Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
— Xotining hech nimadan shubhalanmas ekan-da, tag‘in yaxshi o‘rnashibsan deganing nimasi deb 
so‘raganingga o‘laymi? 
— U mening ishimdagi alohida sharoitlarga ko‘nikkan, shu xolos, — tushuntirdi Palmer. — Menda 
ish yuzasidan ko‘plab uchrashuvlar bo‘lib turadi. 
— Vudi Palmer kichik, — xirgoyi qilib dedi Berns. — Nahotki, siz rostdan ham hozir ataylab 
qilayotganingizdek sodda-bayov bo‘lsangiz? 
Palmer birmuncha muddat jim o‘tirib qoldi. 
— Agar men sizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, — asta gapirdi u, — ammo siz juda aniq qilib 
aytdingiz, siz meni mana shunday qulay sharoitlardan foydalanib qolishim kerak deb hisoblaysiz. 
— Aynan shunday, — tasdiqladi Berns. — Keyin yopig‘liq qozon yopig‘liq qolaveradi. Shahrimizda 
bironta ham shunday uylangan odam topilmaydiki, u mana shunday boqibeg‘am xotinni orzu 
qilmagan bo‘lsin. Ayt-chi, qarog‘im, bunday imkoniyatdan foydalanmay qolganing qanday yuz berdi? 
Biron marta ham zino qilmaganmisan? 
O’zini o‘rindiq suyanchig‘iga tashlab, Palmer xiyol kulib qo‘ydi. “Xayrli tun” deb juftakni rostlash 
uchun qulay payt. Ayniqsa, hozir. 
— Aytishim mumkin, — u o‘zining ovozini eshitdi, — bunaqa fikr miyamga kelmagan ham. 
— O’lsam ham ishonmayman. 
— Nimadan boshlashni ham bilmasdim. 
— Boshimni qotirma ko‘p. 
— Bo‘pti, bas qilaylik, — dedi Palmer o‘rnidan turarkan. 
— Menga qara, bu barcha mayda gaplar kambag‘allarning foydasiga, — dedi Berns. — Vudi, 
qarshingda amakijoning Mak turibdi, uning bilmagan balosi yo‘q. Ko‘zlaringdan hamma narsani ko‘rib 
turibman, meni aldayolmaysan. Qizlarning boshidan-oyog‘igacha qanday suqlanib boqishingni 
ko‘rganman. Bilmayman, nega bo‘yningga olmaysan, garov o‘ynayman, nimadan boshlashni a’lo 
darajada bilasan. 
Palmer yana o‘tirdi, duch kelgan, yarmi ichilgan qadahni oldi va shoshmay ho‘play boshladi. U 
o‘ziga tasalli berardi: birinchidan, Bernsning shamasi tavakkal qilib otilgan va nishonga tasodifan kelib 
tekkan o‘q. Bernsda bunday merganlikdan aslida nom-nishon yo‘q. Merganlikning unga keragi ham 
yo‘q. Biroq shu topda u o‘zida yashiradigan narsaning o‘zi mavjud emasligini anglab qoldi. Sukut — 
mana uning yagona quroli. To‘g‘ri, u har doim ham o‘qdan foydalana bilmasdi. Sukut qurollarning 
xo‘rozi edi. 
— Tag‘in nima dey? — biroz tahammuldan so‘ng so‘radi Berns. — Boshqa gapga hojat ham yo‘q. 
— U xo‘rsindi, so‘ng tomoq qirib, Palmerga cho‘zildi-da, uning tizzasidan shapatilab qo‘ydi. — Men 
bilaman, Vudi, hammasini bilaman, — dedi u. — Ammo, bo‘talog‘im, bular seni mutlaqo xafa 
qilmasligi kerak. Bunda yomon narsaning o‘zi yo‘q. Bu sizning tirik odam ekaningiz alomati, xolos, 
tamom-vassalom. Eng yaxshi alomat. 
Palmer xiyol junjikdi. U lablarining unsiz qimirlayotganini his etdi. Og‘zini bir qultum viski bilan 
ho‘lladi. 
— Ishlarim joyida, — dedi sekin va juda past ovozda. — Shundan o‘zimni qo‘lga olganman. — Bu 
so‘zlar uning boshida yana uzoq, u jim bo‘lib qolgandan keyin jaranglab turdi. U hushi yarimlashib 
qola boshlaganini angladi — bo‘kib ichganlikning odatdagi oqibati. U o‘zini yana tashqaridan 
o‘rindiqda o‘tirganini ko‘ra olayapti, o‘zining gapini o‘zi eshita olayapti — xuddi shunga iqror 
bo‘lganidan o‘zi noqulay ahvolga tushib qoldi. Biroq ayni vaqtda hammasiga baravar “tuf” deb voz 
kechib qo‘ya qolishi kerak edi. 
— Juda qiziq, — g‘udrandi u. 
— Bilasanmi, saqlovchi klapanni yopganda nima bo‘ladi? Qozon portlaydi, mana, nima bo‘ladi. 
Men, albatta, tan beramanki, o‘zini qo‘lga olish buyuk narsa, biroq haddan tashqari ko‘pi ham zararli. 
Xo‘sh? — dedi Berns. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin