Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
santimetr ham yozuv olib qolganim yo‘q. Menga ishonasanmi? 
Palmer qutilarni olib, go‘yo tarozida tortayotgandek, chamaladi. 
— O’ta ta’sirchan harakat, Mak. 
— Shunday bo‘ladi deb o‘ylagandim. Endi mega ishonasanmi? 
— Virjiniya Kleri boshqa ishga o‘tayotgani va bu tasmalar oxir-oqibatda sariq chaqaga ham 
arzimasligini hisobga olganda, — dedi Palmer, — ishonsam bo‘ladi. 
Berns bo‘shashib stulga o‘tirdi va Palmerga tikilib qoldi: 
— Bunisi endi ortiqcha, oshna. Bu haqda qachon gapirdi? Bugun oqshomdami? 
— Ha. 
— Mening hamma harakatlarim puchga chiqibdi-da. 
— O’ta qayg‘uli. — Palmer jangari qiyofaga kirdi. — Shunday qilib, Mak, ikkimiz ham o‘zaro ishonch 
darajasini aniqlab oldik. Bu Nyu-Yorkcha sovuq usul. Shu yerda to‘xtashni xohlasang, kel, ishga 
kirishamiz. 
 
 
Oltmish beshinchi bob
 
 
Yechilmagan jumboqlar. Palmer lablarini qiyshaytirib, ko‘zlarini qisdi: chiroqning yorqin nuridan 
ko‘zlari qamashib ketdi. 
U ko‘zlarini ochib, yozuv stolida yotgan qog‘ozlarni oldi va bugun oqshom Berns bilan tuzgan 
rejalarida yana qandaydir muammolar qolmadimikin deya ko‘zdan kechirdi. Soatga qaradi, tonggi to‘rt 
bo‘libdi. Boshqa masalalarga to‘g‘ri javob topish uchun yana biroz uxlab olish kerak deb o‘yladi. 
Palmer chuqur nafas olib, telefonga qo‘l cho‘zdi va Bernsning idora raqamini terdi. U yoqdan ayol 
kishi cho‘ziq ovozda xohlamaygina javob qaytardi: Aterton, Kregi end Mun. 
— Mak Berns shu yerdami? 
Ayolning ovozi jonlandi: 
— Qanday yordam kerak? 
— Bu — mister Palmer. Mister Bernsni ulab bering. 
Bir daqiqa, janob Palmer, — U “Palmer” so‘ziga  shunday urg‘u berdiki, Palmer Bernsning ayol 
bilan bir xonada o‘tirganligini va telefon go‘shagiga qo‘l cho‘zayotganini aniq ko‘rgandek bo‘ldi. 
— Hali yotmadingmi, azizim? 
— Sen ham xodimlaringni ushlab turganingni sezyapman. Yo bu dasturdan tashqari ko‘ngil 
ochishmi? 
— Faqat ishga doir munosabat. Karikatura tamom bo‘ldi. Nusxalar tugadi. Bosh qashishga vaqt 
yo‘q... Berns qattiq yo‘taldi, — ... Linotipda chiqarishga ko‘p vaqt kerak, hisoblash mashinasining 
yozuv uskunasida ko‘paytiryapmiz. San’at bo‘limidagi yigit tarqatiladigan nusxani bezayapti. 
— Qani, eshitib ko‘raylik-chi, Mak. 
— X-x-o‘p, — narigi tomondan sarosimali g‘uldirash eshitildi. — Bu yomon emas, — pishilladi 
Berns. — To‘g‘rilangan nusxasi, haligi... Jimmi. Yaxshi, Vudi? 
— Boshla. 
— Mayli, sarlavhasi, hmm, qaerdaydi... “Sotsialistik banklar oxirgi tomchi qonimizni so‘rib 
olishmoqda”. Qoyilmi? 
— Xudoyim, to‘ng‘illadi Palmer. — E’tibor berma, davom et. 
— Yaxshi. Uning ostida — kattakon hajviy rasm. Ulkan, semiz, iflos bank, “jamg‘arma bank” degan 
yozuv, tomida o‘roq-bolg‘ali bayroq. Nasosdan shlang chiqarilgan. Senatorga o‘xshagan odam nasosni 
bosyapti. U odam “Davlat qonunchiligi”ni bildiradi. Nasosning shlangi kichkina, Jon K.ning majruh 
qo‘liga sanchilgan tibbiyot ninasiga ulangan. Umuman, xalqdan chiqqan qashshoq. Ninadan bir necha 
tomchi qon oqib turibdi. Rosa kaltak yeganga o‘xshaydi. Cho‘ntaklari ag‘darilgan. Dala qo‘riqchisini 
eslatadi. Bank atrofida esa u har soniyada yanayaam semirib borayotganini ko‘rsatuvchi chiziqlar 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin