloqalari yo‘q! — xitob qildi Palmer. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin