Broud-stritda Palmer taksidan tushdi. Har safar Nyu-Yorkka kelarkan hayron bo‘lardi: Chikagoga
nisbatan bu yerda taksi naqadar arzon. YuBTK idorasining binosini ko‘zdan kechirayotgan Palmer bir
necha soniya yo‘lakda turib qoldi.
Eng yirik banklarning ko‘p sonli filiallaridan har biri bosh idoradan ko‘ra hashamatli ko‘rinardi.
Ulkan g‘ildiraklarda gardish hamisha o‘qdagi tiqinga nisbatan tez aylanadi. Bu yerda esa, Palmerning
ro‘parasida xuddi o‘shanday tiqin mana men deb tururdi.
Bundan o‘ttiz yilcha oldin mana shu hashamdor, xunukdan-xunuk bino xuddi yerdan o‘sib chiqib,
qad rostlagandek bo‘ldi. Lekin o‘sha paytlarda ham mana shu o‘n sakkiz qavatli imorat zamonaviy
emasdek, eski uslubda qurilgandek ko‘rinardi.
Palmer uning ijodkorlari — bank direktorlarining niyatlarini aniq tasavvur etdi. Mazkur binoni qurish
g‘oyasi, aftidan, 1921 yilgi mashhur birja vasvasasidan keyin, yigirmanchi yillar shov-shuvi avjiga
chiqqan paytda, turg‘unlik arafasida vujudga kelgan. Bank idorasiga o‘shanda yuzlab shunday
loyihalar qalashtirib tashlangan bo‘lsa kerak. Binoning qanday bo‘lishi to‘g‘risida bahslashuvlar
bo‘lgani turgan gap. O’shanda ham hamisha bo‘lganidek, Ehtiyotkorlik Beg‘amlikka qarshi
qo‘yilgandir. Ha, umuman bir milliard dollar o‘sha davrlarda ham qudratli parvozdan dalolat
berolmasdi. Buning ustiga «Yunayted benk» katta dabdabalarga unchalik intilmasdi ham. Ko‘pchilik
avlodlarga YuBTKning turg‘unlik davridagi turli kompaniyalarning qo‘shilishidan ancha oldin
atrofdagilardan mustaqil ravishda rivojlanish huquqiga ega bo‘lgan qudratli kompaniya sifatida
tasavvur qilinardi...
Birinchi qavatda joylashgan, omma uchun mo‘ljallangan zalga faqat bitta aylanma eshikdan
kirilardi. Palmer eshik tepasidagi yashil rang marmarga o‘rnatilgan, tilla suvi yuritilgan devoriy soatga
ko‘z tashladi. Berkxardt tomonidan belgilangan uchrashuvga besh daqiqadan oshiq vaqt qolgandi.
U eshikning sayqallangan yog‘och romini asta itargan edi, salmoqli oynavand shisha sekin aylandi.
Palmer o‘zini kattakon zal ichida ko‘rdi.
Eshikdan chap tomonda ulkan stol atrofida ikki bank xizmatchisi o‘tirardi. Ulardan biri tilla hoshiyali
taqvimga qandaydir belgilar qo‘yardi. O’ng tomonda oq yo‘l-yo‘lli yashil marmar devor cho‘zilib ketgan