Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
225
— Shunday. 
— Seni yuqoriga taklif qilolmayman. Tushunasanmi? 
— Ha. 
— Buni judayam xohlashimniyam tushunasanmi? 
— Ha. 
U og‘ir xo‘rsinib qo‘ydi. 
— Seni bag‘rimga bosaman. Ilonni ko‘kragimga olgan kabi. Uni uloqtirib yuborish kerakligini bila 
turib... 
— Virjiniya... 
— E, xudo, bu aljirashlar tamom bo‘lishini shunday xohlaymanki... — U pastki labini tishladi va 
mashinaning oldingi oynasiga tikildi. — Mana shu burchakda to‘xtang. Burilib o‘tirmang. U yog‘iga 
o‘zim ketaman. Xayrli tun. 
— Menga ruxsat eting... 
— Xayrli tun, — takrorladi Virjiniya va ko‘cha tarafdagi eshikni ochdi. 
— Ledi, — ogohlantirmoqchi bo‘ldi shofyor, — bu tomonga tushib bo‘lmaydi-ku... 
— Yo‘lingdan qolma, Jek, — javob qaytardi u ko‘chaga tushib bo‘lib. — Xayrli tun. — U eshikni 
qattiq yopib, mashina oldidan yo‘lkaga qarab chopib ketdi, tuflisining baland poshnalari yaltirab, 
ko‘cha chiroqlari yog‘dusini aks ettirardi. Burchakkacha chopib borgach, u yog‘iga sekin yurib ketdi. 
Ayol ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha Palmer uning kelishgan sonlarini kuzatib turdi. Shofyor tishlari 
orasidan nimalarnidir so‘rib, g‘alati bir tovush chiqarib qo‘ydi. 
— Qaerga boramiz? — so‘radi u sovuqqina. 
Palmer xo‘rsinib, o‘ylanib qoldi. So‘ng: 
— Do‘stimni “folksvagen” mashinasi bor. U Oltmishinchi ko‘cha hududida, Birinchi va Uchinchi 
avenyularning o‘rtasida ikkinchi qatorda bo‘lishi kerak. Keling, izlab topamiz. 
— Mayli, izlaymiz, — Shofyor tezlikni oshirdi, taksi svetofor yonidan o‘tib, olg‘a intildi. 
— U yosh ayol, — dedi u, — qaysi tomondan katta ko‘chaga chiqishni bilsa kerak. 
Palmer shu bilan suhbatga chek qo‘yiladi deb o‘ylab, jim bo‘ldi. Biroz yurishgandan keyin shofyor 
gapga tushdi: 
— Mana shunisiga tushunmayman. Odamlar nima qilishayotganini bilmagandek yurishadi. Yana 
hammasi ma’lumotli.  
Palmer sigaret chekib, “folksvagen”ni izlab boraverdi. 
— Hozirgi ma’lumotlilardan nimaniyam kutish mumkin? Narx oshgandan oshib ketayapti. Zig‘irdak 
ish haqi bilan qanaqa ma’lumot olish mumkin? 
Palmer oldinga engashdi. 
— Shu yerdan burilib, ilon izi qilib haydang. 
— Yaxshi. Mening o‘g‘lim bor. O’n besh yoshda. Ikki yildan keyin kollejga kirishi kerak. Bu darajani 
— olmaguncha xuddi loyning o‘zisiz. U “san’at bakalavri” deb ataladi. U bo‘lmasa, hech narsaga 
arzimaysiz. Ammo u — qobiliyatli bola. Daho emas. Oddiygina qobiliyatli o‘smir. O’rtacha baholar 
olishi mumkin. Nyu-Yorkdagi kollejlarga kirish uchun o‘rtacha baho zarurligini bilasiz. Endi hech 
kutilmaganda 87 ball bilan kiradigan qilib qo‘yishibdi. Bu — o‘g‘lim uchun tobutda yotish bilan 
baravar. Umuman, hamma risoladagi yigitlar uchun... Hech kim aptekachi bo‘lishni xohlamaydi. U 
farmakologiyaga joylashmoqchi, u yerda hozircha yaxshi to‘lashadi. 
Taksi Uchinchi avenyuga chiqdi, so‘ng yana sharqqa burilib, yondosh ko‘chaga o‘tdi. Palmer ko‘cha 
bo‘ylab “folksvagen”ni qarab bordi, mashina ko‘rinmas edi. 
— Barcha illatlar, — shofyor hasratini davom ettirdi, — maktabga taqaladi. O’qitish saviyasi past. 
Ular bolalarga zarur bilimlarni berolmaydilar. Yo, xudo, telbasifat g‘or odamlar, greklar, misrliklar va 
yana hech kimga keragi yo‘q allakimlardan boshlaydilar. Bular bolalarga zarurmi — ayting-chi?!. 
Ulardan qanday naf bor? O’qitadigan kitoblarini aytmaysizmi? Bu kitoblar kimga kerak? She’riyat? 
Shekspir? Umringizda ko‘rmagan, eshitmagan odamlar yozgan kitoblar. Siz ham ularni hech qachon 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin