Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
Palmer Park-avenyu bo‘ylab janubga qarab jadal yurib ketdi. U qo‘lidagi sakvoyajini siltab borardi. 
Chekib olish uchun to‘xtagan edi, orqadan kelib unga tenglashgan ayolning soniga turtib yuborishiga 
sal qoldi. 
Nega endi men muncha qo‘l siltab qoldim? — deya o‘yga toldi Palmer, bu balki hayajondir: 
shuncha vaqt u Berkxardt bilan yurib, yuksak lavozimga tayinlanganini, o‘zini qamragan quvonchni 
oshkor qilmaslikka uringan edi-da. 
Yo‘lni ochib bergan svetoforning ishorasiga qarab, Palmer yosh juvon ortidan chaqqon yurib ketdi. 
U ayolning sonlari harakatidan ko‘z uzmay borardi. Ayol o‘ttiz to‘qqizinchi ko‘chaga burildi. Palmer 
burchakda to‘xtab, uni nigohi bilan kuzatib qoldi. Nimadir yuragini qisdi. Ko‘zlarini yumib, tomog‘ida 
qotib qolgan havoni zo‘rg‘a yutdi. Uning boshi aylandi, yuzi qizib ketdi. U shu zahoti ko‘zini ochdi. 
O’zini yiqilib ketayotgandek his etdi. Qulab tushmaslik uchun bir qadam orqaga tisarildi. Juvon esa 
olomon orasida ko‘rinmay ketdi. 
Palmer chuqur nafas oldi, ko‘chani kesib o‘tib, ohista oldinga yurdi, burchakdan burildi-da, «Yunion 
lig» klubi binosining aylanma eshigini itardi. Mashinalar signali, avtobuslar tormozlarining g‘ijirlashi, 
ayollar poshnalarining taq-tuqi ortda qoldi. Uni xotirjam sukunat qamrab oldi. Palmer yo‘lakning chap 
tomonidagi zina yonida ko‘p yillardan beri turgan baland bo‘yli negrga imo qildi. 
— Xayrli tong, mister Palmer, ser. 
— Xayrli tong, — xuddi ushbu salom-alikni o‘z vaqtida ekanmi deya tekshirganday o‘z soatiga 
qaradi va sakvoyajini unga tutqazib, soat to‘qqizgacha hali besh daqiqa borligini qayd etdi. 
— Xonangizga olib boraymi, ser? 
— Ha, albatta, — dedi Palmer. U to‘g‘ri liftga bormoqchi edi, lekin burildi-da, Dou-Jons indeksli1 
teletaypdan hamda birja yangiliklaridan xabar olish uchun shoshildi. 
Birja ochilishiga hali vaqt borligi uchun Palmer aktsiyalar narxining so‘nggi hafta ma’lumotini 
shoshilib ko‘zdan kechirdi. Keyin u lift xonasiga kirdi va uning yumshoq ko‘tarilayotganini his etdi. 
Lift to‘xtadi. Palmer sakvoyajini xonasiga eltayotgan negr orqasidan yurdi. Xizmatchi qo‘lidagi yukni 
ikki kishilik ulkan karavot yonidagi maxsus stulga qo‘yib, derazani ochdi. 
— Qanday ko‘rsatma bo‘ladi, mister Palmer? 
Palmer bosh chayqamoqchi edi-yu, birdan fikridan qaytdi: 
— Bilasanmi nima, — dedi u, — menga «Chikago tribyun» va «Uoll-strit jornel»dan topib kel... 
— Xo‘p bo‘ladi, ser. Agar sizga tamaddinoma kerak bo‘lsa, u yozuv stoli tortmasida, ser. 
— Rahmat, nonushta qilganman. 
— Ixtiyoringiz, ser. 
Xizmatchi ortidan eshik shovqinsiz yopildi. 
Palmer karavotga o‘tirdi. U katta chamadondan buyumlar olinib, uning uch kun yo‘qligi paytida 
javon tokchalariga taxlab qo‘yilganligini sezdi. Ikkita kostyumi dazmollanib, devordagi javonga ilib 
qo‘yilibdi. Palmer u hali Nyu-Yorkda ekanligida yana nimalar qilishi kerakligini eslashga urinib ko‘rdi, 
biroq safarning asosiy maqsadiga erishilgani tufayli, endi nima qilishi kerakligini bilolmasdi. 
«Yunayted benk»ning vitse-prezidenti! Palmer yostiqqa bosh qo‘yib, karavotga ro‘y-rost cho‘zildi. 
Keksa moliya korchaloni o‘z bankining qudrati haqida gapirganda mubolag‘a qilmagandi. Shubhasiz, 
mamlakatning eng qudratli moliya pishangi uning qo‘lida edi. Chunki «Fyorst neshnl siti benk» va 
«Benk of Amerika» singari yirik banklar unga nisbatan ikkinchi darajali o‘rinni egallar edilar. 
Qiziq, «Yunayted benk»ning avvalgi vitse-prezidentlari shu lavozimni egallaganlarida necha yoshda 
bo‘lgan ekanlar, deya o‘ylardi yotganicha Palmer. Ellik besh yoshdami? Yoki oltmish yoshda? Palmer 
ko‘zlarini yumib o‘zicha tasavvur qilmoqchi bo‘ldi: bir oydan so‘ng moliyaviy xabarlar bo‘limida: 
«Yunayted benk» 44 yoshli Palmerni vitse-prezident lavozimiga tayinlaydi» degan xabar bosilsa
gazetalar qanday sarlavhalar bilan chiqarkan? 
Chikago gazetalari bu e’lonni xushxabarday yoritishi turgan gap: 
«Vuds Palmer-kichik «Yunayted benk»ning vitse-prezidenti qilib tayinlandi. Ushbu lavozimda 
Palmer o‘tmishdoshlari ichida eng yoshidir». 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin