Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
maromda yonib o‘cha boshladi.  
— Menga yana kimdir qo‘ng‘iroq qilyapti, — muloyimlik bilan dedi Palmer.  
— Tupurdim.  
— Aytdim-ku, o‘zingizni tutishni bilmaysiz deb, — gapini bo‘ldi Palmer. — Bu hali yumshatib 
aytganim. Tinchlaning! Hammasi tugagach, men sizni uyg‘otaman. 
— Palmer sen kichkina... 
— Leyn, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman. — Palmer Berkxardt bilan gapni to‘xtatib, boshqa 
tugmachani bosdi. — Eshitaman? 
— Janob Mollet, ser.   
—Ulang. Jorj? 
— Mendan qochib yuribsizmi?  — so‘radi Mollet. 
— Hozirgina kirdim. Boshlig‘im qulog‘imni tom bitirdi. 
— Tushlik qanday o‘tdi?  
— Zo‘r, — javob berdi Palmer. – Sizlarniki-chi? 
— Judayam zo‘r. Qulog‘ingiz qizidimi? 
— Qizishi kerakmidi? 
— Aytingchi, bu eski safdosh qadrdonlarning oddiy uchrashuvimidi? 
— Qandaydir ma’noda – ha. 
— Nima? Gauss Xeygen uchun ishlamoqchimi? 
Yaxshisi, birortasidan so‘rganingiz ma’qul. 
— So‘radim. Xeygen javob bermayapti. Gauss shaharda yo‘q. 
— Shu ishga aloqador davlat departamentidan bilib ola qolmaysizmi? 
— Masalan, aynan kimdan? – so‘radi reportyor. 
— Janob Karvi degani bor. Tim Karvi. U biror narsa bilishi mumkin. 
— Matbuot uchunmi? – so‘radi Mollet. – U hech narsani aytmaydi, shunday emasmi? 
— Holi-jonimga qo‘ymasdan so‘rayverasiz... 
— Eng osoni – sizni bezovta qilish. 
— Agar Timdan ma’lumot olsangiz, men barcha norasmiy narsalarni aytib beraman, — va’da berdi 
Palmer. – Shunda siz Xeygenga, Lumis va Gaussga qanaqa savollar berishni bilasiz. 
Boshqacha qilib aytganda, siz Karvi bezovta bo‘lishini xohlaysiz. Va buni boshqalarning qo‘li 
bilan amalga oshirmoqchisiz. 
— Odatda “Star”ning muxbiri bundan boshqa savolni bilmaydi. 
— Hozir hammasini tugataman, — javob berdi Mollet. 
— Yaxshi. Ko‘rishguncha. 
Palmer yana shahar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa tugmachasini bosdi va Mak Berns telefoni 
raqamini terdi. Endi soat ikkidan qirq besh daqiqa o‘tgandi. 
— Azizim, nima uchun tomirlaringda Livan qoni oqayotganini menga aytmading? 
Berns to‘ng‘illadi: 
— Birjaning yopilishini kutib o‘tirolmadim. Hammasi boshlanganda gap nimadaligini darhol 
fahmladim. Men faqat bunga qanday erishganingni bilmoqchi edim. 
— Nimaga erishibman? 
—  Aqldan ozish mumkin. Eshit, men senga dastyordan bir narsa yubordim. Har daqiqada u 
oldinga borib qolishi mumkin. 
—   Nima o‘zi? 
—  Magnitofon tasmasi. U endi seniki. 
— Minnatdorman, Mak. 
—  Men esa hayratdaman. Menga hamma tomondan qo‘ng‘iroq qilishmoqda, azizim. Bugun 
oqshomda senga qo‘ng‘iroq qilishimga ruxsat ber. Yaxshisi, kel, birga ovqatlanamiz. 
—  Mak, agar sodiqligingga asos bo‘ladigan narsani o‘zgartirmoqchi bo‘lsang, yaxshisi vaqtingni 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin