Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
Palmer chayqalib ketdi. Eng avval nima qilish kerakligini u bilardi — bemalol, aqlni peshlab yana 
barqaror holatiga qaytishi, qaddini rostlashi, kuchini to‘plashi va ko‘tarilishda davom etishi kerak. 
Limmo-lim bir vannadan sutday, to‘sattan oppoq, tip-tiniq nur tepadan uning boshi uzra to‘kildi. 
— Vudsmisan? 
Yorug‘likdan u o‘ziga keldi, boshi aylanishdan to‘xtadi. U qaddini rostladi va ikkala qo‘lini 
panjaradan oldi. 
— Mazang bo‘lmayaptimi? 
— Sal ko‘proq olvoribman, shekilli, — dedi u xayoliga kelgan dastlabki o‘yga mahkam yopishib; shu 
zahoti o‘zini mehribon xotinining ixtiyoriga topshirib qo‘yayotganini ham angladi. 
— Gapingni anglamayapman. Bo‘pti, bu yoqqa chiq. 
Egniga ko‘k-yashil shotlandcha xalat kiyib olgan Edis unga qarab turardi. Uning sochlari mayda 
sariq gajak qilib burab tashlangandi. Yuzi bo‘rday oppoq va ma’nosiz, ko‘zlaridagi surma yuvilib 
ketgan, lablari pushti edi. Yanoqlari tagida zaif yashilga moyil soya ko‘zga tashlanardi. 
— Seni uyg‘otib yuborganim uchun uzr. 
— Uyg‘otmading. Kitob o‘qib yotgandim. Kelib, kamin oldida nimalar bilandir mashg‘ul bo‘lganingni 
eshitib turgandim. Uydaligingni bilganimdan keyin uxlab qoldim. 
— Kutishning keragi yo‘q edi. Qanchagacha hayallab qolishimni bilmayman degandim-ku. 
— Ha. — Xotinining qo‘li chiroq o‘chirgichdan pastga tushdi. — Bu shaharlarda... — U qo‘li bilan 
noaniq, tushunib bo‘lmaydigan harakat qildi, — nima bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilmayman. 
Yarim tunda senga nima bo‘lishini ham hech qachon bilmayman. 
— Qo‘yaver. Men taksida yuraman. 
— Keyin, — dedi juvon gapida davom etib, — uxlab qolib, darrov uyg‘onib ketdim,  chunki sen 
bo‘kiribmi yo ingrabmi yubording. Bu  ham juda qo‘rqinchli ovoz edi, Vuds. Bilmadim, ammo shunday 
eshitildiki... — Ayol boshini chayqadi. 
 
 
Qirq sakkizinchi bob
 
 
Bruklinda qattiq sovuq hukm surardi. Ist-River uzra tungi yanvar shamoli esar, daryoda muz 
bo‘laklari suzardi. Xeyts tumanida mayda, ammo serhasham ko‘pxonadonli uylar orasida va Borou 
Xoll atrofidagi ochiq joylarda shamol uvlardi. Tungi soat o‘nlarga yaqin hatto ishchan odamlar 
yashaydigan mahallalarni ham sukunat chulg‘agandi, ahyon-ahyonda bu sukunatni bitta-yarimta 
mashina ovozigina buzar edi. Olisdagi Bruklin ko‘prigi panjaralarini hisobga olmaganda, o‘yladi 
Palmer, ushbu tumanni har qanday mo‘‘jaz shaharchaning ishchan qismiga yo‘yish mumkin edi. 
Shiddatli shamol ko‘chalarni ana shu tariqa shibbalab tashlagandi. 
Palmerning asli bruklinlik bo‘lgan haydovchisi mashinani mohirlik bilan bir qancha tor ko‘chalardan 
olib o‘tdi-da, agar granit devoriga o‘yib ishlangan emblemalariga qarab hukm chiqarilsa, bir vaqtlar 
mason ibodatxonasi bo‘lgan muhtasham eski bino oldida to‘xtatdi. Endi ibodatxonaligi ham qolmagan, 
deb o‘yladi Palmer mashinadan chiqarkan, chunki bugungi yig‘ilishni shu yerda o‘tkazishga kelishilgan 
edi. 
U izg‘irinli shamolda birpas to‘xtab turdi va shoshilmay atrofga nazar soldi. Bu uning Bruklin bilan 
birinchi marta to‘qnashuvi edi. Eski shahar, o‘yladi u. U bir vaqtlar tarovatli bo‘lgan Manxettendan 
ancha ko‘hnaroq ko‘rinmoqda edi. 
— Jimmi, endi yarim tungacha siz menga kerak bo‘lmaysiz, — murojaat qildi u haydovchisiga. — 
Issiqroq bir joy topib, isinib olsangiz bo‘larmidi. 
— Bu paytda bu yerda hamma narsa yopiq bo‘ladi, mister Palmer. 
— Unda mashinani qulflang-da, men bilan yuring. 
Ular endor tosh zinadan ko‘tarilishdi. Haydovchi zalvorli o‘ymakorli eshikni itarib ochdi. Yong‘oq 
yog‘ochidan oro berilgan vestibyulda hech zog‘ yo‘q edi. Palmer quloq solib, kulgi ovozini eshitdi. U 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin