Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
zalning narigi chekkasida, bufetning yonida qizil ko‘ylakni ko‘rdi. 
U notanish erkak bilan suhbatlashib turgan Virjiniya tomonga yo‘l oldi. Suhbatdoshlar stol atrofida 
aylanib, likoplarini turli taomlar bilan to‘ldirgancha, chamasi, jiddiy bir narsa haqida gaplashishardi. 
Palmer yelkasiga turtgach, Virjiniya unga o‘girildi. 
— Janob P...! — uning ovozida biroz keskinlik bor edi. — Men siz uyingizga ketdingiz deb 
o‘ylabman. — Sid Beron — jamg‘arma banklarining jamoatchilik bilan aloqasi bo‘yicha daho bilan 
tanishing. 
Palmer erkakning qulini qisdi: 
— Bugun xalq kuyi chalinmoqda, Kleri xonim. Sizni taklif etishga ruxsat bering. 
Virjiniya chala to‘ldirilgan likopchani biroz yuqori ko‘tardi. 
— Umuman men... ovqatlanmoqchi edim... 
Palmer uning qo‘lidan likopchani olib, stolga qo‘ydi va Virjiniyani raqs maydoniga yetakladi. Ular bir 
maromdagi, vazmin kuy ohangiga moslab, aylana boshladilar. 
— U senga nima dedi? 
Virjiniya bosh chayqadi: 
— Arziydigan gaplar emas, — u Palmerning ko‘zlariga sinchkov tikildi. — Mazang bo‘lmayaptimi? 
— Seningcha, o‘zimni yaxshi his qilishim kerakmi? 
— Ha. Gaping to‘g‘ri. 
— Buning ustiga, yarim kechada Berns bilan uchrashib, unga o‘z qarorimni bildirishim kerak. U esa 
menga qandaydir yo‘l-yo‘riqlar bermoqchi. 
— U seni rozi bo‘ladi deb taxmin qilayaptimi? 
— Eng yomon ishni qilishi uchun unga imkoniyat berdim deb o‘ylayman, — Palmer bu gaplarni 
ayolning qulog‘iga aytish uchun uni o‘ziga tortdi. — Men hamma narsadan: ishdan bo‘shab, oilamdan 
ajralganimdan keyin, boshqa biror joyda ko‘ngildagidek yashashimga yetadigan pul bilan 
qolganimdan so‘ng qanday bo‘lishimni tasavvur qilib ko‘rdim. 
— Birorta serquyosh oroldami? 
— Shunga o‘xshashroq, — tan oldi u. — Sen bilan birga. 
— Ajoyib g‘oya. Ishonchsiz, amalga oshmaydigan... 
— Ko‘pchilik ajoyib g‘oyalar hamisha ana shunday bo‘ladi. — Ular bir qancha vaqt musiqaga 
moslab jimgina aylandilar. — Nega shunday? — Nihoyat so‘radi Palmer. — Nega bu g‘oya ishonchsiz? 
— Uzoq tushuntirishga vaqt sarflamasdan, lo‘nda qilib aytib qo‘ya qolay: chunki sen hech qachon 
bunday qila olmaysan... 
Musiqa ovozi tindi. Ular raqs maydoni o‘rtasida harakatsiz turib qoldilar. Orkestr yana kuy boshladi. 
Palmer bu musiqaga qachondir Virjiniya bilan raqs tushganini esladi. 
— Esingdami? 
— Jim bo‘l, — o‘ynayotgan Virjiniya uning pinjiga tiqildi. — Vuds, nihoyat u gap boshladi. — Sen 
Berkxardtning o‘rniga o‘tsang, nimasi yomon? Sen, axir, eng yuqori malakaga egasan-ku? Bu sen 
YuBTK uchun amalga oshirmoqchi bo‘lib yurgan rejalaringni bajarish uchun imkoniyat emasmi? 
— “Men bilan bo‘l va sirayam qo‘rqma”, — Palmer takrorladi. U biroz chayqalib ketdi va oyoqlari 
o‘ziga unchalik bo‘ysunmayotganini payqadi. 
— Vuds! 
Ayol to‘xtadi. Palmer jim bo‘ldi. 
— Davom etaver, — dedi Palmer hissiz ovozda. 
— Shaxsan men uchun hech narsa yo‘q, azizam, — u Bernsga taqlid qilib, jilmaydi. Yo shaxsiy 
biror narsa bormi? 
Virjiniya o‘girilib, raqs maydonidan chiqib ketdi. 
 
 
Ellik yettinchi bob 
 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin