Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Eshik ohista taqilladi. 
— Kiring, — dedi Palmer o‘rnidan turib o‘tirarkan. 
Yugurdak negr kirdi. 
— «Chikago tribyun», ser, — dedi u. — Yana «Uoll-strit jornel». — u bir pas jim turdi-da, qo‘shib 
qo‘ydi: — «Tribyun»ni endigina tushira boshlashdi, «Kommodor Vanderbilt» oteli uchun, ser. Grand 
Sentralda oshnam bor, har kuni ertalab u menga bittadan gazeta olib keladi. 
Juda soz, — dedi Palmer. U choychaqa uchun shimi cho‘ntagiga qo‘l solgan edi, negr bola 
choychaqa kutib o‘tirmadi, faqat Palmerga bosh irg‘ab, burildi-da, xonadan chiqdi. 
Bir o‘zi yolg‘iz qolgach, Palmer gazetani qo‘liga oldi-da, sahifalarni birin-ketin shoshmasdan 
varaqlay boshladi. Uning e’tiborini avtomobilning yangi modeli reklamasi tortdi. Avtomobil yonida 
cho‘milish kiyimidagi qiz tasvirlangandi. U rasmga qarab, bir zum qotib turdi, so‘ng gazetani qo‘lidan 
tashlab yubordi. Gazeta karavotdan sirg‘anib, yerga tushdi. 
U telefon go‘shagini ko‘tardi. 
— Meni Uotervlit bilan ulang, Viskonsin, raqami besh-besh-o‘n, ikki qo‘ng‘iroq. — Palmer bir-oz 
kutgach, qaytardi: — Uotervlit. — Keyin go‘shakni joyiga qo‘ydi. Yuragi bejo ura boshladi, u 
tinchlanish uchun chuqur nafas oldi. Qiziq, yuragi nega tipirchilab qoldiykin? Ehtimol, Edis bilan 
bo‘ladigan suhbatidan hayajonlanayotgandir, deya javob berdi o‘ziga o‘zi, ayni paytda buning yolg‘on 
ekanligini ham his etdi. 
Yo‘q, o‘yladi Palmer, Edis bilan bir necha kunga ayriliq, balki u yana haftacha cho‘zilar, bunga 
daxlsiz. Urush davridan buyon uyidan necha bor ayrilishga to‘g‘ri kelgan, amaliy safarlar bilan 
mamlakat bo‘ylab bir necha haftalab aylanib yurgan. Bularning hammasining na Edisga, na uning bu 
yerda yolg‘iz yashayotganiga, na telefonda bo‘lajak suhbatga aloqasi bor. 
Biroq unga nima bo‘ldi? Balki bunga yangi lavozimga tayinlangani sababdir? 
U shiftga tikildi. Nega endi u taxminlarga shunchalik qul bo‘ldi? Axir, qalbidan nimalar 
kechayotganini o‘zi yaxshi bilardi-ku. U birdaniga tomog‘i quruqshab qolganida, Nyu-York ko‘chalarida 
har bir ayol zotini yutoqib kuzatganida buni yaxshi his qilardi. 
Ehtimol, bu bahordayoq boshlangandir. Yoki bir oz keyinroq, yozda, Viskonsindagi dala hovlida 
yashayotgan xotini va bolalari oldiga har shanba borib turganida boshlangandir. O’sha payt u yerda 
anavi cho‘milish kiyimidagi qizchalar ham bo‘lardi. O’sha damlari chidab bo‘lmas darajada kechardi. 
Shaharda esa butun xafta davomida ter to‘kib ishlardi. 
Faqat Nyu-Yorkka mana shu safaridan bir hafta oldin, avgustning oxirida, o‘ziga nimalar 
bo‘layotganini payqab qoldi. Bu kompaniyalar qo‘shilishi munosabati bilan reklama va axborot 
bo‘limining majlisida bo‘lgan edi. Erkaklar e’tiborini o‘ziga jalb qilishga hamisha muvaffaq bo‘lib kelgan 
Xerman xonim chap oyog‘ini o‘ng oyog‘i ustiga, so‘ngra o‘ng oyog‘ini chap oyog‘i ustiga shunday 
ustalik bilan oldiki, Palmer uning oyog‘i va sonlarini yaxshiroq ko‘rib turish uchun stulning chekkasiga 
surilib o‘tirdi. Va, albatta, bu zaldagilarning diqqatini tortmasdan qolmadi. 
— Ha, erkaklik klimaksi1, — o‘yladi Palmer. Xuddi shu payt telefon jiringlab qoldi. 
Palmer karavotga o‘tirdi. Endi uning yuragi xotirjam tepardi. 
— Uotervlitni ulayapman, — dedi telefonchi qiz. Telefon ikki bor tanish qo‘ng‘irog‘ini tinglarkan, u 
soatiga qarab qo‘ydi. Demak, Viskonsinda sakkizu yigirma. Yana ikki bor qo‘ng‘iroq chaldi. Edis 
o‘rnidan turib, missis Keyj bilan nonushta qilgan bo‘lsa kerak. Bolalar hali uxlashayotgandir. Yana 
qo‘ng‘iroq. Balki ular barchasi nonushta oldidan cho‘milish uchun barvaqtroq turishgandir. Garchi 
hozir ko‘lda suv ancha salqin bo‘lsa ham. Yana qo‘ng‘iroq. Yoki hali hech kim turmaganmikin? Ha, 
shunday bo‘lsa kerak.So‘nggi qo‘ng‘iroq keskin jiringladi. 
— Xello? 
— Edis? Xayrli tong. 
— Voy, assalomu alaykum, adajon, bu menman. 
— Jerri? Uyg‘otib yubordimmi? 
Telefon go‘shagiga qizning uzoq esnagani eshitildi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin