Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
— Nimalar deyapsan o‘zi? — qat’iy so‘radi Palmer. 
— Biz nikohdan o‘tganimizda sen butunlay boshqacha ko‘ringanding, — dedi Edis sekin ovozda. 
Shunda Palmerning miyasiga u gapimni eshitmasin degan fikr keldi. U o‘tirgan joyida sal oldinga 
engashdi. — Sen men bilgan o‘smirlardan ancha farq qilarding. O’zingni erkin tutarding, 
maqtanchoqlik qilmasding. Sen boshqalar kalaka qilmaganlar ustidan kularding. Uchta kollejni 
almashtirganing bilan shuhrat qozonganding. Sharqiy sohilda yashagan paytingda bir qiz bilan 
oralaringda bo‘lgan voqealar haqida gapirishardi. 
Edis jim qoldi. U xuddi ko‘zboyloqchi singari qo‘lini goh u yoqqa, goh bu yoqqa ag‘darardi, 
yengining ignatugmasidagi tosh yaltirab ketardi. 
— Lekin, shularga qaramay, sen baribir menga murakkab shaxs bo‘lib ko‘rinmaganding, — yana 
gap boshladi Edis. — Sen o‘shanda murakkab emasding... Keyin Xenli halok bo‘ldi. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Sen bu hodisaning ahamiyatini to‘g‘ri his qilding. 
— Lekin o‘shanda o‘zgarish birdaniga yuz bergani yo‘q. Hatto armiyada, ta’til va safarga 
kelganingda ham ko‘p jihatdan hamon oldingiday eding. Yevropada qancha vaqt bo‘lding? Ikki yilmi? 
— Bir yarim yil. 
— O’sha Yevropadan qaytib kelganingda, senda o‘zgarish yuz berganini sezdim. — Edis eriga 
qaradi. — Bankda Xenlining o‘rnini egallashga seni hech narsa majbur qilgani yo‘q. Otang ham bu 
haqda so‘ramagan edi. 
— Unda buning uchun zarurat yo‘q edi. 
— Demak, birinchi ziddiyat, — dedi Edis. — Birinchi, shundan keyin ko‘plab boshqalari sodir bo‘la 
boshladi. Vuds, senda butunlay alohida bir narsa bor. Men faqat endigina tushuna boshladim. 
Qanchalik farq qilishingni... 
Palmer jumlaning tugashini kutmay, uni o‘zi tamomlashga shoshildi: 
— Boshqa oddiy odamlardanmi? 
Edis g‘alati iljaydi: 
— Men faqat savolingga javob berishga harakat qilayapman. Bu unchalik oson emas, ayniqsa, 
unga hojat bo‘lmay turganda. 
— Unda javob berish shart emasdi, — taklif qildi Palmer. 
Edis bosh chayqadi: 
— Mana shu ziddiyatlar bu yil keskin kuchaydi. Otang o‘lganidan so‘ng bankni sotding. Shundan 
keyin bunaqa bo‘lishi turgan gap edi. Men buni bilishim kerak edi. Lekin men o‘shanda sening yangi 
lavozimga ko‘tarilishingni oldindan bilolmasdim. Sen xuddi o‘z otangni tiriltirayotganga o‘xshaysan, 
hammasini yangidan boshlayapsan, bu safar Nyu-Yorkda qilayapsan bu ishni. 
Palmer oromkursiga suyandi, javob bermaslikka urindi. Shaxsiy ishlari haqida xotirjam, oqilona 
gaplashishsa ham bo‘lardi. Lekin Edis shaxsiy xayrli oqilona suhbat niqobi ostida unga shafqatsiz 
hujum boshlar ekan, endi bu butunlay boshqa narsa. 
— Edis, seni tushunolmayapman. 
— Bilasanmi, sen o‘zaro munosabatlarning yana o‘sha doirasiga tushib qolayapsan, — dedi Edis, — 
Berkxardt ham xuddi otang singari hukmron va mustabid axloqqa ega. Bu yerda, Nyu-Yorkda, sen 
xuddi Chikagodagidek yana baxtsizsan. 
Palmer yana o‘zini tutdi. 
— Nega meni bu yerda baxtsiz deb o‘ylayapsan? — so‘radi u beparvo ohangda. 
— Buni men o‘zingni tutishingga qarab aytayapman. — Edis unga qarab, barmog‘ining sovuq 
uchini Palmerning chakkasiga tekkizdi. — Jahling chiqmasin, azizim, men axir... Edis uning yuzidan 
ko‘zidan olib qochdi. — Lekin sen o‘ylayotgandirsan... — Uning ovozi asabiy va bo‘g‘iq jarangladi. — 
Sen o‘ylaysanki, buni men sening g‘ashingga tegish uchun, battolligimdan qildim, — U jim qoldi, 
uning javobini kutardi. — Shunday-ku, axir? 
Palmer tili bilan qurib qolgan lablarini yaladi, o‘zini qisuvga olgan tanglikdan bo‘shashga urindi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin