Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
chiqarkan, yonidan o‘tib ketayotgan odamlar oqimini kuzatib turib qoldi. Ularning harakati tinmasdi. 
Qaerdadir shu bino yonida va unga tutash uyda katta maosh oladigan amaldorlar ham kurrai zaminda 
tinchlikni asrab qolish uchun qandaydir harakat qilayotirlar. Ular o‘zlarining kichik tomoshalarini 
mo‘‘jazgina idoralarda va kattagina tomoshagohlarda ko‘rsatib, asta-sekin urush boshlangan tomonga 
siljib borayaptilar, lekin qandaydir yo‘l bilan tinchlikni saqlab turibdilar. 
Bu chindan ham hayratlanarli edi. Yana shu narsa battar hayron qoldirardiki, sayyohlardan tashkil 
topgan bu ulkan ochofat yuhoni BMT binosida hech narsa qiziqtirmasdi. Ular uchun bu yerda duch 
kelgan biror mashhur shaxsga ko‘z suzish, mayda-chuyda sovg‘a-salomlar olish, hashamatli bino 
sahnida suratga tushish bo‘lsa bas. 
BMT binosidan keyin Palmer general Grant qabriga duch keldi. Nihoyat u klubga yetib kelganida 
soat hali besh bo‘lmagandi. Charchaganidan oyoqlari chinakam og‘rib qoldi. Palmer darhol 
yumshoqqina charm divanga cho‘kdi-da, viski buyurdi va Berkxardtni kuta boshladi. 
Palmer bu klub a’zoligiga urushdan oldin qabul qilingan  edi, undagi xizmat sifatining yuqoriligiga 
bir necha bor iqror bo‘lgandi. Shularni o‘ylab o‘tirganida yoniga bir xizmatchi keldi-da, qo‘liga beshta 
xabarnoma tutqazdi. 
— Ser, ushbu nomalar siz uchun qoldirilgan. 
Palmer unga minnatdorlik bildirib, nomaga ko‘z yugurtirdi. Ularning beshtasidan to‘rttasida Mak 
Berns telefon qilgani yozilgandi. U soat 4.40 dan 4.55 gacha telefon qilibdi. Demak, Palmerning 
klubga kelishidan bir daqiqa oldin ham sim qoqqan ekan-da. Keyingi xatda Berkxardt belgilangan 
vaqtidan oldinroq kelishi yozilgandi. Chunki uning keyingi uchrashuv soat oltiga belgilangan emish. 
Hamisha mana shunaqa bo‘ladi, dedi o‘ziga Palmer, g‘ijimlanagan xatlarni cho‘ntagiga solarkan. 
Ular endi egar ustida mahkam o‘tirishibdi. 
U asta o‘rnidan turib, telefon hujrasiga qarab yurdi. Uni Berns idorasi bilan bog‘lashdi. 
— Vudi, azizim, nima bo‘ldi? 
— Men sizdan so‘ramoqchiman: nima bo‘ldi? — deb. 
—Ya’ni nima uchun aynan «nima bo‘ldi?» — hayron bo‘lib so‘radi Berns. 
— Axir, siz meni izlabsiz-ku, shunday emasmi? 
— Ha-a, gap bu yoqda deng, — ming‘irladi Berns, keyin ehtiyotsizlik bilan qo‘shib qo‘ydi: — E-e, 
hech gap yo‘q. Men faqat xafa bo‘ldingiz deb o‘yladim. 
— Nima uchun? 
— Uchrashuvimiz barbod bo‘lgani uchun-da. Men qaytib borsam, siz ketib qolibsiz. 
— Siz aytdingiz-ku, yarim soatdan so‘ng qaytib kelaman deb, — eslatdi unga Palmer. 
— Ha-ya, rost. Rojdestvo bayramiga menga yangi soat sovg‘a qilishingiz mumkin. — Oraga uzoq 
jimlik cho‘kdi. Palmer birdan tushundiki, Berns barbod bo‘lgan uchrashuv uchun aybni unga to‘nkashi 
hech gap emas. Palmerni qoldirib ketgani uchun o‘zini aybdor hisoblagan Berns eng avvlo uning 
qanchalik ranjiganini tekshirib ko‘rmoqchi edi, keyin esa yuz bergan ko‘ngilsizlikning hammasi uchun 
mas’uliyatni unga yuklamoqchi bo‘ldi. 
— Sizga ketishga to‘g‘ri kelganidan juda afsusdaman, — dedi Palmer bir oz sukutdan so‘ng. — 
Sizni juda yaxshi tushunib turibman va aslo ranjiganim yo‘q. — Yana jimlik cho‘kdi. Palmer Berns 
hozir hammasini bosdi-bosdi qiladi va nizo barham topadi deb kutgan edi. 
— Juda bema’ni ish bo‘ldi-da, — bo‘sh kelmasdi Berns. — Gap shundaki, men siz bilan ikkita o‘ta 
muhim masalani muhokama qilmoqchi edim. Endi bo‘lsa, qachon uchrashishimni ham bilmayman, jin 
ursin. 
— Ha, juda bema’ni ish, — tasdiqladi Palmer, adashganini tushunib. — Bu haqda tashvish 
tortmang, Mak, men hecham xafa emasman. 
— Nima qilishni o‘zim ham bilmayman, azizim, — dedi Berns, bir oz jimlikdan so‘ng. — Biz siz bilan 
ancha jiddiy ahvolga tushib qoldik. 
— Mak, — dedi Palmer. Baribir bugun hech narsa qila olmasdik. 
— Mayli, — dedi Berns. — Bugun kechqurun uchrashuvim bor. Soat 11. 30 da biznikiga boringlar. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin