Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
yo‘qotma. Men haliyam OAP man. 
—  Meni laqillataman deb o‘ylama, azizginam. Shunday aqling bilan, a? 
—  Aqlim qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Ovqatlanish masalasida biror narsa deyolmayman. 
Soat beshlar atrofida qo‘ng‘iroq qil. 
—  Ajoyib. Shoshilish kerak. Hozircha. 
Palmer go‘shakni qo‘yib, tugmacha rangi o‘zgarishini kuzatib turdi. Berns birinchi qo‘ng‘iroq qilgan 
vaqtga qaraganda u hali “klub”dagi uchrashuvni bilmaganini angladi. Berns Jet-Texning aktsiyalari 
narxi kutilmaganda tushib ketayotganidan xavotirga tushgan, deb o‘yladi Palmer. U, chamasi, hali 
Gauss haqida eshitmagan.  
Yana interkom guvulladi. 
— Eshitaman? 
— Hozirgina tuguncha keltirishdi, janob. 
— Marhamat qilib, olib kiring. Palmer Virjiniya Klerining kabineti bilan bog‘lovchi telefon tugmasini 
bosdi.  
— Shu yaqin-orada magnitofon bormi? – gapni lo‘nda qildi Palmer.— Men... Menimcha, bor. 
— Ayting, menga olib kelishsin. O’zingiz ham keling. 
— Xonangizdamisiz? 
— Iloji boricha tezroq, iltimos. 
Soat uchdan o‘n daqiqa o‘tganda Palmer Berns yuborgan kassetani magnitofonga qo‘ydi. U va 
Virjiniya tasmaning aylanishiga qarab turishardi. Dinamikdan sekingina shitirlash eshitildi. 
Ovozini balandlat, — taklif qildi Virjiniya. 
Ko‘p o‘tmay ular tasmadan o‘z ovozlarini eshita boshladilar. Palmer tinglab turib, birdaniga 
qovog‘ini soldi. Tasmani aylantirayotgan muruvvatni to‘xtatib, tasmaga diqqat bilan tikilib qoldi. Bir 
necha daqiqa o‘tib, tasma asosiy g‘altakka o‘raldi. 
— Qiziq, — dedi Palmer. – Birorta ulangan joyi yo‘q. 
— Bo‘lishi kerakmidi? 
— Haqiqatan ham tasmaga bir necha kecha-kunduzlik gap-so‘zlar yozilgan. Bernsning xonasidagi 
magnitofon tasmasining eni yetti santimertli edi. Bu esa 17 santimertli. Demak, bu uch-to‘rtta kichik 
tasmalardan tayyorlangan. Ular bir joyda bo‘lishi uchun yelimlanishi kerak. Bu tasmada esa ulangan 
joy yo‘q. Demak... 
— Demak, bu asl nusxa emas, ko‘chirib yozilgani... 
Yana Kleri o‘ta aqlliligini ko‘rsatdi. 
— Mak buni asl nusxa deb berdimi? Qo‘lingga qanday tushdi? 
— Bunisi sir. Asosiy, asl nusxa unda qolgan. U meni oson ishontiraman deb o‘ylagan. 
— Bu esa... 
— Demak, Mak haqidagi taxminim to‘g‘ri. U meni anoyi emasligimni tushunmayapti. U meni kimlar 
bilan, qanday maqsadda tushlik qilganimni bilganda edi, boshi berk ko‘chaga kirib qolganini, bunga 
o‘xshagan soxta choralar uni qutqara olmasligini anglab yetgan bo‘lardi. 
— Vuds, nimalarni gapirayotganingni sira tushunganim yo‘q. 
— Bilaman. – U magnitofondan ko‘zini oldi. – Kechir. Men hatto o‘sha juma  oqshomdan keyin sen 
bilan gaplashmadim ham. Bu sening foydang uchun bo‘ldi, to‘g‘rimi? 
Men uyda, telefon yonida maza qilib o‘tirdim. 
— Meni kechir. 
Ayol uning nigohidan ko‘zini olib qochdi. 
— Aytgan gaplarim uchun kechirim so‘rayman. O’sha kecha o‘ylaganlarim uchun ham. Unday 
emasligini bilaman. Mast holatdagi be’mani xayollar. 
Ayol yana bosh chayqadi: 
— Nega shunday bo‘lganimni tushunishim mumkin. Lekin bugun tushlik davomida menga nima 
uchun qo‘ng‘iroq qilmaganing va nima bo‘layotganini aytmaganingni oqly olmaydi. Men uyda kutib 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin