Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
— Xatoga yo‘l qo‘yganim kulgili. Seni juda yaxshi bilaman deb o‘ylardim. Seni shunchaki, otasiga 
o‘xshagan o‘g‘il-da, degan fikrda edim. — Berkxardt xayratda qolgandek ko‘zlarini qisdi. — Sen asli 
kimning o‘g‘lisan? 
— O’zimniki, o‘z-o‘zimniki, — dedi Palmer go‘yo o‘zi bilan gaplashayotgandek past ovozda. 
— Kimniki? 
Palmer yo‘taldi. 
— Faqat o‘zimniki, — aniq-tiniq qilib gapirdi Palmer. 
Berkxardt go‘yo Palmerning javobini hazm qilayotgandek, bir muddat ostonada turib qoldi. Keyin 
eshikni ochdi. 
— Umid qilamanki, — aynan o‘zligingni topish senga  yoqsa kerak, — dedi u. — Odatda u menga 
juda yoqar edi... 
 
 
Oltmish yettinchi bob 
 
Palmer soat olti yarimda uyg‘ondi. Qo‘ng‘iroqli soatni o‘chirib, kabinetni yig‘ishtirdi. Yozuv stoli 
yonidagi orom kursiga cho‘kib, o‘tgan kunlar voqealari yozilgan qog‘ozlarni o‘qiy boshladi. 
Aktsiyadorlar yig‘ilishi bugun soat o‘nda boshlanib, kunning yarmida tugashi kerak edi. Agar 
hamma ish joyida bo‘lsa, bir necha oy avval tuzgan rejasi ro‘yobga chiqadi — uni direktorlikka 
saylashadi. Biroq hammasi ravon ketishiga negadir ishongisi kelmasdi. 
Shubhasiz, tasodifiy narsani aniq topish lozim. Oila a’zolari birin-ketin uyg‘onib, odatdagi kun 
boshlanguncha u juda ko‘p narsalarni o‘yladi. 
Soat sakkizda telefon jiringladi. U nonushta qilayotgan edi. 
— Hozirgina yana besh ming sarfladim, — deb xabar berdi Mak Berns. 
Palmer og‘zidagi luqmani chala chaynab, yutdi. 
— Fogelgami? 
Uni ikki oyga Yevropaga, yubordim. Yetarli muddat, a? 
— Men Olbanida hamma narsa silliq kechdi deb o‘ylagandim. 
— Xuddi ipakdek. Lekin sen ayni damda Fogel “Panamerika” samalyotida uchib ketayotganini 
eshitib, o‘zingni yanada baxtiyor his etmaysanmi? 
— Hmm, — Palmer labidagi ushoqlarni artdi. — Bank qo‘mitasidan birorta xabar bormi? 
— Peshinda bilaman. 
— U qanday bo‘ladi? 
— Chamasi, ular bo‘linish haqidagi xabardan qo‘rqishadi va uni chiqindi xonaga chiqarib tashlashga 
urinib ko‘rishadi. 
— Ajoyib. Keyinroq gaplashamiz, Mak. 
Palmer stolga qaytdi va Edis bilan Jerrining gaplarini chala eshitdi. 
— ...umuman, sening ishing emas. 
— Nima uchun? — qiziqdi qizaloq. 
Palmer o‘ziga qarash uchun bir soniya boshini ko‘targan qizining kulrang ko‘zlariga tikildi. Qiz yana 
taom likopchaga boshini egdi. 
— Nimani tushuntiryapsan? — so‘radi u. 
Edis unga xavotirlanib qaradi: 
— Sening ishingni. 
— Hmm? 
— Men, shunchaki, janob Berns senga bunaqa noqulay vaqtda nega qo‘ng‘iroq qilayotganini 
bilmoqchi edim, — tushuntirdi Jerri, — onam aytdiki... 
Onang haq, — gapini bo‘ldi Palmer. — Bu — sening ishing emas. — U yana bir burda nonga 
yog‘ surdi. — Bir jihatdan esa sening ishing meniki ham-da! 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin