Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
eng qiyin vaziyatlarda ham ichki sezgisi va aniq hisob-kitob bilan ish tutishiga Palmer tan bermay iloji 
yo‘q edi. Ravvin gapini to‘xtatgan bir vaqtda u ham Kalxeyn bilan suhbatini uzgudek bo‘lsa, 
tomoshabinlar bunda qandaydir pinhoniy haqoratni anglagan va hatto Bernsni ruhoniyga nisbatan 
hurmatsizlik qilishda ayblagan bo‘lar edilar. Biroq Berns Feytlbaumni ham, Grorkni ham birday yomon 
ko‘rardi va shu bilan uning qilmishining shaxsiy yo‘nalishi va uni dinga nisbatan haqoratomuz xatti-
harakatlarda ayblash imkoni istisno bo‘lar edi. 
Kalxeyn tashvishlangannamo ikki bor bosh irg‘ib qo‘ydi va Berns qaddini g‘oz tutib, sherigiga kuyib-
pishib gap uqtirayotgan Grorkning yonidan o‘tdi-da, endi tanobiyga yo‘l olaman deganda yo‘l-yo‘lakay 
Palmerning yonida to‘xtadi va unga egildi. Palmer uning uzunchoq, torgina burun kataklari oshkora 
tantana bilan titrayotganini ko‘rdi. 
— Tanobiyda igna tashlasang yerga tushmaydi, Vudi, — shivirladi Berns, — yana o‘n beshtacha 
stol olib kirishga to‘g‘ri keladi. Zo‘r, shunday emasmi? 
Palmer uning yuzlari yal-yal  yonganini his etdi. O’zining katta hayotiy tajribasiga qaramay, u 
bolalikdagi unga singdirib kelingan odob yuziga oyoq bosa olmasdi. Ayni damda u o‘zini g‘oyat 
noqulay his etmoqda edi. Nima uchun Berns bunday qilayotganini va unga, Palmerga ayni vaqtda 
qanday xizmat ko‘rsatayotganini a’lo darajada tushunib turardi. Berns go‘yo ularni kuzatib turgan 
omma o‘ngida uni Kalxeyn bilan ko‘rinmas rishta ila bog‘lab qo‘ygandi. Baribir Palmer o‘zining bema’ni 
ruh va notiqlarga nisbatan hurmatsizlik namoyish etilgan tomosha ishtirokchisi ekanini his qilib, 
xijolatdan chiqolmayotgandi. Buning ustiga ko‘psonli tomoshabinlarning diqqat markazida bo‘lib 
qolishi unga sira yoqmayotgandi. 
— Hoy birodar, endi ovqatlanib olsang ham bo‘lardi! — Berns Palmerning yelkasiga qoqib qo‘ydi va 
go‘yo turishiga yordam bermoqchiday uning qo‘ltig‘idan oldi. 
— Avval quloq solsangiz-chi, — so‘z boshlamoqchi bo‘ldi Palmer. 
Shu lahzada go‘yo unga qandaydir g‘oyat muhim va ishonchli bir narsani shipshitib qo‘ymoqchiday 
Bernsning yupqa lablari tez-tez qimtildi. Qo‘li tanobiyning to‘rdagi uzoq burchagini ko‘rsatganicha 
Palmerning boshi uzra aylandi. U bir necha bor tez-tez, qariyb g‘azab bilan boshini saraklatdi va 
sarg‘ish ko‘zlari chaqnadi. Bu barcha alomatlardan uni kuzatib turgan har qanday odam Palmerni 
muhim ish bilan shoshilinch chaqirishayotganini anglab olishi tayin edi. Bernsning yordamida u 
o‘rnidan ko‘tarildi va u bilan izma-iz hay’at supachalaridan tushib, qop-qorong‘i katta tanobiyga kirib 
ketdi. 
Ular qiyinchilik bilan behisob stollar oralab yon eshikkacha yetib borishdi-da, tanobiyni tark etishdi. 
Bu yer salqin edi. Ortlaridan eshik yopilishi bilan Grorkning ovozi birdan tindi va quloqqa elas-elas 
chalinuvchi bidirlashga aylandi. 
— Ana, do‘stim, seni qutqarganim uchun menga rahmat ayt, — dedi Berns miyig‘ida kulib. 
— O’zi nima gap? — so‘radi Palmer. — Bu yerda mening bo‘lishim nima uchun bu qadar 
shoshilinch kerak bo‘lib qoldi? 
Berns iljayib qo‘ydi: 
— Grork dahanaki ichketar dardiga yo‘liqqan. Juftakni rostlab qolish uchun bu uzrli sabab bo‘lmay 
nima? 
Palmer kulimsiragancha boshini chayqab qo‘ydi: 
— Sizning avval Kalxeyn bilan gaplashganingizni, undan keyin mening oldimga kelganingizni 
odamlar ko‘rmadi deb o‘ylaysizmi? 
Bernsning ko‘zlari bir lahza qisildi, biroq o‘sha zahoti katta-katta ochildi-da, qah-qah urib kulib 
yubordi. 
— Nima ham derdim, zehningizga qoyil qolmay iloj yo‘q, mister Palmer, — dedi u. — Hozirgina 
qilgan ishimiz sharofati bilan tanobiyda o‘tirgan o‘n-o‘n besh nafar omonat banklar rahbarlari 
ramaqdajon bo‘lib yotishibdi. 
— Baribir ham Olbanida respublikachilar partiyasi ko‘pchilik ovozga ega  bo‘lishiga qaramay, — 
o‘ychan holda dedi Palmer. — Kalxeyn singari shunday zalvorga ega bo‘lib turib ham demokratik 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin