Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
— Javob ijobiy bo‘ladi, — dedi Palmer. 
Reportyor kulib yubordi. 
— Hozirgina Olbanidagi hamkasblardan biri bilan gaplashdim. Iltimosim shunday: siz Jimmi Fogel 
ism-sharifli odamni taniysizmi? Men bu haqda unga xabar beraman. 
Palmer stul suyanchig‘iga yaslandi. Yolg‘on gapi rostdek chiqishi uchun asablarini bo‘shashtirishi 
kerak. Aks holda ovozidagi taranglik ichki hissiyotlarini fosh qilib qo‘yadi. — Jimmi Fogel deysanmi? — 
so‘radi u. — Bundan osoni yo‘q, Jorj. Hech gap emas. 
— U haqda biron arziydigan gap eshitmaganmisiz? 
— Hech qachon. U bankirmi? 
— Balki. U vaqti-vaqti bilan banklarni cho‘girtak supurgi bilan supurib turishi bilan mashhur. 
— U janob Olbanidanmi? 
Mollett yana kuldi. 
— Qanchalik dahshatlisiz, — dedi u. — Bular haqida xuddi xiqichoq tutayotgandek tabiiy gapirasiz. 
Nahotki asablaringiz bo‘lmasa? 
Palmer reportyorga bor haqiqatni rosmana aytsa, nimalarga ega bo‘lishini o‘yladi. Va bu sirni 
hozircha hech kimga ishonib bo‘lmaydi degan to‘xtamga keldi. 
— Bu yigitni bilishim zarurmi, Jorj? — so‘radi u. 
— Bilmadim. Bu gal men faqat o‘rtadagi vositachiman. Balki, Mak Berns bilar? Ikkovlaring yana 
birga, bir to‘shakdamisizlar? 
— E’tiboringiz uchun aytamanki, biz bu to‘shakni hech qachon tark etmaganmiz. Bir gal uni ishdan 
bo‘shatmoqchi bo‘ldim-u, darrov fikrimdan qaytdim, — javob berdi Palmer. — Ma’lumki, janob Berns 
YuBTKda hamon jamoatchilik munosabatlari bo‘yicha maxsus maslahatchi bo‘lib ishlaydi. — Palmer 
biroz jim turdi. Xo‘sh, Fogelga nima bo‘ldi? 
— Pul bilan to‘g‘irlaydigan darajada gap yo‘q. Agar siz haqiqatdan ham hech narsa bilmasangiz, 
fikrimcha, men ham bu haqda gapirmaganim ma’qul. Ammo kunning oxiriga borib hamma narsa 
ma’lum bo‘ladi. 
— Birorta siyosiy voqeami? 
— Ha. — Reportyor bir necha soniya jim qoldi. — Menga hozirgina kichkina xabar berishdi. Jet-
Texning aktsiyalari 32 gacha tushib ketibdi. Oxirgi to‘rt yilda ular biror marta ham bu darajada 
pasaymagan edi. 
— Dahshat. Umid qilamanki, Jorj, sizda bu aktsiyalardan yo‘q. 
— Menda? — Mollett sekingina hiringladi. — Men kecha “Klub”da stoldan sakrab turib ketdim. 
O’sha unutilmas tushlikni eslaysizmi? — Qo‘limda borini sira qoldirmay sotib yubordim. Sizningcha, 
ularni qachon qayta sotib olganim ma’qul? 
— Faqat ishonchli aktsiyalarni sotib oling, Jorj. YuBTKni sotib oling. 
Kabinet eshigi ochildi va ostonada Berkxardt paydo bo‘ldi. U Palmerga qattiq tikilib turardi. Palmer 
Bosh irg‘adi va trubkaga qarab: 
— Jorj, hozirgina boss kirib keldi. Yana biror narsa kerakmi? — deb so‘radi. 
— Gapimni tugataman va gaplashuvlaring uchun imkoniyat yarataman, — javob berdi reportyor. — 
Bechora qari galvarsning aslida nimalar bo‘layotganiga fahmi yetmaydi. 
— Bo‘lishi mumkin, Jorj. Hozircha. 
Palmer go‘shakni ildi. 
— Kim u? — so‘radi Berkxardt. 
— “Star”dagi Mollett. Telefoningizni menga ulashmagani uchun uzr. Aloqa tizimi faqat gazetachilar 
uchun ochiq edi. 
— Tizimi? — Berkxardtning ko‘k ko‘zlari g‘azabdan katta ochildi. Uning odatdagi qizil yuzi bo‘zarib 
ketdi. G’azab bilan eshikni qattiq yopib, Palmer o‘tirgan kattakon xonaning o‘rtasiga keldi. — La’nati, 
— dedi u vahshiyona osoyishtalik bilan o‘zini qo‘lga olib. — Bankning ososiy ish yurituvchisi o‘ziga 
tobe yollanma malay bilan gaplasha olmaydi. Boshqalarning ishiga burnini suqadigan har qanday 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin