Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
— Ougi, azizim, — uning so‘zini bo‘ldi Berns, Prins tomonga burilib, — nazarimda, sen qayoqqadir 
shoshib turuvding-ku, shundaymi? 
Prins dik etib o‘rnidan turdi. Uning bu harakati Palmerning taxminini tasdiqladi: reportyor shu 
ishorani kutib turgan edi, xolos. 
— Ha, ha, bugun payshanba-ku, Makki, — shoshib dedi Prins, eshik tomon yo‘nalarkan, — ishim 
esa boshimdan oshib yotibdi u yoqda, men ketdim. 
— Bo‘pti, — Berns reportyorni tirsagidan tutdi va ikkalasi vestibyulga chiqib ketdi. Ko‘p o‘tmay 
Palmer ularning ancha baland ovozda gaplashishayotganini eshitdi, ular janjallashib qolishmagandi-
ku, biroq aftidan, bir nimada kelisholmayotishgandi. Palmer, turdi-da, bar oldiga bordi, qadahlarga 
yana muzdan solmoqchidek qilib ko‘rsatdi o‘zini. Bu yerdan qo‘llarini tez-tez siltab gapirayotgan Berns 
aniq ko‘rinib turardi; uning qo‘lida katta qora hamyon bor edi. Oxiri Berns yelka qisdi, assignatsiyani 
sug‘urdi va uni Prinsga berdi, Prins pulni darhol xuddi Bernsnikiga o‘xshagan hamyoniga solib qo‘ydi. 
Palmer qadahiga yana bir chaqmoq muz tashladi-da, joyiga qaytdi. 
— Mening o‘ylashimcha, — yana gap boshladi u, — biz qiladigan birinchi ish... 
Kalxeyn asta boshini chayqadi, Palmerga jilmaydi va baroq qoshlarini bir necha marta ko‘tarib-
tushirdi. 
Dahliz eshigi yopildi va Berns hamyonini ichki cho‘ntagiga yashirib, mehmonxona bo‘lmasiga qaytib 
keldi. 
— Hammasi bir go‘r, — g‘udrandi u Palmerning yoniga kelib o‘tirarkan. — Ularga ishonib 
bo‘lmaydi. 
— Ular sizning qaramog‘ingizda bo‘lishsa hammi? — so‘radi undan Palmer. 
Sukunatni Konning akillashga o‘xshagan kulgisi buzdi. 
— Sendan javob kutayapmiz, Mekkijon, — dedi u. 
Berns yasama soddadillik va o‘shanday yasama achinish bilan miyig‘ida kulib qo‘ydi. Uning ensiz 
burun kataklari kerildi. 
— Men uchun, — cho‘zib gapirdi u, — gazetachi kasbidan iflos kasb dunyoda yo‘q. Ular orasida
balki uch-to‘rtta halol odam topilib qolar. Ammo bilinglarki, qaroqlarim, sizlar siyosatchilar, 
politsiyachilar yoki biznesmenlar haqida ikki og‘iz gap aytishga ulgurmayoq gazetachilar allaqachon 
butun bir kitobni tayyor qilib qo‘yishadi. 
— Reklama va matbuot bilan shug‘ullanadigan odamdan bu gapni eshitish g‘alati bo‘larkan, — dedi 
Palmer. — Siz ularning ko‘pchiligi sotqin bo‘ladi demoqchimisiz? Yoki siz o‘zingiz ularning ko‘pchiligini 
sotib olganmisiz? 
— Bu yog‘i endi kasb siri, — javob berdi Berns. 
— Men bankir sifatida bunga qiziqayotibman, — e’tiroz bildirdi Palmer. — Sizga qancha to‘lashlarini 
men bilaman va bunday hisobga yetib bo‘lmaydigan xarajatlarda hech qanaqa pul bakor kelmaydi 
deb qo‘rqaman. 
— Bernsdan tashvish qilmang, — nido soldi Konn, — bu yigit mushukning o‘zi: yiqilsa ham to‘rttala 
oyog‘i bilan tushadi. 
— To‘qqiz umr haqida ham unutmang, — ma’yus qo‘shib qo‘ydi Kalxeyn. 
— Baribir men uchun bir narsa qiziq tuyuladi, — o‘zini bir enlik ham yuqori olmay, do‘stona tarzda 
gapirishga harakat qilib, uqdirdi Palmer. — Matbuotga nega yoppasiga tashlanib qoldingiz? Nahotki, 
ularning bari pulga sotiladigan odamlar bo‘lsa? Agar shunday bo‘lsa, buni izohlab bera olasizmi? 
Berns avval boshini g‘amgin chayqab qo‘ydi, shundan keyin gapira boshladi: 
— Ehtimol, siz ular orasida hech narsa bilan sotib bo‘lmaydiganlarni uchratarsiz. Ammo undaylar 
barmoq bilan sanarli. Nima uchun? — U o‘rnidan turdi va xona bo‘ylab salmoq bilan u yoqdan-bu 
yoqqa odimlay boshladi. — Bu yigitlar haftasiga qanchadan olishlarini bilasizlarmi? Hatto shartnoma 
bilan-a? 
— Maoshi kichik odamlar juda ko‘p, — e’tiroz bildirdi Palmer, — lekin bu ularning har birini sotib 
olish mumkin degan gap emas-ku. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin