Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
qaysi biri kamroq ekanini aniqlash ham qiyin. 
U ofitsiantga yana bir qadah viski keltirishini buyurdi va xayolan Berkxardt bilan bo‘lib o‘tgan 
suhbatga qaytdi. Uning birinchi vitse-prezidenti xotini bilan ajrashmoqchi yoki uni tashlab ketmoqchi 
ekanidan ham xavfsirayotgan qariyani xotirjam qilishga erishdimi yoki yo‘qmi, shuni aniqlashga urinib 
ko‘rdi. Berkxardt Palmerning oilaviy kelishmovchiliklari bankdagi ishiga ta’sir qilishidan qo‘rqardi. 
Boshlig‘ining ta’nalari ahamiyat berishga arziydimi o‘zi, deya o‘zidan so‘rardi Palmer. Qariyaga bergan 
javoblari yetarli darajada ishonchli chiqdimikin? Qari qirchang‘ini ishontira oldimi? Ehtimol. 
Ofitsiant unga viski tutdi. Palmer maydalab ichishga kirishdi. Xayolan yana tanlov muammosiga 
qaytdi. Holbuki, tanlaydigan narsaning o‘zi tayinsiz edi va u nimani tanlashni ham bilmasdi. 
Hal qilinmagan muammolar, umuman olganda mayda-chuyda narsalar edi. Biroq hozir nimadir 
qilish kerak. U o‘rnidan turdi va qo‘lida qadah bilan telefonga qarab yurdi. 
U telefonchi qizga uy telefoni raqamini aytib, uni ulab berishga buyurdi. Ichganidan so‘ng fikri 
tiniqlashib, u hozir nima qilmoqchi bo‘layotganin yaxshi anglab turibdi. Palmer ichgan paytida ongida 
nimadir oydinlashganday bo‘lardi. Bu, odatda, uchinchi qadah bilan to‘rtinchi qadah o‘rtasida yuz 
berardi. Shunda u xolisonilla mulohaza yuritardi. Ayni shunday damlarda u o‘z qobig‘idan ajralib 
chiqib, bir chekkaga borib, yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib turganini his qilardi. 
Telefonchi qiz uyini ulab berishini kutarkan, hozir faqat bir chekkadagina emas, hatto o‘zimdan ham 
balandroqda turibman degan qarorga keldi. 
Shunday ajoyib daqiqalarda barcha ziddiyatli harakatlarida va eng murakkab vaziyatlarda ham 
masalani to‘g‘ri hal qilishga qodir edi. Masalan, uning hozirgi vaziyatda o‘zini tutishini olaylik. U 
telefon orqali uyi bilan bog‘lanib, qat’iy qarorga kelishi lozim bo‘lgan odam rolini o‘ynayapti. U dadil 
odam. Qarorning yechimi yetilayapti. 
Yo‘q. Bularning hammasi mug‘ambirlik, xolos. 
U qo‘ng‘iroqni eshitdi: uning uyida telefon jiringladi. Palmer — chetdan kuzatuvchi — ushbu 
qo‘ng‘iroqning haqiqiy maqsadini mutlaqo aniq ko‘rib turibdi. Go‘shakni qo‘lida ushlab turgan 
Palmerga bahona kerak, u butun mas’uliyatni xotiniga ag‘darish uchun shunday qilayapti. Xotini esa 
bundan hatto shubha ham qilmayotir. Biroq tanlovni aynan u, faqat xotinining o‘zi hal qilishi lozim. 
— Allo? 
— Jerri, oyingni telefonga chaqir. 
— O’sha oyining o‘zi menman. Nima gap, azizim? 
— Iy-e, bu senmisan, Edis? — Palmer bir zumga jimib qoldi va tili bilan lablarini yaladi. — Men 
klubdan telefon qilayapman. 
— Bilaman, u yerda Leyn bilan birgasizlar. 
— Qaerdan sim qoqayapsan? Voy, ha. Xo‘p, mayli. 
— Ishlar cho‘zilib ketdimi?  
— Battar bo‘ldi, — javob berdi Palmer, yolg‘on gapirmaslik uchun javobdan qochib. — Men 
keyinroq Berns bilan yana uchrashuvim kerak. 
— Keyinroq degani qachon? 
—  Qachonligini hali aniq bilmayman, — dedi yana yolg‘on gapirishdan qochib, lekin haqiqatni 
gapirishni ham ep ko‘rmay. — Bugun bizda biror ish belgilanganmidi? 
— Biror rejamiz yo‘q edi. 
— Nahotki hech narsa?  
— Men faqat bolalarni ertaroq ovqatlantirmoqchi edim, keyin ikkalamiz bemalol ovqatlanardik. 
— Hech qanaqa kechalarga, tomoshalarga takliflar-chi? Hech qanaqa qabullar yo‘qmi? — so‘radi u.  
— Yo‘q.  
Edisning bir bo‘g‘inli javobi juda keskin eshitildi. Gapning ohangidan Palmer uning dilini og‘ritganini 
tushundi.  
— Ey, xudo, juda afsusdaman, — ingradi Palmer. — Shuncha vaqt mobaynida ikkalamiz birga 
o‘tkazadigan yagona oqshom. Shuni ham men buzsam-a! 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin