Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   297
bankir lesli uoller

 
 
Liftda odam xizmat qilmasdi, lekin u shu darajada mexanizatsiyalashgan ediki, unda ko‘tarilish 
jarayonini «o‘z-o‘ziga xizmat» deyish adolatdan bo‘lmasdi. Berkxardtning qo‘li «yuqoriga» degan 
yozuv ostdagi tugmachaga tegib, ko‘rsatkich taxtadagi yashil doira yongach, lift eshigi ochildi. Palmer 
sherigi orqasidan liftga kirdi. Eshiklar yopildi, lift xonasining devorlari metalldan to‘qilganga o‘xshardi. 
Palmer beixtiyor yoqimsiz tuyg‘uni his etdi: agar lift xonasi tepaga ko‘tarilish o‘rniga pastga, sho‘r 
suvli dengiz oqimiga tushib ketsa bormi, o‘yladi u, unda suv darhol metall xonaning qarama-qarshi 
zaryadli qismlari bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, kuchli elektr zarbasi ularni xona bilan birga 
chilparchin qilgan bo‘lardi. 
U ko‘rib turibdi: Berkxardt uzun va yo‘g‘on ko‘rsatkich barmog‘i bilan boshqa tugmani bosdi. 
Plastmassali bu tugmada «Yuq» — «Yuqori qavatga» degan yozuv bor edi. Tugma yashil bo‘lib yondi. 
Ko‘rsatkich taxta tagidan plastmassa panjaradan mexanik ovoz eshitilib, odam ovoziga o‘xshagan 
tovushda: «Lift yuqorigi qavatda...(jimlik)... to‘xtadi» deb xabar qildi. 
Berkxardt Palmerga qaradi, yovuzona tirjayib: 
— Buni biz «qishloqilar uchun tuzoq» deb ataymiz, — dedi. 
Palmer hech nima demadi, qo‘lini cho‘zib liftdagi «12» raqamini bosdi. Dinamik radio to‘rida 
nimadir ikki bor «chirq-chirq» etdi-da, yana mexanik ovoz eshitildi: «Lift o‘n ikkinchi 
qavatda...(jimlik)... to‘xtadi.» Palmer  «bekor qilish» tugmasini bosdi. Haligi ovoz: «Lift yuqorigi 
qavatda...(jimlik)... to‘xtadi» — dedi. 
Palmer nafasini rostladi va chetroqqa turib, Berkxardtga murojaat qilib, dedi: 
— Shuncha o‘ynading, yetar, bas qil. 
Eshiklar yana ochilgach, qandaydir soniyada har tomondan bostirib kirgan yorug‘lik ko‘zlarni 
qamashtirib yubordi. Lift xonasidan chiqarkan, Palmer ko‘zlarini bir yumib oldi-da, so‘ng yuqori 
qavatning baland shiftiga maroq bilan nigoh soldi. Shift alyuminiy qoplamali to‘rtburchak jilosiz va 
shaffof oynalar bilan qoplangan edi. 
Keyin ular har tomondan nur tushib turgan, gilam to‘shalgan yo‘lak bo‘ylab yurishdi. Yo‘lakning 
oppoq devorlarini zamonaviy rassomlar asarlari bezab turardi. Yo‘lak oxirida kichik siymo ko‘zga 
tashlanardi. Siymoga yaqinlashgan sari u kattalashib bordi va ular ko‘z o‘ngida yigirma sakkiz 
yoshlardagi mallasoch bashang  ayol qad rostladi. Bo‘yi boshliqning bo‘yidan qolishmasdi. Xonim har 
ikkalasi bilan salomlasharkan, maftunkorona tabassum qilib: «Xayrli tong» dedi-da, navbatdagi 
eshikka qarab yurdi. Anodlangan alyuminiy qoplangan bu eshik dastasi oppoqligi bilan ajralib turardi. 
Eshikni ochgan ayol ularni oldinga o‘tkazib yubordi. Palmerning dimog‘iga qimmatbaho atirning hidi 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin