Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
 
Oltmish ikkinchi bob 
 
Ikkidan o‘ttiz daqiqa o‘tganda Palmer Beshinchi avenyudagi ishxonasiga kirdi. U kattakon xona 
oxiridagi stol yoniga o‘tirib qo‘liga telefon go‘shagini olgan chog‘idagina stol ustidagi bir dasta 
qog‘ozga ko‘zi tushdi. Bugun ertalab, soat sakkizu ellik beshdan boshlab har soatda Berkxardt 
qo‘ng‘iroq qilibdi. Bir gal soat o‘n birda Jeynning eri Tim, o‘ndan keyin Edis, soat o‘n ikki-yu, o‘n 
beshda esa chamasi Palmerning kimlar bilan ovqatlanayotganini ko‘rgan “Star” hodimi Jorj Mollet 
yo‘qlabdi. Soat birda besh daqiqalik oraliq muddat bilan Bernsning qo‘ng‘irog‘i ro‘yxatga olinibdi. Shu 
daqiqada esa Palmerning shaxsiy dalloli qo‘ng‘iroq qila boshlabdi.  
Palmer shahar bilan bog‘lovchi telefon tugmachasini bosdi. Dallolning telefoni raqamini terdi. Va 
shu yo‘l bilan o‘rtadagi suhbatni yashirincha eshitib, bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi.  
— Pit, bu menman, — dedi Palmer.  
Ayni muddao,  — bo‘g‘iq ovozda javob berdi dallol. – O’ttiz to‘qqiz. 
— Ya’ni olti band pastga, seningcha, kuning oxirida nima bo‘ladi? 
— Katta faollik bo‘lmaydi. Yirik paketlardan birontasi hozirgacha sotuvga qo‘yilgani yo‘q.  
— Asos mustahkam bo‘lmaguncha qo‘yilmaydi ham, — oldindan sezdi Palmer. – Balki ertaga
peshingacha o‘zgarish bo‘lar. 
— Yopilishiga bir necha band ko‘tarilsa, hayron qolmasdim. 
— Birja chayqovchilarimi?  
— Ha. Past holicha tutib turishi uchun kuchli bosim bo‘lishi zarur.  
— Bosim berildi, — dedi Palmer.  
— Qachon?  
— Bir soatcha oldin.  
— Birjada biror alomati sezilgan yo‘q.  
— Yangilik hozircha Strit bo‘yicha tarqalagani yo‘q, ammo tezda ko‘rasan.  
— Bu nima o‘zi? — so‘radi dallol. 
— Yaxshisi, men jim turay. Sen gapir.  
— Chamasi, jadal yurish qildikmi? 
— Eshitganingdan keyin menga ham ma’lum qil, — dedi Palmer. — Aktsiyalarning yirik paketlari 
sotuvga chiqsa, shu zahoti menga habar ber.  
— Nima deb o‘ylaysan, ular yana qancha pasayishi mumkin, Vudi?  
— Nima, men dallolmanmi? 
— Ha! — U tomondagi odam jim bo‘ldi.  
Palmer jilmayib o‘tirardi. Keyin “Berkxardt” degan tugmachani bosdi va kuta boshladi. Bir necha 
soniya o‘tib, unda yashil chiroq yondi.  
— Eshitaman? 
— Leyn, menga qo‘ng‘iroq qildingizmi?  
— Kim? Senmi, la’nati ahmoq! Jin urgur, qayda daydib yurganding!  
— Ishbilarmonlar dahasida. U yerda men sal bo‘lmasa  sizni bosib olay dedim.  
— Ish bilarmonlar dahasida bo‘lganingni bilaman. Seni ovqatlanib o‘tirganingni ko‘rgan to‘rtta 
odam menga qo‘ng‘iroq qildi. Jin urgur, sen u yerda nega o‘ralashib yuribsan?  
— Hech narsa. Menga yordam zarur edi.  
— Tingla, mishiqi surbet, men savol berayotganimda, men... 
— Qo‘lingizdan biron ish keladi, deb o‘ylaganimda, sizga murojaat qilgan bo‘lardim. — Palmer 
gapini shartta kesdi. — To‘g‘risini aytsam, sizga ishonmayman, chunki hamma narsani barbod 
qilishingiz mumkin. Siz sabrsiz odamsiz. 
— Nima deyayotganingni anglayapsanmi? 
Tashqi aloqa tugmachasining yashil chirog‘i yondi, interkom ohista guvulladi. Yorug‘lik lipillab bir 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin