Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
bo‘ldi. Qoidaga rioya qilib, orada masofa saqlagancha u juvonni boshlab ketdi, bu masofani faqat 
ayolgina qisqartirishga haqli edi. Musiqa Irvinning eski kuyi “slou-faks”ga o‘tdi. Palmer uni talabalik 
davridan yaxshi eslardi, faqat o‘sha vaqtlarda u ancha sho‘xchan ijro etilardi. 
 
Yoningdaman, dadil bo‘l, qo‘rqma, 
Axir emasman-ku yosh bola, jonim.  
Yoningdaman, jo‘shdir ehtirosingni ...  
 
Ikkalovi ham asta kulib yubordi va raqs tushishda davom etdi. 
— Xotirangiz yaxshi ekan, — dedi juvon. 
— O’sha eski zamonlarda raqs tushishni o‘rganganman. 
— Ko‘p qo‘shiqlar esingizda qolganmi? 
— To‘g‘risini aytsam, bu so‘zlarni eslashimga shubha qilmagandim. Ular o‘zi kelib qoldi, birdaniga. 
— Davomini ham eslaysizmi? 
— Boshqa hech nima esimda yo‘q. 
Ular raqs tushishda davom etishdi, biroq boshda ikkovlarini ajratib turgan masofa g‘oyib 
bo‘lganday edi. Yigit juvonning har bir harakatini his etib turardi. Odatdagi qoidaga rioya qilib Palmer 
ortga chekinmoqchi bo‘lgan edi, biroq bu fikridan qaytdi. 
Orkestr qo‘shiq kuyini satrma-satr takrorlar edi. Palmer juvonning asta xirgoyi qilayotganini eshitdi. 
U Virjiniyaning yuziga nazar tashlashga harakat qildi, lekin juvon chehrasini uning yelkasiga qo‘yib 
olgandi. Palmer juvonning unga yaqinroq kelib olganini his etdi. Buni u bilib turib qilayaptimikan, deb 
o‘zidan-o‘zi so‘radi Palmer. Xotinidan boshqa ayol bilan raqs tushganida bunday savol ko‘p martalab 
ko‘ngliga kelar edi, bunga biron ahamiyat berish joizmikan yoki bu ixtiyordan tashqari bir holatmikan? 
Har gal bo‘lganidek, bu safar ham Palmer ayollar kamdan-kam  ixtiyordan tashqari harakatlar qiladi 
degan to‘xtamga keldi. 
Asta-sekin tanobiyni yana g‘ira-shira qorong‘ilik chulg‘adi. Raqslar esa davom etardi. Ofitsiantlar 
stollarni yig‘ishtirishga tushishgandi, soat o‘n birdan oshib ketgan, ammo Palmer endi vaqt qancha 
bo‘lganiga qiziqmay qo‘ygandi. 
 
 
Yigirmanchi bob 
 
Sayr shuncha cho‘ziladi deb kutmagandi u. Mehmonxona Tayms Skuer tumanida edi, Bernsning 
shahar kvartirasi esa Elliginchi ko‘chalarning birida joylashgan. Virjiniyaning uyi Berns uyi yo‘lida yoki, 
ehtimol, buning aksi bo‘lgani uchun Palmer uzoq o‘ylab o‘tirmadi, — ular yo‘lning bir qismini 
birgalikda bosib o‘tishga qaror qilishdi. 
Ushbu kech pallada Manxettenning markaziy tumanlari, odatdagidek, odamlar bilan gavjum edi; 
odamlar oqib kelar, mashinadan tushar, tungi klublarga, barlarga, turar joylarga kirar yoki ulardan 
chiqar edilar. Shahar teatrlarida tomoshalar tugab bo‘lgandi va tevarak-atrofda yashovchi 
tomoshabinlar va ularning nyu-yorklik do‘stlari bu yerga intilardi. Palmer va Virjiniya mashinalar oqimi 
o‘tib ketishini poylab, Park-avenyu va Ellik ikkinchi ko‘cha chorrahasida to‘xtashdi va birdan 
ko‘rinishidan olti yoshdan ortiq  bo‘lmagan ikki puertorikalik bolaning o‘qday uchib borib qarshidan 
kelayotgan qora “flitfud”ga tashlanganini ko‘rib qolishdi. Ular restoran yo‘lagiga burilib, hali yurib 
borayotgan avtomashinaning eshigini ochishga harakat qilib, qo‘lchalari bilan dastakka mahkam 
yopishib olishdi. Bolalardan biri turtinib ketdi-da, bir oyog‘i mashina ostida bo‘lib qoldi. — Suidado!1   
— To‘xtang, mister! To‘xtang! 
Mashinaning orqa g‘ildiraklari bolakay oyog‘iga tekkan mahalda o‘rtog‘i uni mashina tagidan 
shiddat bilan tortib oldi. Restoranga kiraverishda turgan shveytsar supacha tomonga otildi va har 
ikkala bolani ariq tomonga irg‘itib yubordi, so‘ng darhol qaddini rostlab, “flitfud”ning orqa eshigini 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin