www.ziyouz.com kutubxonasi
148
— Ha, — qo‘lini uzatdi Palmer. — Mister...
— Nikos. — Ular qo‘l siqishib qo‘yishdi.
— Endi esladim, — dedi Palmer. — Besh yilcha burun, ha?
— Chikagoda... — to‘ldirdi Nikos.
— Garris Trast bilan bo‘lgan uchrashuvda, — davom etdi Palmer.
Demak, o‘sha ekan, o‘yladi u, Archibald Nikos, ikki aka-ukaning kichigi, ular “Lionel Nikos va
o‘g‘illari” nomli haddan tashqari murakkab investitsion bank rahbarlari bo‘lgan, ular besh yil
muqaddam Chikagodagi Garris Trast va bir qancha mahalliy banklar bilan bitim tuzishgan, sanoatga
yirik zayom taqdim etish maqsadida Palmer otasining bankini ham o‘z ichiga olgan edi. Shu bitim
yana nima bilandir bog‘liq edi. Bu narsaning nima ekanini Palmer eslashga harakat qildi-yu, biroq lift
to‘xtab, uning fikrini bo‘lib qo‘ydi.
Uning Nikos bilan birgalikda kelishi, Palmerning payqashicha, ayni vaqtdagi kechikishini
oqlayotgandek bo‘ldi. Bundan tashqari, bu Edisning ular ikkalasi birgina ish bilan mashg‘ul ekan
degan fikrga kelishiga yordam berardi. Nima bo‘lganda ham Edisning salomlashuvi Palmerga ancha
samimiy bo‘lib ko‘rindi. U xotinining yoniga borib turdi va kelganlarning har biriga navbati bilan bosh
irg‘ab chiqdi. Palmer ularning barchasini bilar va ular ham Palmerni bilar edilar — harholda unga
shunday tuyuldi.
Shifti juda ham baland bu xonaning eng to‘rida, burchakka surib qo‘yilgan o‘rindiq bilan yonma-
yon bir-biriga taqalgan ikkita javon baqamti turgan joyda Garri Elder o‘tirardi. Garrining oldida
YuBTKning uchinchi odami, qandaydir uzun suhbatga kirishib ketgan Kliff Mergendal turardi. Uning
ixtisosi mablag‘ jamg‘arish edi. Palmer Nikosning to‘g‘ri Kliff Margendal tomon yo‘l olganini ko‘rdi.
Qarshidagi burchakda, baland egma deraza tagida frantsuzcha usuldagi uzun kat bo‘lib, chekkalari
kashtali yopqisi qat-qatlanib yerga tushib turardi. Katda qalin malla sochli, eridan o‘n besh yoshlar
kichik missis Mergendal o‘tirardi. U baland bo‘yli Uintrop Skipuort bilan gap sotardi, daroz bo‘yli bu
odamning ikki o‘ziga xos fazilati bor edi: u shahardagi eng eski va eng kichik banklardan birining
direktori va Palmerning barcha tanishlari ichida Vinni va Skippi deb erkalab chiqariladigan yagona
kishi edi. Har ikkala nom ham qandaydir salbiy ma’no kasb etardi, ammo bundan Skipuort zarracha
xafa bo‘lmasdi. Edisning yonida Greys Berkxardtning o‘zi o‘tirardi; uning yorug‘ olamga chiqishi
munosabati bilan Palmer bir kuni ramzli qilib ifodalaganidek, bugun uning “xalqqa ko‘rinish”laridan
biri edi.
Palmer Missis Berkxardtning Edis va u bilan olib borayotgan yengil suhbati rishtasini uzmagan
holda uy sohibasiga zimdan razm sola boshladi. Greys Berkxardt haqidagi ma’lumotlar g‘oyat
g‘aribona edi. Borlari ham g‘iybatdan xoli edi. Qariyb barcha vaqtini, hatto eng yomon yoz oylarini
ham u Konnektikut shtatidagi o‘z uyida o‘tkazardi; shaharga esa ko‘p deganda yiliga olti martagina
chiqardi. Olamga namoyon bo‘lish uchun uning aynan nega bugunni tanlagani sababini Palmer ayta
olmasdi.
Greys Berkxardt eri bilan deyarli bir xil — 65-66 yoshdagi jikkakkina, qotma ayol edi. Chehrasidan
qon tomib turuvchi eridan farqli o‘laroq, uning yuzi kasalvand va rangpar ko‘rinardi. Palmer uning
sochini xiyol bo‘yaganini payqadi, bu ayol kutganchalik natija bermagandi: oppoq sochi deyarli uning
yuzi rangi bilan bir xil bo‘lib qolgandi. Aftidan, Greys Berkxardt qandaydir kasalga chalingan, o‘yladi
Palmer, yo‘qsa bu qadar zahillashib ketarmidi? Keyin baribir bu zahillik daf’atan qaraganda uncha
sezilmaydi-ku, degan to‘xtamga keldi. Harholda Greysning zahilligi uning kasalvandligini bildirmasdi.
U dadil va yengil, jag‘i-jag‘iga tegmay gapirar, bir qarasang bolalar tarbiyasiga oid goh u, goh bu
muammolarni tilga olar, yana bir qarasang so‘nggi kiyim modalari, do‘stlari boshiga tushgan
musibatlar va erining sog‘lig‘idan so‘z ochar edi.
— ...uning yoshidagi erkaklar uchun bu g‘alati-ku, — dedi u.
— Har qanday yoshdagi erkaklar uchun ham, — quvvatladi Palmer; so‘ng bu xushomadni u
nechog‘li notabiiy yengillik bilan aytganini payqab, hushyor tortdi.
— Juda to‘g‘ri aytdingiz, — uni ma’qulladi Greys Berkxardt. — Sizlarning tilingizda nima deydi