Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
— Kim axir? Chikagolik Jek Arveymi? I-e, uning obro‘sini bir paytlar mashhur bo‘lgan Ed Kelli yoki 
Bill Tompson obro‘si bilan solishtirib bo‘ladimi? Yoxud Nyu-York korchaloni Karmin de Sapiomi? Uning 
guruhi Tammani urug‘i bilan amerikaliklarning demokratik harakat uchun tashkiloti o‘rtasida adoyi 
tamom bo‘layapti. Bu de Sapio uchun halokat bilan tugaydi. 
— Shunga qaramay, — so‘zida turib oldi Palmer. — Agar biron narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz, 
aynan Vik singari odamga murojaat qiling. Faqat o‘shagina sizga kerak bo‘lgan narsani muhayyo 
qilish imkoniga egadir. 
Berns yelkalarini qisdi-da martini to‘latilgan qadahni ko‘tardi. 
— Sizning sog‘ligingiz uchun, — dedi u. 
— Salomat bo‘ling, — dedi Palmer. 
Bir muncha muddat indamay ichishdi. 
— O’ylashimcha, — deya so‘z boshlagan Berns to‘xtab, sharobdan bir qultum ichdi-da, davom etdi, 
— o‘ylashimcha, hozir sizning siyosiy ma’lumot olishingizning ayni payti, Vudi. 
— Nahotki men siyosatni shunchalik yomon bilsam? 
— Yo‘q, albatta. Siz siyosat — bu hukumat o‘z harakatida amal qiladigan narsadir, deydigan 
holatda emassiz. 
— Axir, bu shunday emasmi? 
— Yo‘q. Aslo bunaqa emas. — Berns ingliz sigaretasini ochdi, quti ichidan bir donasini oldi, unga 
o‘ylanib qarab turdi-da, dedi: 
— Siyosat pul undirish usulidir, nufuzli shaxs bo‘lish yo‘lidir. 
— Lekin ayni paytda hukumat o‘z sa’y-harakatlarida siyosatdan foydalanadi. 
—Bunday sa’y-harakatlar — siyosatning faqat qo‘shimcha mahsulotidir, — dedi Berns. — Uning 
haqiqiy ishi esa pul topishdir. 
— O’ta surbetlik. 
Nima qilibdi, — ishshaydi Berns. — Agar surbetlik menga har bir narsani ularni haqiqiy rangida 
ko‘rish imkonini bersa, men e’tiroz qilmayman. 
U sigaretani tutatib olish uchun engashdi va o‘t oldirgichdan chaqnagan olov uning 
ignatugmasidagi qimmatbaho tosh qirralarida yarqirab ketdi. 
— Har qanday biznesda bo‘lgani singari, — Berns og‘zidan chiqargan tutunni qo‘li bilan haydadi, — 
siyosat kelishuvning harakatlantiruvchi kuchidir. Faqat siyosatda uni kontrakt deyishadi. Aslida bu so‘z 
boshqa amaliy sohalarda unga berilayotgan ahamiyatga uncha mos kelmaydi. Kelishuv... Bitim... U 
jim qoldi va xira yoritilgan zalga ko‘z yugurtirdi: — Vik bilan nonushtaga tayyorlanayotib, men uchta 
ana shunday bitim tayyorladim. Mening sobiq okrugim Bronksda yosh yigit ishga muhtoj. Bu bitta 
bitim. Kelgusi oyda shtatda yo‘rg‘a otlar sinovi o‘tkaziladi. Vikdan ana shu sinovda faxriy mehmon 
sifatida qatnashishni so‘rashayapti. Bu ikkinchi bitim. Mening bir oshnamning do‘sti do‘kon ochmoqchi 
bo‘layapti, u iloji boricha tezroq litsenziya olmoqchi. Bu uchinchi bitim. 
— Bularning hammasi uncha murakkab emasga o‘xshaydi, — dedi Palmer. 
— Albatta, yo‘q. Endi bu yog‘ini eshiting. O’z navbatida Vik ham menga ikkita ahdnoma tayyorladi. 
U yangi  katolik kollejlarining binolaridan biri uning otasining nomi bilan atalishini xohlayapti. Bu 
uning birinchi bitimi. Nimani aytayotganimni tushunayapsizmi? 
— Bo‘lmasam-chi. 
— Shunday qilib, fikrimga e’tibor bering. Ish murakkablashib borayapti. Hozirgina beshta bitim 
haqida gapirib o‘tdik. Keling, shulardan bittasini tahlil qilib ko‘raylik. Masalan, birja aktsiyalari bilan 
bog‘liq bitimni olaylik. Vikdan topshiriq olgach, men o‘z dallolimga sim qoqaman. Aktsiyalar narxi 
haqida nima bilishini so‘rayman. Shu tariqa, u endi men bilan bitim tuzadi. Tasavvur qilingki, u bitim 
tufayli yuzaga kelgan majburiyatlarini bajara olmaydi. Lekin men o‘z majburiyatlarimni bajarishim 
kerak va men yangicha yo‘l tutaman — bizni aktsiyasi qiziqtirayotgan kompaniyaning vitse-
prezidentiga telefon qilib, ziyofatda uchrashaylik deb kelishib olaman. Bu mazkur bitimning ikkinchi 
bosqichi deylik. Undan aniq javob olish uchun men o‘z navbatimda uning bir xizmatini o‘rniga 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin