www.ziyouz.com kutubxonasi
254
suhbatlashayotganini ko‘rdi.
— Umid qilamanki, judayam ichkilaring kelmayotgandir, — dedi Palmer. — Mak yana to‘xtab qoldi.
— Sen uni tutib kela qolmaysanmi? Biz seni kutib turamiz.
— Men...
— Boraqol, azizim. Biz Kleri xonim bilan suhbatlashish uchun mavzu topa olamiz.
— Uning bir necha daqiqadan keyin qaytishiga ishonaman...
— Qara, uni endi senator gapga solayapti, — ayol uning qo‘liga bo‘sh qadahini tutqazdi. — Biz yo
shu yerda bo‘lamiz yoki... — u atrofiga nazar tashladi. — Yoki birinchi stolning yonida bo‘lamiz.
Palmer Virjiniyaning ko‘zlariga qaradi va unda qandaydir alohida ma’no angladi.
— Men hoziroq qaytaman. — u qornida ko‘nglini ag‘darar darajada og‘riq sezib, nari ketdi.
U Bernsni bar yonida, Vik Kalxeyn bilan qizg‘in suhbatlashayotgan joydan topdi.
— Mak, — Palmer unga murojaat qildi, — katta rahmat!
Berns ung sekingina, surbetlarcha jilmayib, o‘girildi.
— Vudi, bolaginam, jin ursin ular nima haqda gaplashisharkin? Xotinning o‘ta sezgir-a, shunday
emasmi?
Palmer uch qadah shampan vinosi buyurdi.
— Virjiniyani birga kelishga qanday ko‘ndirding?
— Shaxsan yoqimtoyligim bilan, sen uchun bu ishda balogardon bo‘layotganimni unutmagin.
Palmerning o‘zi vino va qadahlarni olmoqchi bo‘ldi-yu, biroz o‘ylab, bufetchiga buyurdi:
— Manavi qadahlar va shampanli shishani ofitsiantingiz o‘ng tomondagi birinchi stolchaga olib
borsin. — U Bernsga yana bir qarab, nari ketdi.
Zalda odamlar shunchalik ko‘p ediki, ayrimlar bo‘sh joy topish ilinjida eshik yonida tik turishardi.
Palmer ularning orasida sabr-toqat bilan kutib turgan ikkita erkakni — qaysidir kichikroq davlatning
Birlashgan millatlardagi vakilini tanib qoldi. U ushbu olomon orasidan amallab ular tomon yo‘l ochib
bora boshladi...
— Erim bilan ishlash qiyin emasmi? — kutilmaganda so‘radi Edis.
— Endi... men unday demasdim...
— Siz u haqda nima deya olasiz?
Virjiniya indamadi.
— Unga bo‘ysunuvchi xodim va rahbarining xotini bilan suhbatlashayotgan ayol sifatida u haqda...
menimcha, hech narsa demasdim...
— O, — Edis yoqimli jilmaydi va o‘girilib, Palmerni ko‘rdi. — Ana, uning o‘zi ham. Lekin vinosiz.
Nima bo‘ldi, azizim?
— Vino keltirishni ofitsiantga topshirgandim.
U kichkinagina javohirlar bilan bezatilgan soatchasiga qaradi.
— U ulgurmaydi. Soat o‘n bo‘ldi.
— Umumun, men ketmoqchiman, — Edis Palmerga qaradi. — Menimcha, sen qolishing kerak.
— Shunday shekilli.
— Yaxshi, — Edis o‘rnidan turdi.
— Mashinagacha kuzatib qo‘yaman, — Palmer uning qo‘lidan ushladi. — Bu tiqilinchda menga
yaqinroq yur.
— Ko‘rishguncha, Kleri xonim, siz bilan tanishganimdan o‘ta xursandman.
— Rahmat, Palmer xonim. Men ham juda xursandman.
Edis unga bir lahza tikilib qoldi.
— Menimcha, — xayolchanlik bilan dedi u, — ikkovlaring ham juda yaxshi o‘ynadilaring...