Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
169
— Yaxshi. Sen qora yakuniy chiziq tortding, azizim. Omading bor ekan. 
— Edis. — Palmer xotinining gavdasi rostlanganini va o‘zini yaqinlashib kelayotgan  hujumdan 
saqlashga chog‘layotgandek yana ham tarang tortilganini ko‘rdi. — Men senga nimani his 
qilayotganimni aytmoqchi edim, xolos. 
— Aytding ham. 
— Xo‘sh? 
— Rahmat, azizim. — Ayol yana yerga tikildi. — Jiddiy aytayapman. Rahmat. 
— Sen menga rahmat aytma, men aytishim kerak senga. 
Xotini qisqa, keskin kulib qo‘ydi: 
— Alfons va Gaston jo‘mardlarcha bir-birini hurmat qilganlaridaymi? 
— Tag‘in meni keksaligingni bildirib qo‘yayapsan deysan-a. 
Ayoldagi taranglik yo‘qolganday bo‘ldi va u eriga burildi. Palmerga hatto xotini chehrasida 
tabassum jilva qilganday tuyuldi. 
— Bizlar nimadan iztirob chekishimizni topmoqchi bo‘lgandim, xolos, — dedi Edis. — Nyu-York 
kasalligidan ekan. Alomatlari — boshqalar bilan munosabatning mutlaqo yo‘qligi. Sababi esa — qattiq 
toliqish. 
— Ehtimol, sen haqdirsan. 
— Lekin indin, — davom etdi xotini, — yoki hech bo‘lmaganda, haftaning oxirida, batamom 
o‘rnashib olganimizdan keyin, men dam olmoqchiman. Shunchaki dam. Sen-chi? 
— Hozircha yo‘q. Ma’ruzali kichikroq safarim qarab turibdi. 
— Uh! 
— Olbanidagi qonun chiqaruvchi yig‘ilish majlislarining tanaffusigacha yana shunaqa safarlar bor. 
— Qaysisi qachon bo‘ladi? 
— Martmi. Aprelmi. Anig‘ini bilmayman. 
— Azizim, bu to‘rt oydan ko‘proqqa cho‘ziladigan ko‘rinadi-ku. 
— Iloj qancha... 
Ayol jimgina turaverdi, so‘ng qoshini chimirdi, orqaga cho‘zildi-da, muzlatkich eshigini yopdi. 
— Uzr, — dedi u shu zahoti. — Balki, yakshanba va bayram kunlari biroz dam olarsan? 
— Xudo xohlasa. 
— Durust. Ishingni tugat-da, uxlagani kel. 
Palmer jilmayishga harakat qildi: 
— Bo‘pti, birozdan keyin ko‘rishamiz. 
— Judayam hayallama. 
Palmer kutubxonaga qaytdi va yana o‘rindiqqa cho‘kdi. Qiziq, xotini ataylab keskinlik yaratdi-da, 
keyin o‘zi uni yumshatdi, go‘yo u eriga g‘anim emas, balki uning tarafida — ittifoqdoshday. 
Palmer YuBTK aktsionerlari ro‘yxatini varaqlay boshladi va o‘zi qandaydir hisob-kitoblar qilgan 
shaldiroq qog‘ozga yetib keldi. Hech bo‘lmaganda,  deb o‘yladi Palmer, o‘z minnatdorligimni qayd etib 
qo‘ydim-ku. Biroq bu minnatdorlikni qabul qilgan xotinining shamasi uni bir pulga chiqarmoqda edi. 
U o‘rindiqqa joylashibroq o‘tirib oldi-da, sahifa raqamlarini ko‘chira boshladi. Ertaga ertalab u 
kotibasini YuBTK aktsiyalarining so‘nggi yigirma beshtasi ism-sharifi va manzillarini qayta yozishga 
majbur qiladi. Biroq bu ishni unga topshirib qo‘yib, bu haqda Berkxardt voqif bo‘lmasligiga ishonish 
mumkinmikan? 
Palmer bankdagi biron-bir kishiga, albatta, Virjiniya Kleridan boshqa, ishonib bo‘lmasligini 
tushunardi. 
U Edisning muzlatkichni yana ochganini eshitdi. Palmer qog‘ozlardan bosh ko‘tardi va kutilmagan 
zo‘riqishni his etgan qandaydir noma’lum narsaga shay bo‘lgan holda atrofidagi zulmatga tikildi. Mana 
shu keskin muntazirlikda u uzoq o‘tirdi. Ammo nima ekanligidan qat’i nazar, o‘sha narsa kelmadi. 
Hozircha. 
 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin