Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
bittagina tashviqot varag‘ining nusxalari yopishtirib tashlangandi. Bu suratlardan qirqta bir nusxadagi 
odam Palmerga tikilib turardi. Nomzod o‘rta yoshlardagi bir kishi edi. «Siyosat bu sizning ishingiz!» — 
deya uqtirardi Palmerga shiorlar. 
Palmer Ellik ikkinchi ko‘cha bo‘ylab horg‘in holda yo‘lini sharq yo‘nalishida davom ettirardi. U yo‘l 
boshidayoq o‘zini qamrab olgan quvnoq kayfiyatning sababini aniqlashga urinardi. Tabiiyki, bu 
kayfiyatning Mak Berns bilan navbatdagi uchrashuvga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Ha, 
Berkxardtning ertalabki valaqlashining ham bunga daxli yo‘q. U Palmerning «Yunayted benk» 
ishlaridagi hal qiluvchi roli haqida gapirdimi-ey. Va birdan Palmer tushundi, bu kayfiyat Berkxardtning 
Edis bilan munosabatlari masalasiga to‘xtalib o‘tgani tufayli edi. 
U ko‘chaning narigi tomoniga, cho‘yan panjaralariga qarab to‘xtab qoldi. Panjara «Yigirma bir» 
restoranining old tomonini bezab turardi. Ularga arg‘umoqlarni uchirib borayotgan poygachi 
chavandozlar tasviri o‘rnatilgan edi. Gap bu yoqda ekan-da. Palmer ko‘chani kesib o‘tish uchun yo‘lga 
chiqmoqchi edi-yu, g‘izillab kelayotgan mashinalar oqimini o‘tkazib yuborish maqsadida yo‘lkaga 
qaytdi. Albatta, Berkxardt gapining ohangi nimanidir anglatib turar, u ham yozg‘irish, ham tanbeh 
sifatida yangradi. Qariya na faqat Palmerning Edis bilan oilaviy munosabatlarida, ayni chog‘da uning 
bankdagi ishga munosabatida ham tartib o‘rnatishga urinardi. «Bir paytning o‘zida ikki ayol bilan 
qanday yashash mumkinligi masalasi xususida,» — kulimsiradi o‘zicha Palmer. 
— Mister Bernsning stoli qaysi? — so‘radi u restoranga kirgach. 
Marhamat, mister e...? — bosh ofitsiant parolni kutib qoldi. 
— Palmer. 
— Bu yoqqa marhamat, bu yoqqa, mister Palmer. — Bosh ofitsiant ta’zim qildi-da, Palmerni 
ergashtirib borarkan, mister Berns bir daqiqaga chiqib ketdi, hozir qaytib keladi, dedi. 
— Qaytib keladi, deyapsizmi? — so‘radi Palmer oromkursiga cho‘karkan. — Menga limon po‘stlog‘i 
va toza martini olib kelishsin, — dedi. 
Xuddi yerni yorib chiqqanday Berns paydo bo‘ldi, Palmerning yoniga o‘tirdi-da, qo‘lini uning 
yelkasiga qo‘ydi. 
— Xello, Vudi, — dedi u do‘stona. — Sizni kutdirib qo‘yganim uchun kechirasiz. — Tepada bir mijoz 
bilan uchrashuvim bor edi. 
— Men hozirgina kelib turibman, — dedi Palmer, uning yolg‘oniga pand berish uchun. 
— Juda soz. Nima ichasiz? 
— Men buyurtma berib qo‘ydim. 
Berns bosh ofitsiantning nomini aytib chaqirdi. 
— Menga o‘shandan bering. 
— Xo‘p bo‘ladi, mister Berns. 
— Taomnomani ham bering. 
— Xo‘p bo‘ladi, ser. 
— Bir quti «Gold fleyks» ham. 
— Yaxshi, ser. 
— Telefonniyam. 
— Hozir, ser. 
— Tezroq. 
Hozir olib kelaman, mister Berns. 
— Yaxshi. 
Palmer ularni qiziqish bilan kuzatib turdi. 
— Ser, sizga biror narsa kerakmasmi? — so‘radi bosh ofitsiant. 
Yomon zarba, qayd qildi o‘zicha Palmer, chunki u shu zahoti qaytariladi. 
— Yo‘q, tashakkur, boshqa hech narsa kerakmas, — dedi «koptokni ko‘tarib berib» Berns. 
— Ixtiyoringiz, ser. — Bosh ofitsiant «koptokni to‘r yonida urib tushirdi». Bu halokatli zarba edi. 
Koptok to‘g‘ri uchib borib raqib oyoqlari ostiga urildi. Berns qaqshatqich zarbaga uchradi: u koptokni 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin