Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Berkxardt kurashda dushman uning asosiy omili bo‘ladi degan qarorga keldi, raqibining qo‘llarini 
bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘ldi, Lumis bilan do‘stliklaridan qing‘ir yo‘lda foydalanishni o‘yladi. 
— Tushunarli, — davom etdi Palmer. — Bular barini siz qayoqdan bilasiz? 
— Berkxardtning o‘zi ba’zi gaplarga ishora qilar edi, boshqa gaplarni esa mening o‘zimga yoki men 
borimda ochiq-oshkor aytar edi. Qolganlarini men gazetchilardan bilib olar edim. 
Palmer bitta sigareta olmoqchi bo‘ldi, biroq o‘ylab, pachkani yana Virjiniyaga tutdi. Juvon rad 
etgandan keyin u sigareta tutatdi. 
— Endi ayting, Berkxardtning qaysarligini hamma biladimi? Sanoatchilar ichidan bitta-yarimtasining 
bundan xabari bormi? 
— Agar ular bilishmaydi desalar, men hayratdan yoqa ushlagan bo‘lardim. 
Palmer bosh irg‘adi. 
— Navbatdagi savol: o‘tgan sessiyada bo‘limlar haqidagi taklif qanday barbod bo‘lgandi? Bu 
g‘alabani Berkxardtning shaxsiy g‘alabasi deb qay darajada hisoblash mumkin? 
— Obbo! Siz juda nozik savollar berdingiz-ku. 
— Men judayam bir chigal kalavaning uchini  topmoqchiman. 
— Men aytardimki... hm-hm... nima derdim? — o‘zidan so‘radi juvon. — O’tgan yili qonun 
chiqaruvchi majlis taklifga deyarli bab-baravar munosabatda edi. Ovoz berish har ikki tomonga og‘ib 
ketishi mumkin edi. Kelishmovchiliklar partiyaviy belgi bo‘yicha yuzaga kelmagandi, biroq muxolifat 
asosan chekka shtatlardan bo‘lgani uchun respublikachilar edi; omonat banklari tarafdorlari asosan 
shtat markazidan bo‘lib, demakki, demokratlar edi. Keyin esa... — Juvon jimib o‘yga toldi. 
— Keyin-chi? 
— Kelganlardan biri o‘rnidan turdi-da,  partiyaviy yagonalikka chorladi.  U omonat banklari — 
mayda odamlar banki, demokratik partiya — ularning partiyasi bo‘lgani bois, xudo haqi, kelinglar, 
respublikachilar va tijorat bankirlarining iblisona ittifoqiga qarshi birlashaylik va taklifni ilgari suraylik
deb ta’kidladi. 
— Bu ma’ruzaning biron ta’siri sezildimi? 
— U kutilmaganda mojaroli masalani partiyadan tashqaridagi partiyaga aylantirib yubordi. Taklifda 
so‘zga chiqqan ozgina respublikachilar dumlarini qisib qolishdi va birlashgan respublikachilar qanotida 
unga qarshi ovoz berdilar; bu nutqdan keyin ularda boshqa yo‘l qolmagandi. 
Demak siz, — o‘smoqchiladi Palmer, — ma’ruza u qadar ta’sirchan bo‘lmadi demoqchisiz, 
shundaymi? 
— Haddan tashqari bema’ni nutq bo‘ldi. 
— Uni tag‘in sal boshqacharoq qilib tavsiflab berolmaysizmi? — so‘radi Palmer. 
— O’ta o‘ziga xos. 
— Siz bu taklif tarafdorining nomi uchun uning imkoniyatlarini bu qadar gustoxona barbod 
etayotganidan hayron bo‘lgandirsiz? 
— Juda topib aytdingiz, shef. 
Palmer yuzini tirishtirdi. 
— Shu “shef” degan so‘zni boshqa eshitmay sizdan. 
— Yaxshi, boss. 
— Davom eting. 
— Kechirasiz. — Juvon kulib qo‘ymoqchi edi-yu, biroq darhol o‘zini qo‘lga oldi. — Uzr. Azbaroyi 
qiziqayotganim uchun, iltimos, sizga malol kelmasin-u, bir narsani so‘ramoqchiman, siz nimaga ishora 
qilayapsiz... mister Palmer? 
— O’zingizni bosing, — dedi yigit nasihatomuz. — Yana bir nechta qutquli savollarim bor. Bu yil Jo 
Lumis o‘zining Berkxardtga nisbatan navbatdagi murojaati bilan yana hamma narsani harakatga 
keltirganini qayoqdan bilasiz? 
— Berkxardt buni hech kimdan yashirmas edi. Siz bizning baxtiyor davramizga kelib qo‘shilgan 
paytdayoq u g‘azabdan o‘zini qo‘ygani joy topolmay qolgan edi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin