Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
273
uchrashuvimiz tansiq file minonga arziydi. Nima dedingiz, doktor? 
— Albatta. Ajoyib. 
— Chamasi, biz til topishyapmiz, Vudi, — dedi, keyin Gaussga qarab so‘radi: — Tezroq boshlay 
olasizmi?  
Bu paytda restoran zaliga odam to‘lib ketgandi. Ertaroq kelganlar ketib, ular o‘rnini boshqa dallollar 
va bankirlar egalladi. Eddi Xeygen va Jet-Texning ilmiy ishlari rahbari birga o‘tirib uzoq 
suhbatlashgani va ovqatlangani haqidagi gap Uoll-stritda shov-shuv bo‘ladi. Endi do‘stona qo‘l qisishib 
xayrlashayotganlarini hammaga namoyish etib, pardani yopish vaqti keldi. 
Palmer soatiga ko‘z tashlab, xitob qildi: — Jin ursin, general, men bu odamga o‘n besh daqiqadan 
keyin vertolyot bekatiga qo‘yib kelaman deb va’da bergandim. Iloji bo‘larmikan? 
Xeygen jilmayib, o‘rnidan turdi. U ataylab qulochini shunday keng yozdiki, Palmer hatto qo‘rqib 
ketdi. 
— Doktor, — dedi Xeygen qo‘lini nemisga uzatib, — Meni narxi qiziqtirmaydi. Biroq  birinchi bo‘lib 
qiladigan ishingiz gravitatsiyaga qarshi anavi narsangizni qurish. Men uni ko‘rishim kerak.    
— Albatta ko‘rasiz, — va’da berdi Gauss yashnab. 
— O’shanda bitim tuzamizmi? 
— O, albatta! – Gauss deyarli qichqirib yubordi. – Albatta! 
— Yana bir marta xayr, doktor, — baland ovozda xayrlashdi Xeygen Gauss bilan, — Siz bilan 
suhbatlashib, maza qildim. 
Bu gal Gauss poshpalarini taqillatib, harbiychasiga chest berdi. Palmer “pochasi uzun bo‘lmaganda 
poshnasining taqillashi olamni buzardi” deb o‘yladi. 
Ular liftda yana jimgina pastga tushdilar. 
— Menga qarang, — Gauss lablarini yalaganicha, jim qoldi. Uning ko‘zlari nam edi. – General 
ikkimiz haqiqatan ham bitim tuzdikmi? 
— Uning qo‘l qisishi shartnoma kabi majburiyat kasb etadi. Bundan tashqari, generalning fe’lini 
yaxshi bilaman, ertaga, pochta orqali shartnomaning bir nusxasini olasiz. 
Gauss bir zumda yashnab ketdi. Keyin yana telbavash qiyofaga kirdi.  
— Men bu haqda Jet-Texga xabar qilishim kerak, — g‘o‘ldiradi u. 
— Bu masala sizni juda hayajonlantirayotgan bo‘lsa, o‘zingizga tegishli shartnoma nusxasiga imzo 
chekib, generalga jo‘natib yuboring. Bir-ikki kundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazilib, imzolangan nusxani 
sizga qaytarib yuboradi. Hammasi qonuniy va rasmiy bo‘ladi. Shundan keyin Jet-Texga ma’lum 
qilasiz. 
— Ha – a, — Gauss xotirjam bo‘ldi. U ishchan qiyofada osmonga qaradi, keyin o‘girilib, bir necha 
muddat ufqqa ko‘z tikdi. So‘ng qovog‘ini uyib: — Tartibsizlik, — dedi. – Hech qanaqa majburiyat 
tuyg‘usi yo‘q. 
Palmer yelkasini qisdi: 
— Ozgina Nyu-Yorkcha maftunkorlik bor, xolos. 
— Men uchun yo‘q, — Gauss qaddini rostladi va jiddiy qiyofada daryo tomon bir necha qadam 
tashladi.  
— Siz haqsiz, — ma’qulladi Palmer. 
Gauss o‘girilib, yana ufqqa qaradi. Bosh chayqab: — Tushunmayman, odamlar bu yerda qanday 
yashar ekanlar, — deb qo‘ydi. Baland to‘lqin uning ortidan kelib, devorga urildi. Minglab suv 
zarrachalari Gaussning botinkalarini xo‘l qildi va suv bilan birga chiqqan turli qog‘oz parchalarini 
yopishtirdi. Gauss qo‘llarini cho‘zib: 
— Juda maza qildim, — deb qo‘ydi. 
Palmer uning qo‘lini qisdi: 
— Omad tilayman. 
Har kim o‘z baxtini o‘zi yaratadi, — dedi va burilib, vertolyotga chiqib ketdi... 
 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin