Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
— U hozir kelib qoladi. 
— Ho-o... hali bu tomoshani birga tuzganmiz deng? — so‘radi Palmer. — Rang-barang manzara
bossning tomog‘ini moylab, hayfsanni yumshatish maqsadida achchiq ichimlikmi? 
— Ichimliklarni siz tayyorlagandek bo‘lib ko‘rindi menga. 
— Ha, to‘g‘ri. Esimdan chiqibdi. 
— Mening tag‘in ichgim bor. Sizga ham zarar qilmas, balki. 
Palmer bar tomonga yo‘l oldi. Ko‘chadan tushib turgan g‘ira-shira yorug‘likda zo‘rg‘a narsalarni 
ajratoldi.  
U aniqlik kiritdi: 
Menga ortiq kerak emas, lekin shunday bo‘lsa-da, yana ichaman. 
— Xonimning bir o‘zi ichishiga janob yo‘l qo‘ymagani uchun. 
— Men janob va siz xonim bo‘lmaganingiz uchun, — dedi Palmer, yangi kokteyl tayyorlar ekan. — 
Men bankirman, siz esa jamoatchilik bilan munosabatlar bo‘yicha mening yordamchimsiz. — U 
juvonga qadahni tutdi-da, telefon tomonga ketdi. — Xudo xayringizni bersin, chiroqni yoqib qo‘ying. 
Men diskni mutlaqo ko‘rmayapman. 
— Makka yana bir telefonogramma yuborishga hozirlanayapsizmi? 
— Yo‘q, — u go‘shakni joyiga qo‘ydi, — harholda, yo‘q. — Palmer deraza oldiga qaytib keldi. — 
Qarang, kema! — dedi u. 
— Bu nima, yukchi kemami? Qarang, juda bahaybat-ku! 
Telefon jiringladi. Virjiniya darhol go‘shakni oldi. 
Mister Bernsning kvartirasi, — dedi juvon. — Hoy pastkash nusxa, qayoqqa tushib qolding? 
— Menga bering-chi, — iltimos qildi Palmer. Juvon uning ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib, uni to‘xtatib qoldi. 
— Uoldorfda? Mak, bu qanaqasi? Sen bu yerda bir soat oldin bo‘lishing kerak edi-ku? — Quloq solib 
turarkan, juvon qo‘lini Palmer pidjagining jiyagiga tekizdi-da, bir nimani qoqib tashladi. 
— To‘qqiz yarimda! —  dedi Virjiniya. — Xo‘sh, seningcha biz bu yerda nima qilishimiz kerak 
ungacha? O’tirib olib, bank ishlarini muhokama qilaylikmi? 
— Go‘shakni bering, — dedi Palmer.  
Juvon boshini qattiq-qattiq chayqadi. 
— Mening ham odamlarday jahlim chiqsa kerakdir, — dedi u go‘shakka, — garchi bu mister Palmer 
g‘azabiga nisbatan hech nima bo‘lmasa ham. — Uning qo‘li Palmer ko‘ksini yumshoq bosib turardi. — 
Bu qanaqa bema’nilik, — dedi juvon go‘shakka. — Biz asta uyga jo‘navoramiz. Lekin u sening ertaga 
ertalab to‘qqizda huzurida bo‘lishingni talab etayapti, hatto uning huzurida o‘z vaqtida bo‘lishing 
uchun yotib uxlashingga to‘g‘ri kelmasa ham. 
Palmer uning qo‘lidan tutib, o‘zidan narilatdi va uni Virjiniyaning soni yonida tutgancha telefonga 
uzaldi. 
— Bir daqiqa, — u sen bilan gaplashmoqchi, — dedi Virjiniya. 
— Nega hayallab qolding? — so‘radi Palmer bor kuchi bilan o‘zini ushlab. 
— Vudi, azizim, — gap boshladi Berns yig‘loqi ohangda. — Ko‘kragim osti shunaqangi 
zirqirayaptiki, nima qilishimni bilmayman. Bu yerda uch nafar yigit turibdi, mening eng muhim 
savdom shularga bog‘liq. Ayrim eng muhim narxlarning o‘zgarishi xususidagi masala bo‘yicha 
vijdonan mutlaqo yopiq majlis o‘tkazayapmiz. Sizlarga qo‘ng‘iroq qilgani boshqa xonaga chiqishga 
majbur bo‘ldim. Rost, Vudi, men kechi bilan 9.30 da kelaman. 
— Menga ertaga 9 da kelsang bo‘lgani, — sovuq ohangda dedi Palmer. — O’shanda gaplashamiz. 
(Virjiniyaga) Menga tushuntirib berasiz, “Yunayted benk” ishidan ko‘ra qaysi bitim muhim? — U 
go‘shakni ilgakka asta solib qo‘ydi. 
— Telefon simida 200 nuldan quyi, — bidirladi Virjiniya. 
— Jin ursin uni! Ammo hamma gap shundaki, men unga ishonmayman. Shu nimaga kerak ekan-a? 
— Chunki Mak aldamasa turolmaydi. Hozir balki aldayotgani yo‘qdir. Ammo shubhalanib to‘g‘ri 
qilasiz. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin