Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
Bekor gap, men bor-yo‘g‘i kapitan yordamchisiman. — Oxir-oqibatda juvon bilan Berkxardt 
haqida baribir gaplashishga to‘g‘ri kelishini tushunib, u xo‘rsindi. 
— Kapitan esa, — dedi Palmer, — ishga Bernsdek shunday bir baloi azimni oldi-da, bu bolani oq 
yuvib-oq tara deb menga tashlab qo‘ydi. — U afsuslangandek boshini chayqadi. — Bu dahmazani 
saqlashga uni nima majbur qilayotuvdi o‘zi? 
— Yetar, — dedi juvon. — Tan oling, Berns zimdan sizga yoqadi hatto. 
— Nega endi u menga yoqishi kerak ekan? 
— Hech bo‘lmaganda u ham o‘zicha bir qiziq odam bo‘lgani uchun. Yana shuning uchunki, u foydali 
bo‘lishi ham mumkin. Nihoyat, u sizga shaxsan shunchaki kerakli odam. Mana sizga uchta sabab, — 
dedi juvon. — Yana aytaymi? 
— Nega siz uni qiziq odam deyapsiz? — so‘radi Palmer. 
— Lekin bu o‘zi aslida shunday, — so‘zini bermadi juvon. — Hatto uning dovdirligi, uning quruq 
savlati, uning ahmoqona qiliqlari, uning ajoyib surbetligi, ammo odamlardagi eng tuban 
raqobatlardan tashqari biron-bir narsani tushunib yetishga mutlaqo qobiliyatsizligi. Uning aft-angori-
chi, sochlari-chi! Nihoyat, uning odamlarni laqillatishga ustaligini oling! 
Palmer uni tinmay kuzatib turdi va juvonning ilgarigiday o‘zini uning nigohidan olib qochmayotgani 
unga yoqmoqda edi. 
— Siz Bernsni yomon o‘rganmaganga o‘xshaysiz, — dedi Palmer. 
— Ayollar uchun u aytarli jumboq emas. 
— Ha, sezgan edim. — Palmer o‘zini orqaga tashladi va bir lahza ko‘zini yumdi. — Bu yerda 
aspirindan ko‘ra achchiqroq biron nima bormi? 
— Achchiqroq deysizmi? 
— Biron kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorimi? 
— Asabni tinchlantiruvchi biron narsa ichib olmadingizmi? 
Palmer ko‘zini xiyol ochdi: 
— Bosh og‘rig‘ini bosadiganidanmi? 
Juvon yengil jilmayib qaradi: 
— Tibbiyotdan hech narsa bilmasligimni bu qadar nazokat bilan anglatib qo‘yayotganingizdan 
hayratga tushmoqdaman. 
— Men boshim og‘riyotganidan noliyotgan edim, — tushuntirdi Palmer. — Tinchlantiruvchi dorilar 
esa asabiy zo‘riqishni yo‘qotadi. Meni biroz xumor qiynayapti, xolos. 
Qarang-chi, stolimda kodein bormikan? 
— Minnatdorman sizdan. — Palmer o‘rindiqda burildi, zo‘riqish asta-sekin qayta boshladi. Nahotki 
juvonning uch-to‘rt og‘iz gapi shu qadar tez ta’sir qilgan bo‘lsa? Balki ularning har ikkovi ham bir-biri 
bilan mana shunday erkin gaplashishlari ham yordam bergandir? 
— Endi yaxshiman, — dedi yigit. — Nima qildingiz o‘zi meni? 
— Mening jodugarligimni bilmaysizmi, hali? — dedi juvon. — Garchi siz o‘rgangan jodugarlar lo‘li 
xotinlar bo‘lsa ham. Lekin birinchi darajali jodugarlikni faqat keltlarda uchratish mumkin. Bu ishda 
ularning oldiga tushadigani yo‘q. 
Interpolning yengil qo‘ng‘irog‘i yangradi. 
— Kechirasiz, — Palmer tugmachani bosdi. 
— Lumis degan odam siz bilan gaplashmoqchi, mister Palmer. 
— Meni u bilan ulang. — Palmer qaddini rostladi va hayron bo‘lib qoshini chimirdi. — Lumis degan 
odam! — u Virjiniya Kleriga yuzlandi. — Go‘yo yana boshqa ham Lumis degan odam borday! — U 
telefon go‘shagini oldi. 
— Palmermi? — keksa, ammo juda dadil ovoz taraldi. 
Mister Lumis, — javob berdi Palmer, — o‘tgan hafta siz bilan bog‘lana olmaganimdan juda 
afsusdaman. Qo‘ng‘iroq qilganingizdan g‘oyat minnatdorman. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin