Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
berishga ruxsat etasizmi? 
Miss Kleri «marhamat» deganday qo‘llarini keng yoydi. Palmer uning barmog‘ida uzuk yo‘qligini, 
barmoqlari ingichka va uzunligini payqashga ulgurdi. 
— Bu yerda siz xo‘jayinsiz, — javob qildi xonim. 
— Ma’lum ma’noda men afsusdaman, — dedi Palmer, — chunki men bilishim kerak bo‘lgan narsani 
so‘rab o‘tiribman. Lekin sizga murojaat qilarkanman, men mantiqqa amal qildim, xolos. Bularning 
hammasi hech qanday shaxsiy xususiyat ma’nosida emas. — U xonimga savol alomati bilan qaradi. 
— Ha, — dedi miss Kleri. 
— Men oldin ham bankda ishlayotgan ayolni uchratgandim, — deya sekin gap boshladi u, agar 
kerak bo‘lsa, ayolga aytadigan gapiga tuzatish kiritishni ham o‘ylab. Endi men shunga amin bo‘ldimki, 
bankka ishga qabul qilinishlari uchun ayollar, xuddi shunday lavozimni egallab turgan erkak 
hamkasblariga nisbatan ancha yuqori malakaga ega bo‘lishlari darkor. Lekin, baribir, o‘zingiz 
bilganingizday, ayollar shu lavozimga tegishli miqdorda maosh olmaydilar. 
— Ha, buni bilaman, — tasdiqladi miss Kleri. 
— Lekin men hali hech qachon bankda reklama va axborot masalalari bilan shug‘ullanayotgan 
ayollarni uchratmagandim. Bu masalalarni biz o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq hal qilolasiz, deb 
o‘ylayman. — U nafasini rostlab oldi-da, —  Sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim mana shu, — dedi. 
Miss Kleri o‘rnidan turdi, sonlarida buklanib qolgan tor qora yubkasini to‘g‘riladi. Palmer birinchi 
marta e’tibor berdi: bo‘yi past bo‘lishiga qaramay, juda xushqomat ekan. Bu unda quvonchli ishtiyoq 
uyg‘otdi. Zamonaviy ayollarga o‘xshamagan kichkinagina ayolni ko‘rish qanday yoqimli. 
— Siz bilan barobar ish vaqti belgilasam bo‘ladimi? — so‘radi xonim. 
— Bemalol. 
Juda afsusdaman, — dedi xonim Palmerning ko‘ziga tik qarab. — Buni qanday qilib yaxshiroq 
tushuntirsam ekan. Haligi, o‘sha matbuot uchun xabarni oldindan siz bilan kelishib olish imkoniga ega 
emasdim. Umid qilamanki, sizning kelishingiz bilan ish uslubimiz ancha o‘zgaradi. Lekin men yaxshi 
tushunaman, buning uchun vaqt kerak va bu ertagayoq ro‘y bermaydi. Aftidan, men yetarli tarzda 
oshkora aytdim, shundaymi? 
— Ha, tushunib turibman. 
— Mak Bernsga kelganda esa, shuni aytishim mumkinki, men uni ko‘pdan beri bilaman. Biz u bilan 
hamisha til topishib ketamiz, chunki jurnalistlar bilan til topishish uning vazifasidir. Boshqa 
qo‘shadigan hech gap yo‘q. 
— Roziman. 
— Bor gap shu, — dedi miss Kleri so‘zining oxirida. 
Juda yaxshi aytdingiz, — dedi Palmer. — Bir yoki ikki kundan keyin men ketaman. Ammo 
bayramdan so‘ng men qaytib kelgach, ko‘pgina ishlar haqida meni yaxshilab xabardor qilishingizga 
to‘g‘ri keladi. 
— Juda soz. 
— Rahmat sizga, — dedi Palmer. 
Miss Kleri eshikka qarab burildi. Qandaydir soniyalarda uning lablari sal ochildi va yana yopildi. 
Go‘yo u nimadir demoqchi bo‘ldi-yu, voz kechdi. Palmerga qarab jilmaydi-da: 
— Arzimaydi, — deb eshikka qarab yurdi. 
 
 
To‘qqizinchi bob

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin