Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
burilayotgan paytda, qat’iy ratsional mag‘izga egadir. U shofyor oynasidan o‘ziga yaxshilab qarab 
olish uchun o‘rindiqdan sal siljib o‘tirdi. Ko‘ylak yoqasining oppoqligiga gap yo‘q. Edisning qo‘li bilan 
sal chetga surilgan bo‘yinbog‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi. So‘ng o‘rindiq suyanchig‘iga yastanganicha mashina 
oynasiga nazar soldi. Keyin o‘rindiqdan «Tayms» gazetasining bugungi sonini olib sarlavhalariga ko‘z 
yugurtirib chiqdi-da, uni yana o‘z joyiga qo‘ydi. Bularning hammasi jonga tegdi, o‘yladi u. Mak Berns 
bilan birgalikda bajariladigan ishdan tortib, bolalari yonida bo‘lolmasligigacha unga alam qilardi. 
Nihoyat, Edisning o‘zi, aniqrog‘i, o‘rtalarida vujudga kelgan munosabatlar, qo‘ying-chi, bari bosh 
og‘rig‘i. 
Hammasi o‘z ma’nosini yo‘qotdi, derdi u o‘ziga-o‘zi, ichki aloqalardan mahrum bo‘ldi, hammasidan 
yomoni, juda tezlik bilan chidab bo‘lmas mutaassiblikka aylanib borayotibdi. Lekin bu jarayon chindan 
ham endigina boshlandimi? Ehtimol u hozir his etgan narsa yillar davomida Chikagoda yashagan 
paytdayoq va endi Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishi mobaynida to‘plangandir. Yangi turmush tarzi va 
o‘rgangan davrasidan ajralishi uning hayotida aslida nimalar yuz berayotganini ko‘rish uchun ko‘zlarini 
kattaroq ochgandir? 
Nyu-Yorkkacha bo‘lgan davrda hammasi juda oddiy edi. Uydagi vaziyat, ertalablari Evanstoundan 
Chikagoga qatnash, oilalik hayotining o‘n sakkiz yili mobaynida ishga borib kelish... Uylanishidan oldin 
ham Palmer shu yo‘ldan qatnardi. Urush payti armiyada xizmat qilgan yillari bundan mustasno
albatta... 
Palmer entikib nafas oldi-da, yana gazetaga qaradi. So‘ng uni qo‘liga olib, sarlavhalariga ko‘z 
yugurtirdi. Ularni birinchi bor ko‘rayotgandek diqqat bilan o‘qidi. Aftidan, Yaqin Sharqdagi tanglik 
xavfli bosqichidan o‘tib o‘z yechimiga yaqinlashganga o‘xshaydi. 
Shu munosabat bilan birjada yugur-yugur, aktsiyalarni sotish boshlansa kerak, deb o‘yladi Palmer. 
Kunning ikkinchi yarmida esa ularning narxi tusha boshlaydi. Keyin yana aktsiyalarni sotib olish 
talvasasi davom etadi. Bugun YuBTKda qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchi Kliff Mergendalning 
kuni og‘ir kechadi. 
Mashina «Plaza» mehmonxonasi oldida to‘xtadi. Ko‘cha harakatida tiqin hosil bo‘lib, mashinalar 
yurolmay qolgandi. Palmer gazetani o‘rindiqqa uloqtirdi. Shofyor uning bezovtaligini ko‘rib turardi. 
— Ser, sizga biror narsa kerakmi? — deb so‘rardi. 
Palmer tashvishlanib: 
— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi. 
Siz nimadir dedingizmi, ser? 
— Rostdanmi? — hayron bo‘ldi Palmer. Nahotki hayotimni ovoz chiqarib la’natlagan bo‘lsam? — 
o‘yladi u. Nima, men hayotimni la’natlagan bo‘lishim mumkinmi? Balki o‘z-o‘zimnidir? Lekin faqat 
o‘zimnimikin? 
Tiqin bo‘shashdi, chunki burchakda turgan politsiyachi ko‘ndalang ko‘chalardan keluvchi 
mashinalarni o‘tkazib yubordi-da, Beshinchi avenyu bo‘ylab harakatga yo‘l ochib berdi. Palmer 
ketayotgan «Kadillak» quyon sakrashiga o‘xshab o‘rnidan otilib yurib ketdi. Bu harakat Palmerni 
o‘rindiq orqasiga qapishtirib tashladi. 
— Kechirasiz, ser. 
— Tashvish qilma, Jimmi. Hayda tezroq. 
Shofyor muloyim kuldi. Palmer uyalib ketdi. U kayfiyatiga berilib ketganidan o‘zini noqulay sezib
buklab tashlangan gazetani qayta qo‘liga oldi. 
Mashina shitob bilan bankka yaqinlashib borayotgan paytda Palmer o‘zicha tasavvur qildi: Kun 
tushlikka yaqinlashgan sayin quyosh nuri tik tushib, bankning yuqori qavatidagi oynavand xonani 
qizdirib yuborgandir. Hatto shiftga osilgan ulkan pardalar ham quyoshning o‘tkir nurlarini to‘sib 
qololmasa kerak. 
Eh, agar ushbu tashvishlar faqat oddiy bosh og‘rig‘idan iborat bo‘lganda edi, o‘yladi Palmer, unda 
bu tongdan nafratlanish uchun menda qonuniy va tushunarli sabablarim bo‘lishi mumkin edi. Va ikki 
dona aspirin xapdorisi hamma narsani joy-joyiga  tushirgan bo‘lur edi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin